Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Emulsiya dori sifatida
Dorixona amaliyotida emulsiya deb disperslangan sistemalarni moyning suvdagi turi deb 
tushunilib, faqatgina ichish uchun ishlatiladigan dori turiga aytiladi. Vaholanki, emulsiyalar 
ichish uchun ham, sirtga ishlatish uchun ham va xatto in‘eksiya tarzida ishlatishga ham 
tayyorlanishi mumkin. Suvning moydagi (s/m) emulsiyasi sirtga ishlatish bilan birga, bu turi 
boshqa dori shakllarida ham ko‘prok uchraydi. Bu dori turini liniment holida, surtma dori 
turida
tayyorlanishi va ishlatilishi bu dori turlari bilan bog‘liq bo‘limlarda to‘la yoritiladi. 
Emulgirlashda modda maydalanishi tufayli uning bo‘sh sathi ortadi, maydalanish darajasi 
ko‘paygan sari sathi osha boradi. Organizmning to‘qimalari va suyuqliklariga tekkan 


moddaning sathi qanchalik katta bo‘lsa, bo‘larning o‘zaro ta‘siri shunchalik kuchlidir. Shunday 
qilib preparatning kimmati ko‘p vaqtlarda uning maydalanish darajasi (dispersligi) bilan 
aniqlanadi. Bundan tashkari ko‘prok disperslangan moddalardagi turli kimyoviy holatlar, 
bo‘linmagan moddadagiga karaganda faolrok ravishda boradi. SHuning uchun emulsiya 
holatida turgan yog‘lar emulgirlanmagan yog‘larga karaganda me‘da-ichak yo‘lining 
fermentlari tomonidan gidroliz holatiga tezrok duchor bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, 
bunda yog‘ning bemaza ta‘mi yo‘qoladi, yog‘larni ichish osonlashadi, ayrim preparatlarning 
ta‘sirlovchi xususiyati kamayadi va dozalarga bo‘lish osonlashadi. Emulsiya, ayniqsa bolalar 
farmakoterapiyasida katta ahamiyatga ega. Emulsiyalarda sinish ko‘rsatkichi kuchli bo‘lganligi 
sababli, ko‘rinish jixatdan sutni eslatadi. Shunga ko‘ra bu dori shakllari nomini kelib chiqish 
sababi quyidagicha: lotincha so‘z emulgere — sogish, bundan emulsio, emulsiones —
sogilayotgan, emulsum, emulsa — sogilgan. Oxirgi termin nomi aniqroq belgilangan. Emulsiya 
— qadimgi dori shakli bo‘lib, 1-Farmakopeya chop etilgandan buyon rasmiy dori deb 
hisoblangan.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling