8. Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi?
Ma’lumki, o’zbek xalqi Markaziy Osiyoning qadimgi xalqlaridan bo’lib, uning tili XI-XII asrlarda ma’lum ijtimoiy-tarixiy sharoitlarga ko’ra xalq tili sifatida shakllana boshladi va asta-sekinlik bilan rivojlanib keldi. Jamiyatning muayyan tarixiy sharoitida xalqlar (elatlar) taraqqiy qilib, millatga, xalq tillari esa milliy tillarga aylanadi. Demak, milliy til millatning paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Adabiy til tilning ma’lum normalarga kiritilgan, ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan ko’rinishidir. U yozuvning paydo bo’lishi bilan uzviy bog’liq.
Adabiy tilning 2 shakli bor: a) og’zaki adabiy til; b) yozma adabiy til.
Adabiy tilning og’zaki shakli nisbatan qadimiy bo’lib, u nutq tovushlari, intonatsiya, urg’u kabi vositalarga asoslanadi. Talaffuzga oid qoida va me’yorlarni orfoepiya belgilab beradi. Adabiy tilning yozma shakli grafik vositalarga asoslanadi va yozma adabiy tilning qoida va me’yorlarini orfografiya (imlo) belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |