Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Suspenziyalarni kondensatsion usul bilan tayyorlash 2 xil usulda olib boriladi. Bu
usul bo‘yicha tayyorlashni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin.
Oling: Kaliy bromid eritmasi 3%-100 ml (1:5)
Natriy bromid 3.0 (1:5)
Valeriana tindirmasidan 5 ml
A.B.B. 1des.-. 3 max.ich.
Hisoblash: Kaliy bromid eritmasi (1:5) 3x5=15 ml
Natriy bromid eritmasi (1:5) 3x5= 15 ml
Tozalangan suv 100-30 =70 ml
Valeriana tindirmasidan 5 ml
Umumiy hajm 105 ml
Texnologiyasi: Bemorga beriladigan qo‘ng‘ir shisha idishga 70 ml suv o‘lchab olinadi va
ustiga 15 ml (1:5) kaliy bromid va 15 ml natriy bromid (1:5) eritmalaridan qo‘shib va oxirida 5 
ml valeriana tindirmasidan oz-ozdan qo‘shib , chayqatiladi (aks xolda cho‘kma xosil bo‘lib 
qolishi mumkin) va tiqin bilan berkitilib, jixozlab, bemorga beriladi.
Tushuntirish matni
Suspenziyalarni kimyoviy usul bilan tayyorlash .
Kimyoviy yo‘l bilan suspenziya tayyorlashga qo‘rg‘oshin atsetat bilan ammoniy xloridni
misol qilib keltirish mumkin.
Oling: Ammoniy xlorid 3.0
qo‘rg‘oshin atsetat 3.0
Oltingugurt
3.0
Glitserin
25 ml
Etanol
25 ml
Tozalangan suv
200 ml gacha
A.B.B. Sochga surtish uchun
Buning uchun xar ikki moddani xovonchada ezib, oz-ozdan suv qo‘shib aralashtiriladi, 
bunda quyidagi reaksiya boradi:
NH
4
Cl - Pb(CH
3
COO)
2
= PbCl
2
- 2CH
3
COONH
4
Texnologiyasi: Havonchada oltingugurt glitserin ishtirokida ―qiynash‖ usulida
tayyorlanadi. 100 ml suvni ikkiga bo‘lib, bir qismida ammoniy xloridni, yana qismida 
qo‘rg‘oshin atsetatni eritib olamiz. Ikkala eritmani bemorga beriladigan idishga filtrlab 
o‘tkazamiz, analiz vaqtida zarrachalar kattalashuvi ko‘zga tashlanadi, so‘ngra xovonchada 
maydalangan oltingugurtni glitserin va qolgan 100 ml suv bilan yuvib idishga o‘tkazamiz. 
Oxirida etil spirtining 90% ligidan (% ko‘rsatilmasa 90% ligi olinadi 582 – buyruqqa binoan) 
25 ml qo‘shiladi. Jihozlab bemorga beriladi.


Kuchsiz gidrofob xossani namayon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari , 
terpingidrat , benzaftol, fenilsalitsilat kabilari kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya 
tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish 
devorlariga yopishib qoladi. SHunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash 
talab kilinadi. Gidrofillash uchun ishlatilatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi.
Masalan stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1g kuchli gidrofob xossaga ega bulgan moddaga 
-1g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bulgan moddalarga-0,5 jelatoza kushiladi.
Stabilizatorlar ro‘yxati:
O‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalari;
Jelatoza(jelatinani chala gidroliz mahsuloti);
Kraxmal kleysteri;
Polisaxarid komplekslari;
MS,KMS,PVP;
Bentonitlar;
Poliglyukin;
Elimlar ;
Spanlar;
Tvinlar.
Misol: Rp.: Sol. Natrii bromidi 0.5%-120 ml
Camphorae 1.0
Coffeini natrii-benzoatis 0.5
M.D.S. 1 qoshiqdan 3 mahal
Texnologiyasi: Yordamchi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy
eritmasi (1:10), 3 ml 90% li etanol bilan maydalanadi. Sungra 1 g jelatoza qo‘shib 
aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va 
beriladigan idishga oldindan tayyorlab quyilgan eritma bilan chayib solinadi.
Misol: Rp.: Extr. Bellalonnae 0.15
Phenylii salycilatis 2.0
Aquae puripicatae 100 ml
M.D.S. 1 desert qoshqdan 3 mahal

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling