Savol: Richard soʻnggi kilometrlarni suzib oʻtayotganida qutqaruvchilar nega suvni eshkaklar yordamida shopillatib turishgan?
Javob: Yirtqich baliqlarni qoʻrqitish uchun.
Qabul: Mazmunan yaqin javoblar.
6. Versiyalardan biriga koʻra, XII-XIII asrlarda yashagan Xorazm malikasi Oychechak xotunning burnida xoli bor oʻgʻli boʻlgan. Savol: Ushbu oʻgʻlining ismi nima edi?
Javob: Jaloliddin.
Izoh: Manguberdi(Menkburni) laqabi unga burnida xoli borligi uchun berilgan.
7. Stiven King qahramoni ushbu familiyani eslashga urinarkan, Anderson va Alvaresni eslab oʻtadi.
Savol: Ushbu familiyani yozib bering.
Javob: Alsgeymer.
Izoh: “Xotiram juda yomon, bu kasallik qanday atalishini hech eslolmayapman, Andersonmidi, Alvaresmidi, shunaqaroq edi”.
8. 1978-yilning martida “Qora ofat” Fransiyaning ustrisa plantatsiyalari, baliqchilik havzalariga zarar yetkazgan. Savol: “Qora ofat”ning tarkibi nimadan iborat edi?
Javob: Neft.
Izoh: 1978-yil mart oyida Fransiyaning Bretan hududi qirgʻoqlarida Amerikaning “Amoko” kompaniyasiga tegishli supertanker tiqilib qoladi. Shundan soʻng tanker 3 ga boʻlinib ketadi va katta miqdordagi neft suvga toʻkiladi.
9. Xitoy topishmogʻini tinglang: Yigʻlaganda koʻz yoshim oyogʻimni davolar.
Savol: Topishmoq nima haqida?
Javob: Sham.
Izoh: Sham erib, pastga, yaʼni shamning oyoq qismiga toʻplanadi.
10. Sharqda bu predmet kundalik ehtiyojlarda ishlatilgan. Dastlab uning oʻrnida nilufargul yoki palma yaproqlaridan foydalanishgan, soʻngra uni metal, yogʻoch, fil suyagidan ham tayyorlashgan. Bu predmetdan sirli suhbatlarda ham foydalanishgani sizga gʻalati tuyulishi ham mumkin.
Savol: Bu qaysi predmet?
Javob: Elpigʻich.Izoh: Baʼzan suhbatdoshlar yelpigʻich bilan yuzlarini toʻsib olishgan. Yelpigʻichdagi yogʻochlarga matn ham yozilgan. Gapirmasdan oʻqib olishgan.
2-tur
1. Bir telesharhlovchi bu davlat futbol oʻyini haqida gapirar ekan, “gohida 5-10 daqiqa jim turib, gohida kutilmaganda hujumga oʻtadi” deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |