O‘simlik xom ashyosi va ekstraktning nisbatlari to‘g‘ri olinadi. Agar dorixatda
ajratmaning konsentratsiyasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, damlamalar va Qaynatmalar 1:10 nisbatda
tayyorlanadi.
Kuchli ta‘sir -iluvchi moddalarni saqlovchi dorivor o‘simliklar ajratmalar, agar shifokor
ko‘rsatmasi bo‘lmasa, 1:400 nisbatda tayyorlanadi (termopsis o‘ti, digitalis bargi).
Suv shimish koeffitsienti.
Suv shimish koeffitsienti 1 gr o‘simlik xom ashyosini infundir apparatining stakanida siqib
olingandan keyin ushlab qolgan suv miqdor ini ko‘rsatadi.
Keng qo‘llaniladigan xom ashyo uchun SSHK DF XI va № 582 buyruqda keltirilgan. Agar
u erda ko‘rsatilmagan bo‘lsa ildizlar uchun – 1.5, po‘stloq, gul va poya uchun – 2, urug‘ uchun –
3ga teng deb olinadi :
Xom ashyoning standartligi.
Suvli ajratmalarning tarkibi va konsentratsiyasi, organizmga ta‘sir etishi xom ashyoga,
asosan ta‘sir qiluvchi moddalarga bog‘liq bo‘ladi. Standart deb MTX talablariga javob beradigan
xom Ashe etiladi. Suvli ajratmalarni olish uchun standart yoki ko‘proq biologik aktivligiga, yoki
ta‘sir qiluvchi moddalarni ko‘proq saqlagan xom ashyo ishlatiladi.
O‘simlmk xom ashyosining gistologik tuzilishi.
O‘simlmk xom ashyosining gistologik tuzilishi moddalapning suvli ajratmalarga o‘tish
tezligiga, to‘laligiga ta‘sir ko‘rsatadi. SHu sababli gul, barg va o‘tdan – damlamalar, po‘stloq,
ildiz va ildizpoyalardan - Qaynatmalar tayyorlanadi.
O‘simlik xom ashyosining maydalik darajasi.
MTX xujjatlarida xom ashyoning maydalik darajasi keltiriladi. Agar bo‘lmasa suvli
ajratmalar olishda DF X talabiga binoan barg, gul va o‘tlarni – 5 mm, qalin barglarni - 1 mm,
poya, po‘stloq va ildizlar – 3 mm, urug‘ - 0.5 mm gacha maydalanadi.
Ajratmaning olish vaqt va temperaturasi.
DF XI Talablariga binoan damlamalar -aynab turgan suv xammomida 15 min.
Qaynatmalar – 30 min. qaynatiladi , so‘ng damlamalar 45 min , Qaynatmalar 10 min. Sovutiladi.
Agar ajratma xajmi 1-3 l tashkil etsa suv xammomida ushlanadigan vaqt 10 min oshadi.
Aralashtirish.
Aralashtirib turish protsessi ta‘sir etuvchi moddani ajratmaga to‘liq o‘tishida katta
axamiyatga ega. Istisno: efir moylarini saqlovchi o‘simliklardan ajratmalar tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |