Sayfiyev mirjahon iqtisodiy axborot komplekslari va texnologiyalari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
Flesh-xotira modullarining qo‘llanish sohalari
Download 41.5 Kb.
|
SAYFIYEV MIRJAHON 42 MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Flesh-xotiraning ishlash prinsipi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Flesh-xotira modullarining qo‘llanish sohalari. Flesh-xotira modullari qo‘llanish sohasining kengligi bilan boshqa xotira qurilmalaridan ajralib turadi. Flesh xotira modullarining NAND turi keng ishlatilmoqda. U raqamli qurilmalarning USB interfeys portlariga yengil ulanadi hamda kompyuterlarga o‘rnatilgan zamonaviy operasion tizimlarning barchasida qo‘llab quvvatlanadi.
Xotiraning NOR turi ko‘pincha kompyuterlarda, DSL tipidagi modemlar va marshrutizatorlarning BIOS va ROM xotira modullarida keng qo‘llanilgan. Katta tezlikga, hajmi va fizik o‘lchami jihatidan ixchamligi tufayli USB flesh-xotira qurilmalari bozordan oddiy disketlarni sekin siqib chiqarmoqda. Masalan, Dell kompaniyasi 2003 yildan boshlab 3.5 dyumli disklarni yurituvchi qurilmalarni o‘z kompyuterlariga o‘rnatishni to‘xtatib qo‘ygan. Bugungi kunda USB flesh-xotira modullari keng assortimentda, ajoyib dizaynlarda va turli shakl va o‘lchamlarda ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning elektronika sohasida yetakchi bo‘lgan firmalari tomonidan qattiq disklarni flesh-xotira modullari (qurilmalari) bilan almashtirish borasida ham izlanishlar olib borilmoqda. Buning hisobiga birinchidan kompyuterlarning narxi arzonlashsa ikkinchidan operasion tizimni xotiraga yuklash tezligi keskin oshadi. Masalan, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun narxi 100$ atrofida bo‘lgan noutbuk rusumli kompyuterlarini ishlab chiqish loyihasida qattiq diskning o‘rnida 1 Gb hajmga ega bo‘lgan flesh xotira modullarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Flesh-xotiraning ishlash prinsipi. “Suzuvchi” qulfda zaryad mavjud bo‘l-magan paytda musbat maydon ta’siri ostida boshqariluvchi qulfda, “istok” va “stok” o‘rtasidagi taglikda n-kanal paydo bo‘ladi va ular o‘rtasida kuch-lanish yuzaga keladi. “Suzuvchi” qulfda zaryadning mavjud bo‘lishi tranzistorning volt-amper ko‘rsatkichlarini shunday o‘zgartira-diki, natijada axborotni oddiy o‘qish uchun kanal paydo bo‘lmaydi va “istok” va “stok” o‘rtasida kuchlanish yuzaga kelmaydi. Dasturlashtirishda “stok” va boshqa-riluvchi “qulf” ga yuqori kuchlanish beriladi (odatda qiymati ikki marta katta). «Qaynoq» elektronlar kanaldan suzuvchi qulfga qarab “injeksiya” ga kirishishi tufayli tranzistorning volt-amper ko‘rsatkichlari o‘zgaradi. Bunday elektronlarga ular potensial to‘siqdan oshib o‘tishi uchun yetarli bo‘lgan yuqori energiyaga ega bo‘lganligi sababli “qaynoq” elektronlar deb atashadi. Axborotni o‘chirish uchun ”istok”ga yuqori musbat kuchlanish beriladi. Boshqaruvchi “qulf”ga yuqori manfiy kuchlanish berilishi bilan elektronlar “istokda “tunnel”lashadi. XULOSA: Bugungi kunda Internet va televideniedan mobil telefonlarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bunda telefondan kamera sifatida ham foydalansa bo‘ladi. 20 asrning so‘nggi o‘n yilligida informatika va telekommunikatsiyalarning birlashuvi komponentlarning kichrayib ketishiga olib keldi, bu holat 2000 yildan boshlab hamyonbop narxlarda «ko‘p funksiyali» qurilmalarni ishlab chiqarish imkoniyatini yaratib berdi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T., 2003. Karimov I.A. O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. –T., 1996. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T., 1996. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T., 1996. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo`lidan. T.4. –T., 1996. Download 41.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling