Савол ва топшириқлар
Download 20.31 Kb.
|
javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1. Mikroiqtisodiyot
- Fanni o’rganishdan maqsad
- Uning iqtisodiy maqsadlari : -Iqtisodiy o’sishni ta’minlash; -ish bilan bandlik darajasini oshirish; -Iqtisodiy samaradorlikka erishish;
- Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Ishlab chiqaruvchi va istemolchini bir biri bilan bog’lash; 2. Tovar bahosini xolisona shakllantirish;
Савол ва топшириқлар Микроиқтисодиёт фаннинг мақсади ва вазифалари нималардан иборат? Чекланган ресурсларни тақсимлашнинг бозор механизми деганда нимани тушунасиз? Бозортушунчаси ваунингвазифалари нималардан иборат? Бозор билан боғлиқ бўлмаган фаолият деганда нимани тушунасиз? Мулкка эгалик қилиш – бозор алмашувининг асосий шарти нималарда акс этади? Javoblar 1. Mikroiqtisodiyot (yunoncha “mikro” kichik) so’zidan olingan bo’lib, iqtisodiyotning dastlabki hal qiluvchi bo’g’ini bo’lgan firma, korxona, mikrofirma, turli xil xalq xo’jaligi sohalaridagi xizmat ishlarini bajaruvchi xo’jalik va tashkilotlarda bozor qonunlari ta’sirida sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayonlar , hodisalarni, ularni namoyon bo’lish shart sharoitlarini, oqibatlarini tahlil qiladi va xulosalar yasaydi. Fanni o’rganishdan maqsad - talabalarda zamonaviy bozor iqtisodiyotining ishlashi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini o’rgatishdan iborat. U xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor sharoitida harakatini tahlil etadi, iqtisodiyotda vujudga keladigan amaliy muammolrni yechish yo’larini bartaraf etishda qo’l keladi Uning iqtisodiy maqsadlari : -Iqtisodiy o’sishni ta’minlash; -ish bilan bandlik darajasini oshirish; -Iqtisodiy samaradorlikka erishish; -Iqtisodiy erkinlik; -Daromadni to’g’ri taqsimlash; -Savdo balansi va boshqalar; Fanning vazifasi - noyob ishlab chiqarish resurslarini, iste’mol tovarlarini bozor sharoitida taqsimlash tamoyillarini o’rgatish, talab va taklif nazariyasiini korxona faoliyatidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish, raqobatlashgan va raqobatlashmagan bozorlar to’g’risida hamda ularda narxni shakllanishi bo’yicha bilimga ega bo’lish, bozor strukturasi sharoitida firmalarning harakatini tahlil etish, davlatni bozor iqtisodiyotiga aralashuvi va buning oqibatlari to’g’risida tushunchaga ega bo’lish. 2. Cheklangan resurslarni taqsimlashning bozor mexanizmi deganda –Iqtisodiy o’sish resurslar cheklanganligi muammolarining hal etilishini yengillashtiradi. Xar qanday davlatning iqtisodiy o’sishi quyidagi yettita omilga bog’liq bo’ladi: -tabiiy resurslar miqdori va sifati; -mexnat resurslarining miqdori va sifati; -asosiy kapital hajmiga; -ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnika-texnalogiya darajasiga; -talabni o’sishiga tasir etuvchi omillarga; -resurslarni oqilona taqsimlashga. Shulardan dastlabki to’rt omil ishlab chiqarishning (taklifning) o’sishiga ta’sir qiluvchi, oxirgi ikkitasi esa talabning o’sishiga ta’sir qiluvchi omillardir.
Bozorlar o’zining hududiy masshtabiga ko’ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo’linadi. Oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, iste’mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog’ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin. 4. Bozor bilan bog’liq bo’lmagan faoliyat deganda-Bozor vazifalarini bajarmaydigan, tovar almashinuvi sodir bo’lmaydigan, xaridor va sotuvchi mavjud bo’lmaydigan faoliyat turlari tushuniladi. 5. XUSUSIY MULK — BOZOR IQTISODIYOTINING ASOSIY SHARTIBozorga asoslangan va bozorga asoslanmagan iqtisodiyotlar birbirlaridan mulkchilik munosabatlariga bo‘lgan qarashlari bilan farq qiladilar. Markazlashgan ma’muriy boshqarish iqtisodiyoti davlat va jamoat mulklariga asoslangan bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti esa avvalo shaxsiy yoki xususiylashtirilgan mulkchilikni ko‘zda tutadi. Bozorda tovarlarni almashuvi turli mulk egalari o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy manfaatdorlik mezoni asosida amalga oshiriladi. Bir nimaga egalik qilish insonlar o‘rtasida mulkiy munosabatlarni iqtisodiy munosabatlarga aylantiradi. Shaxsiy mulkka egalik qilish insonlarni o‘z mulklariga to‘la egalik qilishlarini, ya’ni uning to‘liq egasi, xo‘jayini bo‘lish, unga to‘la hukmronlik qilishni bildiradi. Insonlar o‘z mulklarini ko‘paytirishga doimo qiziqadilar va harakat qiladilar. Biroq bozordan ko‘plab noz-ne’matlarni xarid qilish uchun ular endi ko‘proq o‘zlarining tovarlari (mahsulotlari)ni ishlab chiqarishlari kerak bo‘ladi Bozor munosabatlari asosini xususiy mulkchilik, ya’ni jamiyatda turli mulkchilik shakllariga tayanib faoliyat olib boruvchi subyektlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab faoliyat olib borishlari tashkil qiladi. Òovar bozorda bir mulkdan boshqa mulkka o‘tadi va bunda o‘zaro almashinuv tomonlarning xohishlari asosida, erkin bahodagi kelishuv natijasida amalga oshadi. Iste’mol buyumlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil shaxsiy faoliyat natijalari bo‘lgani uchun tovarlarga aylanadi. Bozorda bu tovarlar o‘z iste’molchilari — egalariga yetkaziladi. Xususiy mulk egalari bir-birlarining faoliyatlaridan manfaatdordirlar, negaki ular o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida turli xildagi tovarlar va xizmatlarni xarid qiladilar. Òo‘g‘ri, ular ba’zi hollarda yopiq natural xo‘jalikka aylanib qolishlari ham mumkin (o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan barcha tovarlarni ishlab chiqarib), biroq hozirgi zamonda bunday xo‘jalikni tashkil etishning iloji yo‘q, chunki insonlarning talablari nihoyatda keng, shuning uchun bu talablarning barchasini bir yopiq natural xo‘jalik miqyosida ishlab chiqarish mumkin emas. Amalda iqtisodiyot qonunlarini inkor qilib shunday xo‘jalik tashkil qilinsa, unda ishlab chiqarilgan tovarlar juda qimmat va sifatsiz bo‘ladi. Oddiy hisob-kitoblar (qandaydir tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish, ko‘p, ayni vaqtda kam xarajatlar bilan, sifatli), zarur tovarlarning almashinuvi foydali ekanligini ko‘rsatadi. . rasmda Mulkchilik shakllari. Bozor munosabatlari asosini xususiy mulkchilik, ya’ni jamiyatda turli mulkchilik shakllariga tayanib faoliyat olib boruvchi subyektlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab faoliyat olib borishlari tashkil qiladi. Òovar bozorda bir mulkdan boshqa mulkka o‘tadi va bunda o‘zaro almashinuv tomonlarning xohishlari asosida, erkin bahodagi kelishuv natijasida amalga oshadi. Iste’mol buyumlari bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil shaxsiy faoliyat natijalari bo‘lgani uchun tovarlarga aylanadi. Bozorda bu tovarlar o‘z iste’molchilari — egalariga yetkaziladi. Xususiy mulk egalari bir-birlarining faoliyatlaridan manfaatdordirlar, negaki ular o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida turli xildagi tovarlar va xizmatlarni xarid qiladilar. Òo‘g‘ri, ular ba’zi hollarda yopiq natural xo‘jalikka aylanib qolishlari ham mumkin (o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan barcha tovarlarni ishlab chiqarib), biroq hozirgi zamonda bunday xo‘jalikni tashkil etishning iloji yo‘q, chunki insonlarning talablari nihoyatda keng, shuning uchun bu talablarning barchasini bir yopiq natural xo‘jalik miqyosida ishlab chiqarish mumkin emas. Amalda iqtisodiyot qonunlarini inkor qilib shunday xo‘jalik tashkil qilinsa, unda ishlab chiqarilgan tovarlar juda qimmat va sifatsiz bo‘ladi. Oddiy hisob-kitoblar (qandaydir tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashish, ko‘p, ayni vaqtda kam xarajatlar bilan, sifatli), zarur tovarlarning almashinuvi foydali ekanligini ko‘rsatadi. Download 20.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling