Savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 159.55 Kb.
bet12/19
Sana25.10.2023
Hajmi159.55 Kb.
#1721232
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Adabiyot 9-sinf-fayllar.org

MUSO TOSHMUHAMMAD 0‘G‘LI OYBEK
1. Oybekning ilk she’ri qayerda bosilgan?
J: «Tong yulduzi» nomii devoriy gazetada
2. Qaysi yozuvchi o‘zining xotiralarida «Xayol daryosi keng edi menda. o’qtino‘qtin o‘zimcha mashq qilib, bit tayarimta she’r yozib ham qo‘yardim» deb yozgan?
J: Oybek
3. «Oybek oriq va novcha yigit bo‘lib, qo’ng‘ir, qalin sochlari do’ppisidan toshib turardi. Yirik qora ko‘zlari sho girdlik davridayoq teran ma’noli va xayolchan edi». Oybek haqidagi ushbu fikrlar kimniki?
J: Zarifa Saidnosirovaniki
4. Oybekning qaysi dostonlari 30yillarda yaratilgan?
J: «Dilbar davr qizi», «0‘ch», «Baxtigul va Sog‘in
diq», «Navoiy»
5. Oybek qalamiga mansub bo‘lgan qissalarni toping. J: «Nur qidirib», «Bolalik», «Boia Alisher»
6. Oybek qalamiga mansub bo‘lgan romanlarni toping. J: «Quyosh qoraymas», «Ulug‘ yo‘l», «Oltin vodiy
dan shabadalar»
7. Oybekning «Qutlug‘ qon» romani qachon yaratil gan? J: 1938yilda
8. Oybekning «Navoiy» romani qachon yaratilgan?
J: 1942yilda
9. Oybekning urush yillarida yozilgan tarixiy dramasi? J: «Mahmud Torobiy»
10. Oybek qachon Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi? J: 1943yilda
11. Oybekning «Na’matak» she’rining hajmi?
J: 4 band, 20 misra
12. «Nafis chayqaladi bir tup na’matak» misralari 1bandda necha marta qayerda takrorlanadi?
J: 2 marta band boshi va oxirida
13. «Tog‘lar havosining feruzasidan Mayin tovlanadi butun niholi. Vahshiy qoyalarning ajib ijodi». Ushbu mis ralar qaysi she’rdan olingan?
J: Oybekning «Na’matak» she’ridan
14. Oybek qaysi she’rida o‘n ikki buloqni axtaradi?
J: «Tog‘ sayri» she’rida
15. Oybek «Tog‘ sayri» she’rida o‘n ikki buloqni nima larga o‘xshatadi?
J: She’rga, bahorga, ko‘zga, qizga, piyolaga
16. Oybekning «Tog‘ sayri» she’rida buloqqa nima mu habbat izhor qiladi? J: Shamol
17. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanidagi Yo‘lchi qayer lik edi? J: Xo‘jakentlik
18. «Bu o‘n besho‘n olti orasida bo’lgan, qoramtir, lekin toza, soglom yuzli, ko‘zlari bolalarcha o‘ynoqsho‘x, jingalak sochli, bo‘ychan, qishloqcha sodda, samimiy bir qiz edi». Ushbu ta’rif Oybekning «Qutlug‘ qon» romanidagi qaysi qahramonga tegishli? J: Unsin
19. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanidagi Yolchini qa mashda ishtirok etgan ellikboshining ismi kim? J: Olimxon
20. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanida kimning buyrug‘i bilan isyon ko’targan qurolsiz xalq o’qqa tutildi?
J: Mochalovning
2f. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanida o’qdan yara langan Yolchining oldida qaysi do’stlar hozir bo‘lishdi?
J: 0‘roz, Qoratoy
22. «Qizim, jon qizim. San o’rtanma. Bu juda katta o‘lim. Akang mard yigit edi. Nomus bilan, mardlik bilan o‘ldi». Ushbu fikrlarni Oybekning «Qutlug‘ qon» romanidagi qaysi qahramon kimga aytgan? J: Shokir ota Unsinga
23. Oybekning «Qutlug‘ qon» romanida Yo’lchini so’ng gi yo‘lga kuzatishda kimlar ishtirok etgan?
J: 0‘roz, Shokir ota, Qoratoy
24. «Oybek shu qadar qizg‘inlik bilan ishladiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongi ning munavvarlanishi tasvirlagan, badiiy jihatdan yuksak asari dunyoga keldi». Bu asar qaysi edi? J: «Qutlug‘ qon»
25. «Oybek shu qadar qizg‘inlik bilan ishladiki, olti oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongi ning munavvarlanishi tasvirlagan, badiiy jihatdan yuksak asari dunyoga keldi». Oybek haqidagi ushbu fikrlar kimni ki? J: Homil Yoqubov
26. Oybekning qaysi asari muhokamasida revolutsioner Petrov obrazini kiritish kerakligi aytildi? J: «Qutlug‘ qon»
27. Qaysi asar asosida 1916yilda Toshkenda bo’lib o’tgan xalq qo’zg‘oloni yotadi? J: «Qutlug‘ qon»
28. «Qutlug‘ qon» romanida Yo’lchi Mirzakarimboy dargohida ishlab, undan qancha haq oladi? J: 40 so‘m
29. «Bundan ko‘ra go’ng titganing yaxshi emasmi, kek sa tovuq!» «Qutlug‘ qon» romanidagi ushbu kinoyali gaplar kimga qaratilgan? J: Mirzakarimboyga
30. «Qutlug‘ qon» romanida Unsinga onasidan nima yolglz yodgorlik bo‘lib qolgan edi? J: Kumush bilaguzuk
31. Unsin uni ko‘rgani kelgan akasi Yo‘lchiga: «Qo’rqa man, meni bu yerdan olib keting. Yolg‘iz ko‘rsa tegishavera di. Yomon gaplar gapiradi», deydi. Unsin kimdan qo’rqar edi? J: Salimboyvachchadan
32. Yo‘lchi Mirzakarimboy eshigida necha yil xizmat qiladi? J: 2 yarim yil
33. «Fuqaroda norozilik zo’raydi, boyvachcham. Faqir likka bo‘ysunmaydi, qimmatchilikni Ollodan ko‘rmaydi. Bir ko‘pi boylardan ko‘radi. 0‘g‘ri, muttaham, daydilarning soni yo‘q». Bu fikrlar kimga tegishli? J: Olimxon ellikboshiga
34. «Durust, Yo’lchi yomon bola. Ammo, biz uni orqa sida qopi bilan, qo‘lida tuguni bilan yoqalaganimiz yo‘q, pichog‘ida hali qon ko‘rmadik. Mahkamadagi o’ris to‘ralarini qo‘lga olish, Yo’lchini biron narsada ayblash kerak bo‘ladi. Bu narsa hazil emas!» Bu fikrlar kimga tegishli?
J: Olimxon ellikboshiga
35. «Qutlug‘ qon» romanida qalandar choyxonada qay si shoirning she’rlaridan o‘qirdi? J: Mashrab g‘azallarini
36. Yo‘lchi: «Nima gunoh qildim? Qamchiga uzr so’raymanmi?» deb kimdan qamchi yeganda aytadi? J: Choyxonada o‘ris politsiyachisidan qamchi yeganda
37. Yo‘lchi: «san odam emas, cho‘chqasan», deb kimga aytadi? J: 0‘ris politsiyachiga
38. Yo’lchi kimning istagiga ko‘ra qamaladi?
J: Hakimboyvachchaning
39. Yo‘lchi qamalganidan so‘ng Unsin kimning uyida yashay boshlaydi? J: Shokir otaning
40. Yo‘lchi qanday halok bo’ladi? J: Mardikorlikka olishga qarshi xalq qo‘zg‘olonida jonbozlik ko‘rsatib halok bo‘ladi
41. Toshkentda xalq qo’zg‘oloni bo‘lganda Oybek ne cha yoshda bo‘lgan? J: 11 yoshda
42. «Oybek buyuk iroda egasi edi. Shuning uchun ham u o‘ta tahlikali va fojeali kunlarda, g‘urbat yutib kechirilgan hayotda «Qutlug‘ qon»day go‘zal va o’lmas bir asarni yarat di». Oybek haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli?
J: Oybekning rafiqasi Zarifa Saidnosirovaga
43. «Bir onda u o‘z kuchining o‘lchovsiz darajada o’sganini sezdi. Dushman qo‘lidan chapdastlik bilan o’lja olingan qilichini, quyoshda olov singari yongan qurolni havoda baland ko’tardi». Bu qaysi qahramoh tabiatidagi tasvirlar? J: YoMchining jangga kirgandagi holati
44. Unsin Yo‘lchi vafotidan keyin unga nimani topshira di? J: Gulnor bergan uzukni
45. Shokir ota xotinining ismi? J: Saodat kampir
46. «Qutlug‘ qon» romanida Yo‘lchi va Gulnor kimning uyiga berkingan edilar? J: Shoqosimning
47. «Qutlug‘ qon» romanida Unsin Mirzakarimboyning uyida kimlarning bolalarini boqar edi?
J: Tursunoy, Sharofatxonning

Download 159.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling