140,O’zbеk аdаbiyotidа g’аzаllаrning kоmpоzitsiоn jihаtdаn turlаri
G’ azallar kompozitsiyasiga ko’ra parokanda va yakpora g’azallarga bo’linadi.G’azal lirik turning SHarq adabiyotida keng tarqalgan.G”azal arabcha so’z bo’lib ,ayollarga xushomad qilmoq ,oshiqona munosabatda bo’lmoq ma’noni bildiradi.
G’azal baytlari orasidagi mazmuniy aloqadorlik muayyan ko’rinish uning turli kompozitsion tiplarini yuzaga keltiradi.Baytlararo mazmuniy aloqadorlik ikki xil bo’ladi.
1.Parokanda g’azallar
2.Yakpora g’azallar
Parokanda g’azallar so’zi tarqoq ,sochilgan degan ma’noni bildiradi.
Yakpora so’zi butun ,yaxlit degan ma’noni ifodalaydi.
Parokanda g’azallar Atoiy ijodida uchraydi.
Yakpora g’azallar esa Lutfiy,Bobur,MAshrab,Munis,Ogahiy ,Muqumiy va Furqat ijodida uchraydi.
141.Lirikаning murаkkаb tizimli jаnrlаri
Lirika (lira) — badiiy adabiyotdagi 3 asosiy adabiy tur (epos, drama, lirika)ning biri. L.da mavjud obʼyektiv voqelikdan koʻra ijodkor shaxsining his-tuygʻulari, qalb kechinmalari, lirik qahramonning ichki dunyosi birinchi oʻrinda turadi. Barcha ifoda shoirning "men"i orqali oʻtadi. L.da, eposdan farqli oʻlaroq, muayyan epik syujet boʻlmaydi. Dramatik turdan ajralib turadigan jihati esa, L.da subʼyektivlik kuchli. Ayni paytda L. emotsionalligi, oʻquvchi qalbini hayajonga solishi bilan farqlanadi. Lirik asarda subʼyekt va obʼyekt bir shaxsda mujassam topadi, undagi markaziy "personaj" ijodkorning oʻzi, yanada aniqrogʻi, uning ichki maʼnaviy-ruhiy olami sanaladi. L. ijtimoiy, madaniy, maishiy, ishqiy mavzularni qamrab olishi va juda katta ijtimoiy, estetik mohiyat kasb etishi ham mumkin. Biroq bunda ham, baribir, lirik asar oʻzagida individual shaxs kechinmalari, his-tuygʻulari yetakchilik qiladi. Oʻquvchini oʻzligiga, oʻz maʼnaviy-ruhiy dunyosiga nazar solishga undaydi. L. qadimda xalq ogʻzaki ijodi tarkibida mavjud boʻlib, maʼlum bir mavsum, fasl yoki urf-odatlarga bagʻishlab aytilgan. L. Gʻarbda Qadimgi Yunoniston va Rim shoirlari ijodida, Sharqda xitoy, fors va oʻzbek shoirlari ijodida asosiy oʻrinni egalladi. Umar Xayyom, Saʼdiy Sheroziy, Atoiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar lirik shoir sifatida shuhrat topdilar. Alisher Navoiydan soʻng Bobur, Ogahiy, Furqatdek shoirlar oʻzbek mumtoz L.si xazinasiga munosib hissa koʻshdilar. Gʻarb Uygʻonish davri vakillari Petrarka (Italiya), Vilyam Shekspir (Angliya), soʻngra 18—19-asr larda I.V. Gyote (Germaniya), J. Bayron (Angliya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi shoirlar L. sohasida samarali ijod qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |