Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Gidrofil - lipofil balansi
Har qanday emulgator samaradorligini ta‘riflaydigan maxsus birlik GLB deb - ikki bir-
biriga qarama-qarshi gidrofil va gidrofob molekulalar nisbatiga aytiladi.
Hozirgi vaqtda moddalar molekulalarining tuzilishi yoki fizik-kimyoviy xossasiga qarab 
GLB ahamiyatini aniqlovchi nazariya yo‘k. SHuning uchun 1949 yilda Griffin tomonidan taklif 
etilgan yarim empirik sistema qo‘llaniladi. Bu Griffin soni deb atalib, sirt-faol moddalarning 


kaysi molekulalaridan tuzilganligini aniqlaydi, shu alohida guruhlarni suv bilan birikib 
kirishishini shartli son darajasiga ko‘taradi. har xil sirt-faol moddalarning GLB soni
molekuladagi guruhlarni son yigindisi kerakli formula bo‘yicha hisoblanadi yoki tajriba orqali 
aniqlanadi.
Sirt-faol moddalarning molekulasida gidrofob qismga nisbatan gidrofil qism qancha ko‘p 
bo‘lsa, GLB soni shuncha yuqori bo‘ladi. GLB soni hamma tabiatda uchraydigan sirt-faol 
moddalar uchun ko‘rsatkichi 1 dan 40 gacha bo‘lish mumkin. 10 soni faol moddaning lipofil va 
gidrofil moddalarning o‘rtasidagi chegara hisoblanadi. Emulgator yog‘da erisa suvning 
moydagi emulsiyasini hosil qiladi. Bunda GLB soni 10 dan past bo‘ladi. GLB soni qancha 
yuqori bo‘lsa, bunday emulgator moyning suvdagi emulsiyasini hosil kilishga moyil bo‘ladi. 
GLB ko‘rsatkichi asosan emulgatorlarni tanlashda xizmat qiladi va sirt-faol modda GLB ci —
1-3 bo‘lsa,ko‘pik so‘ndiruvchi, 3 dan 6 gacha suvni yog‘dagi emulgatori, 7-8 yuvuvchi 
moddalar, 8-13 gacha moyning suvdagi emulsiyasini hosil qiluvchi emulgatorlar, 13-15 
detergent, 15 dan yuqori bo‘lsa, solyubilizator eruvchanlikni oshiruvchi moddalar sifatida 
ishlatilishga tavsiya etiladi.
Ionogen emulgatorlar
Ionogen emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi 
suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu 
guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli 
SFM) — linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kengrok to‘xtab o‘tiladi.
Elimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda keng qo‘llaniladi. Shilimshiq va 
pektin moddalar ham ishlatiladi. Bular o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron 
kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalarning 
yu-ori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida ximoya parda hosil kilishi, 
ikki qavatli elektr katlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling