Savod o‘rgatish tayyorlov davri o’qish darsi ishlanmasini tuzish Reja


Download 22.48 Kb.
bet2/10
Sana16.04.2023
Hajmi22.48 Kb.
#1359696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari. Savod o‘rgatishda tayyorlo-fayllar.org

Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkaziladi. Darslar sistemasi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.


  • Savod o’rgatish darslarida vaqti-vaqti bilan dam olish daqiqalari o’tkaziladi. Darslar sistemasi deyilganda o’quv vaqtini mavzularga nazariy va amaliy jihatdan rejali taqsimlangan darslarning mantiqiyligi va istiqboli bir-biri bog’langan dars turlari va unda o’qituvchi bilan o’quvchilar foydalaniladigan asosiy metodik vositalar xilma-xil bo’lgan izchillik nazarda tutiladi.

  • Amaldagi “Alifbe” darsliklari va ularga yozilgan qo’llanmalarga asosan savod o’rgatishda tayyorgarlik davri uchun 8 dars, alifbedan so’nggi davrga ham 8 dars ajratiladi. Oraliq davr “Alifbe” davri hisoblanadi. Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Darsning tizimini qurilishida ichki mantiqiylik bo’lib, har bir tizimda yangi tovush harf o’rganiladigan dars bilan yangi mavzu o’rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so’zning bo’g’in tuzilishi haqida ma’lumot berish, o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar tizimi takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.

Savod o’rgatish jarayoni

Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi.

Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi:

a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta);

b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi).

Alifbogacha tayyorgarlik davri

Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.

Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.


Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi.

Download 22.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling