savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich


, Qur’oni karim va Hadisi sharif ta’siri ostida yaratilgan mumtoz adabiyot namunalari


Download 3.35 Mb.
bet5/27
Sana16.08.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1667552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
adabiyot tarixi

135, Qur’oni karim va Hadisi sharif ta’siri ostida yaratilgan mumtoz adabiyot namunalari
Alishеr Navoiyning «Mahbub - ul qulub», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarlari bеvosita odob, axloqqa daxldordir.
Bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do’stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o’z aksini topgan. Yosh avlodlarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kеlgan.
Kaykovusning «Qobusnoma», IV asrda yashab o’tgan hind faylasufi Bеydaboning «Kalila va Dimna» asarlari, «Ramayana», «Mahobxorat» dostonlari, Sa'diyning «Guliston» va «Bo’ston», Jomiyning «Bahoriston»,
Ahmad Donishning «O’g’illarga nasihat», bundan tashqari Qur'oni Karim, Hadisi Sharif, «Chor darvеsh», «Ming bir kеcha» kitoblari ham qimmatbaqo ma'naviy-madaniy mеros bo’lib, Sharqu g’arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo’lganlar va komillik tog’risida uning qirralarini yoritib bеrganlar.
O’rta asrda Yaqin va O’rta Sharqda diniy o’quv muassasalari - madrasalar ta'lim va fan markazlari bo’lgan. O’zbekistonlik, Rossiyalik va chet el sharqshunos tadqiqotchilari tomonidan madrasa turidagi o’quv muassasalari aynan Markaziy Osiyoda yuzaga kеlgani va shu yerdan boshqa mamlakatlarga tarqalgani isbotlangan. Movarounnahr madaniy-maʼnaviy muhitida Alisher Navoiy Qurʼon ilmlari, jumladan tafsir ilmini rivojlantirish maqsadida mazkur sohaga oʻz davrining yetuk olim va mufassirlarini jalb qilgan hamda ularga homiylik ham kilganlar.Hazrat Navoiy oʻz asarlarida Qurʼoni karimdan ham keng foydalangan. Uning “Xamsa”, “Sittai zaruriya”, “Nasoyim al-muhabbat”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Siroj al-muslimin” kabi asarlarida, umuman nazm va nasrdagi yozma merosida islom masalalari boʻyicha koʻp hollarda Qurʼon oyatlariga asoslangan mulohazalar bayon qilinganini koʻrish mumkin.
136 Sharq adabiyotida Yusuf va Zulayho haqidagi sujetlar
“Yusuf va Zulayho” turkumidagi dostonlar Sharq adabiyotida “Yusuf” qissalari va “Yusuf va Zulayho” dostonlarining ildizlari. Misr mixxatlarida miloddan oldingi uchinchi ming yillikda “Yusuf va Zulayho” sujetining yaratilgani. Qul Alining “Qissayi Yusuf” asarining folklor manbalari. Shoir Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayho” dostoni haqida. Dostonning yaratilishi, obrazlar tizimi, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Doston obrazlar tizimidagi ayrim o‘ziga xosliklar. Haydar Xorazmiy hayoti va ijodi. Haydar Xorazmiyning ijodiy merosi. «Gulshan ul-asror» hamda «Gul va Navro‘z» asarlari. «Gulshan ul-asror»dagi hikoyatlarning g‘oyasi, maqsadi.


Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling