Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Texnologiyasi: Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan
glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib quyiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida 
suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi.
Rp.: Extr. Belladonnae 0,15
Phenylii salicylatis 2,0
Aquae Menthae 150 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Pasport: Belladonna quyuq ekstrakti eritmasi 0,3
Fenilsalitsilat 2,0
Jelatoza 1,0
Yalpizli suv 150 ml
V umumiy=150ml
Texnologiyasi:Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g tomchilab quyuq ekstrakt eritmasi
solinadi. Hovonchada 2 g fenilsalitsilatni 16-20 tomchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 
1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. 
So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyiladi. qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib 
quyiladi.
Suspenziyani tvin — 80 va PVS bilan barkarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin - 80, 
2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2 g tvin —80 eritib olinadi. qolgan suvda (85 ml) 
yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin - 80 eritmasi bilan 
maydalanadi. So‘ngra unga 25 — 30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va 
beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin - 80 va PVS 
eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat 
eritmasi solinib «Ichish uchun», «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq 
yopishtiriladi.
Mikstura suspenziyalarni saqlash va berish
Mikstura suspenziyalar faqat yangi tayyorlanib bemorga beriladi. Hamma turdagi 
suspenziyalarga "Ishlatishdan oldin chayqatilsin" degan yorliq yopishtiriladi. Bemorga 
beriladigan idish rangsiz shishadan tayyorlangan bo‘lib, chayqatilganda undagi hosil bo‘lgan 
narsani ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mikstura suspenziyalar salqin joyda saqlanadi.
To‘gri tayyorlangan va saqlangan miksturalar o‘z dispersligini ko‘rsatilgan bir necha kun 
davomida (3-4 kun) yo‘qotmaydi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling