Sarf o’lchash vositalari Modda sarfi


Satx o‘zgarishi bo‘yicha sarfni o‘lchash


Download 0.64 Mb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1055765
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
NAYIMOV MA\'MURJON MUSTAQIL ISHI SOHA

Satx o‘zgarishi bo‘yicha sarfni o‘lchash
Bu sarf o‘lchagichlarning ishlashi idish o‘rtasidagi tirqishdan suyuqlikning erkin oqib o‘tishida suyuqlik sathini sarf o‘zgarishi bilan o‘zgarishiga asoslangan. O‘ta aktiv (agressiv) moddalar, pulsasiyalanuvchi oqimlar va gazlar bilan aralash suyuqliklarning atmosfera bosimida sarfini o‘lchashda ishlatiladi. Ushbu sarf o‘lchagich (rasm 5.4) to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishidagi, o‘lchanayotgan suyuqlikning kirish va chiqish shtuserlari bor idish 2 ko‘rinishida bo‘ladi. Bu idish o‘rtasidan tirqishi bor to‘siq bilan bo‘lingandir. Tirqishdan toshib o‘tayotgan suyuqlik sathi odatda, p’yezometrik satx o‘lchagich yordamida o‘lchanadi. P’yezometrik trubka 1 himoya cheholida tirqishdan oldin o‘rnatilib, undan muntazam ravishda havo o‘tkazilib turiladi.

Rasm 5.4. Sathi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar

Pe’zometrik trubkaga berilayotgan havo miqdori nazorat stakani 4 yordamida nazorat qilinadi, bosimi esa, reduktor 6 yordamida ushlab turiladi va filtr 7 yordamida tozalanadi.


Toshib o‘tayotgan suyuqlik sathi suyuqlik sarfi o‘zgarishi bilan o‘zgaradi (Q=kh, bu yerda, k – proporsionallik koeffisiyenti; h – toshib o‘tayotgan suyuqlik sathi). Pyezometrik trubkadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik sathi va zichligiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi va shuning uchun u massaviy sarfga ham bog‘liqdir. Shunday qilib, suyuqlikning gidrostatik bosimi p’yezometrik trubka va difmanometr 3 yordamida o‘lchanadi.

Elektromagnit (induksion) sarf o‘lchagichlar
Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning ishlashi elektr o‘tkazuvchan suyuqlik oqimida tashqi magnit maydoni ta’sirida sarfga proporsional ravishda induktivlanayotgan elektr yurituvchi kuchni (EYUK) o‘lchashga asoslangan.

Rasm 5.5. Elektromagnitli sarf o‘lchagichlarning ish prinsipi

Nomagnit materialdan tayyorlangan truboprovod 1 (rasm 5.5), unda harakatlanayotgan suyuqlik bilan birga o‘zgarmas magnit qutblari 2 va 3 orasiga o‘rnatilgan. Truboprovod devorlariga diametrial qarama-qarshi ravishda o‘lchash elektrodlari o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar xarakatlanib, o‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga beradi va unda suyuqlik tezligiga proporsional EYUK (Ye) hosil qiladi. Bu elektrodlar o‘lchov asbobiga (4) ulanadi.


EYUK qiymati quyidagi tenglama bo‘yicha topiladi:

Bu yerda, - magnit induksiyasi;
- truboprovod diametri;
– oqimning o‘rtacha tezligi.
Tezlikni hajmiy sarf orqali ifodalab, quyidagini olish mumkin,
;
Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, hosil bo‘layotgan EYUK sarfga bog‘liq bo‘ladi.
Ushbu usulning kamchiligi sifatida qutblanish EYUK va galvanik EYUKlarni hosil bo‘lishi, hamda, kichik o‘zgarmas tok EYUKini kuchaytirishning qiyinligini keltirish mumkin.


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling