Saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi


Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi


Download 4.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/436
Sana03.11.2023
Hajmi4.79 Mb.
#1743304
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   436
Bog'liq
farmatsevtik texnologiya

Murakkab emulsiyalarda fazalarning almashinuvi
Emulsiya turlarining o‘zgarishi, ya‘ni moyning suvdagi, suvning moydagi emulsiya 
turlarini bir-biriga almashinishini amaliyotda kuzatish mumkin. Bu holat asosan emulsiya 
tarkibiga biron-bir modda qo‘shilishi asosida yoki bu emulsiyalar saqlash sharoitining 
o‘zgarishi natijasida ro‘y beradigan holatdir.
Misol: moyning suvdagi emulsiya turlari yog‘ kislotalaridan oleat natriy tuzi bilan 
turg‘unlashtirilgan.
Emulgator sifatida olingan oleat natriy suvda yaxshi eriganligi tufayli to‘gri turdagi 
emulsiyaning turg‘unligini sa-laydi. Agar shu emulsiyaga biron-bir og‘ir metall tuzlaridan ta‘sir 
ettirilsa, faza almashish xodisasi, ya‘ni emulsiya moyni suvdagi turidan suvni moydagi turiga 
aylanadi. Bu xodisaning ro‘y berishiga sabab — oleat natriyni og‘ir metal tuzlari bilan hosil 
bo‘lgan tuz suvda erimay moyda yaxshi erishi fazaning o‘zgartirilishiga, ya‘ni moyni muxitga 
va suvni fazaga aylantiradi. Qarama-qarshi emulgator qo‘shilganda fazalar o‘zgarishi tez 
bo‘lmaydi. Oldin emulsiyaning ikki turi hosil bo‘lib, keyin bitta turg‘unrok turini, ya‘ni 
emulgator yaxshi eriydigan muxit barkarorlashadi. Emulsiyalar turlarining o‘zgarishiga 
olinadigan moddalarning nisbati ham sababchi bo‘ladi. Ko‘pincha murakkab emulsiyada moyni 
suvdagi va suvning moydagi aralashmasi turlari yuzaga keladi.
Emulgatorlar
Emulgatorlar emulsiya tayyorlash uchun zarur komponent hisoblanadi. Ularning dispers 
faza zarrachalari maydalik darajasini oshirish kobiliyati va shu mayda zarracha atrofida 
mustaxkam parda hosil kilish xususiyatlari emulgator kimmatini belgilaydigan ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi.
Bundan tashkari, emulsiya hosil kilish uchun emulgatordan ketadigan miqdor hamda 
uning bor-yo‘qligi, qiymati, biofarmatsevtik xususiyatlari hisobga olinmogi shart.
Emulgatorlar farmakologik jixatdan ta‘sir etmaydigan, ayniqsa, salbiy ta‘sir 
ko‘rsatmaydigan modda bo‘lishi kerak. Dorixonada tayyorlanadigan emulsiyalarning 
ko‘pchiligi ichish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, moyning suvdagi emulsiyasi shaklida bo‘ladi. 
Emulgator sifatida yu-ori molekulali moddalar ishlatiladi. Emulgatorlarning ko‘pchiligi tabiiy 
moddalardir. Elimlar, shilimshiqlar, oksil modda va boshqalar.
Sintetik va yarim sintetik moddalardan iborat ba‘zi bir emulgatorlar yu-ori molekulali 
moddalar bo‘lib, ularga tvinlar, spanlar va ularning hosilalari kiradi. Hamma emulgatorlar 
ionlanish xossasiga -arab 3 guruhga bo‘linadi. 1. Ionogen emulgatorlar. 2. Ionogen bo‘lmagan 
emulgatorlar. 3. Amfoter xususiyatiga ega emulgatorlar.

Download 4.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling