9. Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi?
Milliy til va adabiy til tushunchasini bir xil emas. Negaki milliy til millatning paydo bo’lishi bilan maydonga kelsa, adabiy til esa undan oldin ham xalq tili sifatida yuzaga keladi. Milliy til tushunchasi adabiy til tushunchasiga nisbatan ancha keng bo’lib, u tildagi barcha mahalliy lahjalarni (dialektlarni) va shevalarni o’z ichiga oladi. Jumladan, o’zbek milliy tili quyidagi 3 lahjani o’z ichiga oladi: 1) qipchoq lahjasi; 2) o’g’uz lahjasi; 3) qarluq - chigil – uyg’ur lahjasi. Keyingi lahja esa bir necha shevalar yig’indisidan iborat: Toshkent shevasi, Farg’ona shevasi, Namangan shevasi, Andijon shevasi, Qo’qon shevasi, Marg’ilon shevasi, Samarqand shevasi, Buxoro shevasi, Qarshi shevasi va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |