Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering?
Download 24.26 Kb.
|
fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
APPLICATION:
Birinchidan, agar biz O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 2- qismi 732- moddasini ya’ni Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi. Yuqoridagi holatda Ilyosov qarz oluvchi Aksiyadorlik jamiyati esa qarzga beruvchi sifatida ishtirok etmoqda ya’ni Ilyosov Aksiyadorlik jamiyatidan 1yil muddatga 60 million miqdordagi pul mablag`ini olgan va uni 12muddatda qaytarishi kerak.Aksiyadorlik jamiyati esa tegishli summani belgilan muddatda talab qilib olish huquqiga ega bo’lgan. Nazariy ma`lumotlarga asoslansak, qarz shartnomasi o`zining huquqiy belgilariga ega: qarz shartnomasi real shartnoma ya’ni pul yoki ashyoni topshirgan paytdan boshlab taraflar huquq va burchlarga ega bo`lishadi ya`ni shartnoma yozma kelushuv asosida tuzilgan bo`lsa ham shartnoma pretmeti topshirilmaguncha shartnoma hech qanday yuridik kuchga ega bo`lmaydi. Ilyosov pul mablag`ni olgn va jamiyat esa uni topshirgan paytdan boshlab Ilyosovda pulni qaytarish albatta belgilangan muddatda jamiyatni esa talab qilib olish huquqi vujudaga keladi. Bu holat qarz shartnomasinig ikkinchi huquq belgisini asoslaydi ya`ni taraflarning birida majburiyat ikkinchisida esa huquq paydo bo`ladi. Uchinchi huquqiy belgisi esa bilvosita kazusdagi vaziyatga bog`liq hisoblanadi. Chunki qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo'ladi Ikkinchidan, fuqarolik huquqi 734 – moddasi qarz shartnomasi bo‘yicha foizlar belgilanishi mumkin. Uning huquqiy asosiga taraflar kelushuvga asoslangan holda foizli qarz shartnomasi tuzilishi mumkin. Endi biz vaiyatga e`tibor bersak,Ilyosov va jamiyat o`rtasidagi shartnomga asosan taraflar o`rtasida foydalanganlik uchun foiz kelishilmaganligini anglashimiz mumkin. Garchi shunday bo`lsada Ilyosov shartnoma muddati kelganda esa pul qaytaradi ammo jamiyat esa foydalangalik uchun ham foizlarni to`lashni talab qiladi. Xo`sh, jamiyatning bunga huquqi bormi ? agar bo`lsa qanday amalga oshirish mumkin. Fuqarolik kodeksi 734-moddasi 1-qismiga ko`ra Agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu normaga ko`ra belgilangan qonunchilik va shartnomda hech qanday tartib belgilanmagan bo`lsa qarz beruvchi Agar qarz shartnomasi bo‘yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda foizlar to‘lanishi kerak. Foizlar to‘lash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar to‘lash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bo‘lmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda to‘lanadi. 10. FKning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlar o‘z tabiatiga ko‘ra, qarz shartnomasi (FKning 734-moddasi), kredit shartnomasi (FKning 744-moddasi) yoxud tijorat krediti shartnomasi (FKning 748-moddasi) bo‘yicha berilgan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan foizlardan farqlanadi. Shu sababli, sud bank foizlarini undirish haqidagi nizolarni hal qilishda da’vogar qarz yoki kredit yoxud tijorat krediti sifatida berilgan pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foizlar undirishni talab qilyaptimi yoxud talabning mohiyati pul majburiyatlarini bajarmaganlik uchun yoki ijroni kechiktirganlik uchun javobgarlikni (FKning 327-moddasi) qo‘llashdan iboratmi, shularni aniqlashi lozim. Ma’lumki fuqarolik qonunchiligida boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun moddiy javobgarlik belgilangan. Bunday javobgarlikni qo‘llash asoslarini tahlil qilishda, avvalo, qanday holatlar o‘zganing mablag‘laridan foydalanish sifatida qaralishi mumkinligi, uning asoslarini tahlil qilish zaruriyati yuzaga keladi. Fuqarolik kodeksining 327-moddasi 1-qismida boshqa shaxslarning pul mablag‘larini g‘ayriqonuniy ushlab qolish, ularni qaytarib berishdan bosh tortish, ularni to‘lashni boshqacha tarzda kechiktirish yoxud boshqa shaxs hisobidan asossiz olish yoki jamg‘arish natijasida ulardan foydalanganlik uchun ushbu mablag‘lar summasiga foiz to‘lanishi kerakligi belgilangan. Ushbu qoida pul majburiyatlarining buzilishi uchun javobgarlikni belgilaydi. Mazkur norma fuqarolik-huquqiy majburiyatlarning boshqa shakllarini bajarmaganlik yuzasidan kelib chiqadigan javobgarlikni tartibga solmaydi, balki aynan pul majburiyatlarini bajarmaganlik yuzasidan kelib chiqadigan moddiy javobgarlikka oid munosabatlarning huquqiy asosini belgilab beradi. Pul majburiyati bo‘yicha javobgarlik uchun asos bo‘lib ana shu majburiyatning tegishli pul mablag‘larini muddatida qaytarmaslikda ifodalangan buzilish fakti xizmat qiladi. Ya’ni o‘zga shaxsning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishi uchun shaxs o‘zga shaxsning pul mablag‘larini biror fuqarolik-huquqiy munosabat asosida qaytarishi lozim bo‘lsada o‘z vaqtida qaytarmagan, yoki o‘zga shaklda qo‘lga kiritib, mablag‘larni oqilona muddatda egasiga bermagan bo‘lishi lozim. Mazkur javobgarlikning kelib chiqishi uchun shu kabi pul mablag‘larini qaytarmaganlik muddati muhimdir. Javobgarlikni belgilash uchun mablag‘larni qarzdor tomonidan noqonuniy ishlatilishi emas, balki mana shu vaziyat asosiy ahamiyat kasb etadi. Pul malbag‘laridan to‘lov vositasi sifatida, pullik qarzni to‘lash vositasi sifatida foydalanilayotgan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining 327-moddasi qoidalari asosida taraflarning munosabatlariga nisbatan majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarik qo‘llanmaydi. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 7-bobi, 94-moddasida pul narsa(buyum)larning turlari qatorida fuqarolik huquqi obyekti sifatida keltirilgan. Masalan, kredit va boshqa shartnomalarda pul shartnoma predmeti sifatida qaraladi. Bu kabi pul tovar rolini o‘ynaydigan munosabatlarga nisbatan o‘zganing pul mablag‘laridan g‘ayriqonuniy foydalanish uchun javobgarlik qo‘llanmaydi. Faqatgina pul majburiyatlarini bajarmaganlik holatidagina javobgarlik qo‘llaniladi. Fuqarolik kodeksining normalarida ma’lum bir fuqarolik munosabatlarga nisbatanaynan kodeks 327-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilishi ham belgilangan. Masalan qarz shartnomasi umumiy qoidaga ko‘ra haq evaziga tuziladigan shartnoma hisoblanadi, foiz miqdori esa (agar faqat qonun yoki shartnomada foiz to‘lanmaslik xususiyati o‘rnatilmagan bo‘lsa), FKning 734-moddasiga binoan shartnoma bilan belgilanadi. Ushbu shartnomada foiz miqdori haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalar bo‘lmasa, boshqa shaxslarning pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun foiz to‘lash fuqarolik kodeksining 327-moddasidagi qoidalarga binoan amalga oshiriladi. Download 24.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling