Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 2.94 Mb.
bet33/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Misty E. Vermaat, Susan L. Sebok, Steven M. Freund. Jennifer T. Campbel, Mark Frydenberg. Discovering Computers: Tools, Apps, Devices, and the Impact of Technolog (textbook). Cengage Learning. 20 Channel Center Street. Boston, MA 02210. USA, 2016. Pages: 688.
2. Aрипoв М., Бегалов Б., Бегимқулов У., Мамаражабов М. Ахборот технологиялар. Ўқув қўлланма. Т.: Ношир, 2009.
3. Закирова Ф. и др. Информатика и информационные технологии. Т.: Изд-во «Aloqachi», 2007, 176 с.
4. Информационные системы и технологии в экономике: Учебник. - 2-е изд., доп. и перераб. / Т.П. Барановская, В.И. Лойко, М.И. Семенов, А.И. Трубилин; Под ред. В.И. Лойко. - М.: Финансы и статистика, 2005. - 416 с.
5. Hoshimov O.O., Tulyaganov M.M. Kompyuterli va raqamli texnologiyalar. -T.: Yangi asr avlodi, 2009. - 102 b.
6. Informatika/Professor N.Makarova tahriri ostida.-T.:Talqin, 2005. 344- b.
5-mavzu. Axrot tizimlari va ularning qishloq xoʽjaligini boshqarishdagi roli


REJA:
1. Tizim va axborot tizimlari haqida tushuncha. Axborot tizimlarining mohiyati, qishloq xoʽjaligi sohalariga qoʽllanilishi va vazifalari. Axborot tizimlarining jamiyatdagi roli. Axborot tizimlarining tuzilishi, tasnifi va asosiy jarayonlari
2. Axborot tizimlarini ta’minlovchi tarkibiy qismlar: texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy taʽminotlar
3. Axborot tizimlarining sinflanishi. Axborot tizimlarining hayot sikli modellari. Axborot tizimlarini loyihalash va qurish usullari.
4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari. Davlat axborot tizimlari va resurslari. Axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari
...................................................................................................................................
Tayanch soʽzlar va iboralar: Tizim, axborot tizimlari, ATning texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy taʽminotlari, hayot sikli, avtomat tizimlar, axborot tizimlarining interaktiv xizmatlari


1.Tizim va axborot tizimlari haqida tushuncha. Axborot tizimlarining mohiyati, qishloq xoʽjaligi sohalariga qoʽllanilishi va vazifalari. Axborot tizimlarining jamiyatdagi roli. Axborot tizimlarining tuzilishi, tasnifi va asosiy jarayonlari


Tizim - faoliyat yuritilishi aniq foydali natija olishga yonaltirilgan qismlar elementlarning o‘zaro mantiqiy va tashqi muhit bilan bog‘liqligi majmuidir.
Tizim uchun quyidagi a s o s i y x u s u s i ya t l a r xosdir:
• murakkablik;
• bo‘linishlik;
• yaxlitlik;
• elementlarning ko‘p turliligi va ular tabiatining xilma-xilligi;
• tarkiblashtirilganligi.
Tizimning murakkabligi — unga kiruvchi tarkibiy qismlarning ko‘pligi, ularning tarkibiy o‘zaro hamkorligi, ishlab chiqarish va tashqi aloqalarning murakkabliligiga hamda dinamikligiga bog‘liq.
Tizimning bolinuvchanligi — uning belgilangan alomati bo‘yicha ajratilgan, aniq maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi bir qator tizimchalar va elementlardan iboratligini bildiradi.
Tizimning yaxlitligi — tizimning ko‘pgina elementlarini faoliyat yuritishi yagona maqsadga bo‘ysinishini bildiradi.
Tizim elementlarining ko‘p turliligi va ular tabiatining xilma-xilligi ularning vazifaviy o‘ziga xosligi va avtonomligi bilan bog‘liq. Masalan, ob’ektning ashyoviy-energetik resurslarini o‘zgartirish bilan bog‘liq moddiy tizimida xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i, ehtiyot qismlar, tayyor mahsulotlar, mehnat va pul resurslari kabi elementlarni farqlash mumkin.
Tizimning tarkiblashtirilganligi tizim ishlab chiqarishidagi elementlar o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar va munosabatlar mavjudligini, tizim elementlarining iyerarxik pog‘analari bo‘yicha taqsimlanishini belgilab beradi.
Qishloq xoʽjaligida iqtisodiy axborot tizimi (IAT) — bu iqtisodiy ob’ekt, usullar, vositalar, axborotlarni ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki teskari axborotli aloqalarining ichki va tashqi oqimlari majmuidir.
Faoliyat ko‘rsatish sohasi bo‘yicha axborot tizimlari quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi: sanoat, transport, aloqa, qishloq xo‘jaligi va h.k.
Boshqaruv tizimining darajasi bo‘yicha umumdavlat va tarmoqlararo boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining axborot tizimlariga ajraladi.
Axborot tizimlarining tarkibiy jihatlari
Tashkilotni boshqarishning axborot tizimi – tashkilotning maqsadidan kelib chiqadigan talablarga muvofiq axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, taqsimlash, taqdim etish uchun mo‘ljallangan standart protseduralar, xodimlar, dasturiy vositalar, asbob-uskuna, ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan majmuidir. 
Konseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi – bu operatsiyani bajaruvchi tizim va boshqaruvchi tizim o‘rtasidagi vositachi sanaladi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy protseduralarga (jarayonlarga) ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqarish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi, to‘rtinchi va beshinchilari esa tizim, axborot va tashqi muhit o‘rtasidagi aloqani ta’minlaydi.
Axborot muhiti o‘zaro bog‘langan uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: foydalanuvchining axborot infratuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), boshqaruvning ishtirok etuvchi ob’ektlari.
Axborot infratuzilmasi uni o‘z maqsadlariga erishish uchun foydalanadi.
AKT foydalanuvchini zarur texnologiya bilan ta’minlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida AKT foydalanuvchilari (ob’ektlari) ham o‘zaro harakatlanuvchi o‘ziga xos muhit sifatida ko‘rib chiqiladi.

2. Axborot tizimlarini ta’minlovchi tarkibiy qismlar: texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy va huquqiy taʽminotlar

Avtomatlashtirilgan axborot tizimi ta’minlovchi va funksional qismlarga ega.


Ta’minlovchi qism axborot, texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, xuquqiy, uslubiy, ergonomik, psixologik va lingvinistik ta’minotdan iborat bo‘ladi.
Axborot ta’minoti – tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish hajmi (axborotlarni tasniflash va kodlash-tirish, hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‘yicha loyiha qarorlarining shuningdek ma’lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
Texnik ta’minot – axborot tizimlari ishi uchun mo‘ljal-langan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Matematik ta’minot – axborot tizimlarida vazifalarni hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi va modellari, matematik uslublari majmui.
Dasturiy ta’minot – bu axborot tizimlarining maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun dasturlar majmui, shuningdek texnik vositalar kompleksining me’yorida ishlab turishi demakdir.
Uslubiy ta’minot va tashkiliy ta’minot – axborot tizimlarini ishga tushirish va ishlatish jarayonida axborot tizimi xodimlarining texnik vositalar bilan va o‘zaro ta’sirini belgilovchi metodlar, vositalar va hujjatlar majmuidir.
Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir. Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.
Huquqiy ta’minot – axborot tizimlarining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir.
Lingivinistik ta’minot – axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi.
Psixologik ta’minot – joriy qilinayotgan avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini foydalanuvchilar psixologik jihatdan qabul qilishi va unga asta-sekinlik bilan qo‘nikishi hisoblanadi.
Axborot tizimlarining funksional qismi esa axborot tizimlarining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi.


Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling