Laboratoriya mashg‘ulotini bajarish uchun retseptlar
Oling.: Qovoq urug‘i emulsiyasidan 100,0
Aralashtiring. Bering.
Belgilang. Kuniga 4-5 maxal ichilsin
Oling.: Moyli emulsiyadan
50,0 Kamfora 1,0
Aralashtiring.
Bering.
Belgilang.1 choy qoshiqdan 3 maxal
ichilsin Emulgator sifatida jelatoza
ishlating
Oling.: Shirin bodom urig‘ining emulsiyasi 100,0
Bering. Belgilang. Ichish uchun.
Mustaqil tayyorlash uchun savollarning muxokamasini zamonaviy pedagogik
texnologiyalarning ―Loyiha‖ usulidan foydalanib o’tkaziladi.
Buning uchun:
Talabalarni 3 tadan kichik guruhlarga bo‘linadi
Har bir guruhga bittadan retsept va 10 daqiqa beriladi.
Talabalar guruhlari retseptni tahlil qilib, bu retseptni pasportini tuzadilar va
tayyorlash texnologiyasini keltirib uni asoslaydilar.
Har bir guruhda ushbu topshiriq muhokama qilinadi. Bunda guruhning barcha
talabalari ishtirok etadi.
O‘qituvchining yakunlovchi so‘zi. Bunda o‘qituvchi javoblarni tahlil qiladi, to‘ldiradi
va guruhlarni baholaydi.
Uslubiy ta‘minot va mashg’ulot jihozlanishi: DF X; XI; dori moddalari, o‘simlik
urug‘lari va mag‘zi, tarozi, tarozi toshlari, o‘lchov kolbalari, har xil o‘lchamdagi shish idishlar,
ma‘ruza, darslik, prezentatsiyalar, ma‘lumotnomalar, adabiyotlar, tarqatma materiallar.
Asosiy matn
Ichish uchun ishlatiladigan emulsiyalar Emulsium ad usum internum.
Emulsiyalar - dispers faza va dispersion muxitdan tash-il topgan mikrogeterogen sistema
bo‘lib, bir-birida juda kam yoki mutlako erimaydigan suyuqliklar aralashmasiga aytiladi.
Emulsiyalar dagal disperslangan (tomchilarning diametri 1 dan 50 mkm gacha) yoki mayda
disperslangan (zarrachalar diametri 0,1 mkm) sistemadir. Amaliyotda ko‘proq qo‘llaniladigan
emulsiyalar suv bilan yog‘ aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda ―yog‖ shartli tushuncha bo‘lib,
bu faza yog‘simon moddalardan va mineral yog‘lardan hamda kimyoviy jixatdan esa na yog‘lar
va na mineral yog‘lar bilan xech bir umumiylikka ega bo‘lmasligi mumkin (xloroform, benzol
va shunga o‘xshash polyar bo‘lmagan suyuqliklardan hosil bo‘lishi mumkin). Shunga o‘xshash
suyuqliklar emulsiyalarning ikki turini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |