Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik
–rasm. Eichhornia crassipes Manba
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
monograph Satorov indiya 2022 besh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pistiya ( Pistia stratiotes (L.), Araceae )
2.2–rasm. Eichhornia crassipes
Manba: Termiz davlat universieti “Tabiiy fanlar” fakulteti “Botanika” kafedrasida tasvirga olindi Tezlik bilan ko'payib va kengayib boruvchi eyxorniya suv omborlari yuzasini shunday zich gilam bilan qoplaydi, bu esa, kemalar harakatiga to'sqinlik qiladi. Bundan tashqari, eyxorniyaning zich qatlami tufayli suv omborining kislorod rejimi yomonlashadi, bu uning boshqa aholisining o'limiga olib keladi. Eyxorniyaning ko'payishiga qarshi kurashish uchun deyarli faqat shu o'simlik bilan oziqlanadigan Neochetina spp sichqonchalari ishlatiladi. Pistiya (Pistia stratiotes (L.), Araceae) . Vatani – Afrikaning tropik mintaqalari hisoblanadi. Pistiya yoki suv karami – suzib yuradigan ajoyib o'simliklardan biri. U kuchalagullilar oilasiga mansub o‘simlikdir. Pistiya ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, chuchuk suvlar, qisman minerallashgan va organik moddalarga boy suvlar yuzasida qalqib o‘sadi. Voyaga yetgan pistiya o'simligining bo'yi O'zbekiston sharoitlarida 20–40 sm ga yetadi. Poyasi qisqa 5–8 sm, barglari qayiqsimon (15–22 sm. uzunlikda). Duxobasimon to'lqinli yashil–havorang barglaridan yirik tubbarg (rozetka) hosil 42 qiladi. Ildiz bo‘g‘zidan chiqqan barglari qalin bog‘lam hosil qilib, qalin, shaffof tukchalar bilan qoplangan, quyi qismi och yashil, aerenxima to‘qimasi kuchli rivojlanganligi sababli suvda qalqib o‘sadi. Pistiya urug'lari yordamida ham, vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi, ammo ko'proq vegetativ usulda ko'payadi. Pistiya barg qo'ltig'ida hosil bo'ladigan yotiq novda (stolon) yordamida vegetativ ko'payadi. Stolonlarning chetida yangi o'simta shakllanadi. Yosh o'simlikda odatda o'sish konusida 4 ta barg hosil bo'ladi. Vegetatsiya davrida bir o'simlikda 4–5 doira hosil bo'lishi mumkin. Pistiyaning mevasi quruq, ochilmaydigan meva, ko'sak bo'lib ko'p urug'larga ega. Urug'lari uzunchoq–silindrsimon (1,5–3mm) 1000 dona urug'ining massasi 2,1–2,2 g ni tashkil qiladi. Chorvachilik komplekslari va sanoat korxonalari oqova suvlarida o'stirilgan pistiya katta miqdorda biomassa (3 kunda 1 kg/m 2) hosil qiladi. O'simlikning yalpi gullashi va urug'larining pishishi issiq davrda (iyun–avgust oylarida) kuzatiladi. Kuzda urug'lar kam hosil bo'ladi va ular pishishga ulgurmaydi. Pistiyaning ro'vagi so'ta bo'lib, uning yuqori qismida erkak va pastki qismida urug'chi guli joylashgan. Pistiya o'z–o'zidan gidrofil yo'l bilan changlanadi (avtogamiya). Ayrim hollarda chetdan changlanishi (ksenogamiya) va bir o'simlikda (geytenogamiya) entomofiliya yo'li bilan changlanish ham uchraydi 1 . 1 Пономарева A.К., Изотова Л.H., Волгина Т.И. Селекция CN-устойчивых мутантов некоторых штаммов зеленых водорослей с повышенной способностью разрушать цианиды в полупромышленных условиях // Тр. Биол. ин- та Сиб. отд. АН СССР. - 1979. - №39. с. 71 - 75. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling