Savol va topshiriqlar: Tilshunoslik fani nimalarni o‘rganadi?


Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?


Download 17.3 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi17.3 Kb.
#226628
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Til 1-mavzu savol va topshiriqlar

2. Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi?

Yer yuzida tillarni o’rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning 1 yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi, bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o’rganiladi. SHuning uchun ham bu usul qiyosiy-tarixiy usul deb ham yuritiladi. Bu yo’l bilan tillarni o’rgangan va ilmiy asarlari bilan tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Raskin (1787-1832), nemis olimlari Frans Bopp (1791-1867) va YAkob Grimmni (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokovni (1781-1864) ko’rsatish kerak.

Tilshunoslikda tillarning bir necha tasniflari (klassifikatsiyasi) mavjud: 1)areal

(geografik), 2)morfologik, 3) genealogik, 4) funktsional.

Bu tasnif tilshunoslikda tillarni qiyosiy-tarixiy usul bilan tekshirishning mahsuli bo’lib maydonga keldi. Bu tasnifga ko’ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, materiali (so’z, undagi tovushlar, qo’shimchalar) jihatidan yaqinligi, o’xshashligiga asoslanib gruppalarga ajratiladi. Bir umumiy manbadan kelib chiqqan tillar qarindosh tillar oilasini tashkil etadi.

Tillar oilasi qarindosh tillarning juda yirik katta gruppasi hisoblanadi. Tillar oilasi ichida bir necha tillar gruppasini ajratish mumkin.

Masalan, eng katta tillar oilasi sanalmish hind-evropa tillar oilasi quyidagi guruh tillarga ajratiladi:

I. Hind tillari II. Eron tillari. III. Roman tillari. IV.German tillari. V.Kel’t tillari. VI. Boltiq tillari. VII. Slavyan tillari. VIII.Grek tili IX.Alban tili. X.Arman tili.

Oltoy tillar oilasi esa quyidagi guruh tillariga bo’linadi:

I. Turk tillari (o’zbek, qozoq, qirg’iz, turk, turkman顐)

II. Mug’ul tillari. III. Tungus-man’chjur tillari.

Tillarning morfologik tasnifi.

Bu tasnifga ko’ra tillarning qarindoshligidan qat’iy nazar, so’zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.

Bunda tillar 4 gruppaga bo’linadi: I. Amorf tillar. II. Agglyutinativ tillar. III. Flektiv tillar. IV. Polisintetik tillar.

Amorf tillarda grammatik ma’no yordamchi so’zlar, so’zlar tartibi, urg’u vositasida ifodalanadi. Bunga xitoy, birma, v’etnam tillari kiradi. Agglyutinativ tillarda har bir grammatik ma’no alohida qo’shimcha orqali ifodalanadi: kursdosh-lar-im-ni. Agglyutinativ tillarga oltoy oilasidagi tillar, ugor-fin, iberiy-kavkaz tillari kiradi.

Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no birgina ko’rsatkich orqali ifodalanadi.

Masalan, kkkknnnniiiiggggaaaa so’zidagi – a tugallanmasi (okonchanie) ham birlik sonni, ham bosh kelishik (imenitel’no’y padej)ni ham jinsni (jenskiy rodni) ifodalaydi. Bunday tillarga hind-evropa tillari, semit tillar kiradi.

Polisintetik tillarning xususiyati shundaki, unda butun bir gap bir so’z holida yoziladi. Bunga chukot tili kiradi.




Download 17.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling