1. Tilshunoslik fani haqida ma’lumot.
Tilshunoslik, yoki lingvistika til haqidagi fan bo’lib, tilning ijtimoiy mohiyati, uning ichki tuzilishi, tilning paydo bo’lishi va taraqqiyoti, tillarning tasnifi va shu kabi masalalarni o’rganadi.
Ma’lumki, hozirgi zamon fani quyidagi asosiy bo’limlardan tarkib topgan:
1) Tabiiy fanlar va texnik fanlar;
2) Ijtimoiy fanlar;
3) Matematik fanlar;
4) Falsafa
Tilshunoslik kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy (gumanitar) fanlar qatoriga kiradi. Tilshunoslik hozirgi zamon fanining barcha asosiy bo’limlari bilan bog’liq.
Olimlarning tahmin qilishlariga, er yuzida 3 mingdan ortiq til mavjud. Bularning ko’pchiligi milliy tillar va xalq tillaridir. Ayrim joylardagi qabila tillari ham shularga kiradi. Milliy tillar o’zlarining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori jihatidan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi va oz miqdorli aholi gaplashadi, ba’zi tillar esa juda katta hududlarda va ko’p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, frantsuz, ispan va shu kabi tillar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |