Savol: Vaziyatga huquqiy baho bering?
Download 24.26 Kb.
|
fuqarolik huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- (FKning 735-moddasi)
- FKning 734-moddasi 1-bandi).
- (FKning 733-moddasi ).
- (FKning 734-moddasi 2-bandi).
birinchidan, bu shartnoma real shartnoma bo'lib sanaladi, chunki taraflar o'rtasida huquq va burchlar shartnoma predmeti bo'lgan pul yoki ashyoning topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga keladi va shartnoma ham shu paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi;
ikkinchidan, qarz bir tomonlama shartnomalar toifasiga kiradi, chunki bu shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa, ikkinchi taraf qarzdorda burchlar bo'ladi, Jumladan, qarz beruvchi qarzning qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo'lsa, qarzdor olingan qarzini qaytarishga majbur bo'ladi (FKning 735-moddasi); uchinchidan, qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo'ladi (FKning 734-moddasi 1-bandi). Qarz shartnomasi fuqarolar o'rtasida agar bu qarzning summasi eng kam ish haqining o'n baravaridan ortiq bo'lsa oddiy yozma shaklda tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo'lganida esa qarz summasidan qat’iy nazar, yozma tuzilishi shart (FKning 733-moddasi).Qarz mulkka iisbatan bo‘lgan egalik huquqini yoki mulkni operativ boshqaruv huquqini o‘tkazishga qaratilgan shartnomalardan hisoblanadi. Binobarin, qarzdor qarzga olingan narsaning aynan o'zini qaytarmasdan, balki olgan pulni yoki o‘sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida boshqa narsani qaytarishga majbur bo‘ladi. Agarda qarz shartnomasi bo'yicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada ko'zda tutilgan hollarda foizlar to'lanishi kerak (FKning 734-moddasi 2-bandi). ISSUE: Ilyosov va Aksiyadorlik jamiyati o`rtasidagi shartnomani qarz shartnomasi deb baholash mumkinmi? Aksiyadorlik jamiyatini asosiy qarz bilan birga foydalanganlik uchun foizni talab qilishga huquqi bormi? Ilyosovning e’tirozi qay darajada aosli? Sud qanday qaror qabul qilishi mumkin? Rules: O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 2- qism 41-bob qarz va kredit 732-735 moddalar O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 1- qism 24-bob Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik 327 – moddasi pul majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik Sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-son “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi Download 24.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling