Saydirasulov Nozimjon Psixologiya fanidan bajargan 4-amaliy ishi


Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimi sifatida


Download 98.71 Kb.
bet3/3
Sana22.11.2023
Hajmi98.71 Kb.
#1794163
1   2   3
Bog'liq
Saydirasulov Nozimjon Psixologiya fanidan bajargan 4

Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimi sifatida

MNEMONIKA


Nima uchun yoshlar oʻrtasida xotira sustligi juda koʻp uchramoqda? Ehtimol, ular birovlarga xotirasi yomonligidan shikoyat qilar. Aslida esa, ularda xotira emas, balki kuzatuvchanlik juda yomon.


Tomas Edison oʻzining 27 nafar laboranti oy davomida har kuni olti lampa sexidan Nyu-Jersi shtatidagi Menlo — parkda joylashgan zavodning bosh binosiga boradigan yoʻldan qatnashni aniqlab oldi. Bu yoʻlda gilos daraxti oʻsar edi, ammo oʻsha 27 kishi bilan savol-javob oʻtkazilganida, birortasi ham uning mavjudligini umuman payqamaganligi maʼlum boʻldi. Bularning barchasi insonlarning kuzatuvchanliklarining yomonligidandir. Yoshlar, umuman olganda barcha insonlar uchun ham kuzatish zarur. Bu xotirani yaxshilashning birinchi usuli, desak ham boʻladi.
Xotirani mustahkamlovchi yana bir asosiy omillardan biri bu ovoz chiqarib oʻqishdir. Linkoln ongiga kerakli maʼlumotni aks ettirmoq uchun ikki his-tuygʻu aʼzosidan foydalangan. U — “Men qachon ovoz chiqarib oʻqisam, fikr ikkita his etish aʼzosi orqali qabul qilinadi. Birinchidan, nimani oʻqisam, oʻshani koʻraman, ikkinchidan, men uni eshitaman, shuning uchun juda yaxshi eslab qolaman,” degan.
“Xarpes” jurnalining sahifalarida shunday yoziladi: “Sanalarni esda saqlash juda mushkul, chunki ular raqamlardan iborat; raqamlar ifodasiz koʻrinadi va xotirada mustahkam saqlanmaydi. Ular suratlardan iborat emas, shu bois koʻzga oʻrnashib qolmaydi. Suratlar — tasvirlar raqamlarni eslashga yordam beradi. Ular xotirada deyarli hamma narsani saqlab qoladi. Agar bu tasvirni oʻzingiz yaratsangiz yana-da yaxshi.” Demak, keyingi qoida bu tasvirlar orqali maʼlumotni eslab qolishdir.
Yoshlar orasida biror nimani yodda olib qolish uchun takrorlash usuli ham katta ahamiyat kasb etadi. Qohiradagi Al-Azhar universiteti dunyoda eng yirik oliy oʻquv yurti hisoblanadi va unga kirish imtihonida har bir talabgordan Qurʼonni yoddan aytib berish talab qilinadi. Bu kitobni ovoz chiqarib oʻqish uchun uch kun vaqt ketadi. Arab talabalari ishonish qiyin boʻlgan bunday jasoratni amalga oshirishni qanday uddalaydilar?Siz cheksiz miqdordagi maʼlumotni yetarli darajada tez-tez takrorlab tursangiz, yodlab ololasiz. Eslab qolishni istagan maʼlumotlarni takrorlang. Ulardan foydalaning, amalda tatbiq eting. Oʻzaro suhbatlarda yangi soʻzlarni ishlating.
Oʻtkir xotira egalari bugun yoshlar orasida ham yoʻq emas. Ulardan biri xalqaro xotira sport ustasi Husniddin Ismoilovdir. Biz oddiy telefon raqamlarini bir zumda unutib qoʻyayotgan zamonda Husniddin bir soatda 1460 ta, 5 daqiqada 240 ta raqamni eslab qolishga erishdi. U bunday xotiraga qanday erishdi? Yurtdoshimiz bu muvafaqqiyatga mnemonika orqali erishganini aytgan edi. Mnemonika — eslab qolish sanʼati. Sunʼiy assotsiatsiyalar hosil qilish yoʻli bilan esda qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi. Bunda biz soʻzlarni eslab qolish uchun ularni bosh harflarini birlashtirib, soʻz yasab uddalay olishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda, yuksak xotiraga ega boʻlish uddalab boʻlmas ish emas. Aslida u juda oson: kuzatuvchanlik, diqqatni jamlashni oʻrganish, sanalarni yodda saqlab qolish uchun suratlar bilan bogʻlanish, ismni esda saqlash uchun uning maʼnosini bilish, qanday yozilishiga eʼtibor berish, darsliklarni qayta-qayta takrorlash orqali esda qoldirish va albatta mnemonika — esda saqlab qolish sanʼati kabi yoʻllardan iborat.
Download 98.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling