Kurs ishining maqsadi: Boshlang’ich ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashning tashkiliy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash.
Kurs ishining ob’ekti: umumta’lim maktab o’quvchilarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim va tarbiya faoliyatini organish.
Kurs ishining predmeti: Boshlang’ich ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashning tashkiliy asoslari usullarini mazmuni, shakli, vosita va metodlari.
Kurs ishining vazifalari:
1.Mavzuga doir pedagogik, psixologik adabiyotlarni taxlil qilish va umumlashtirish.
2.Boshlang’ich ta’limda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo’llashning tashkiliy asoslari orqali ijtimoiy pedagogik muammolarini o’rganish.
3.Bo‘lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bolalar bilan ishlashga tayyorlash.
4.Bo‘lajak o’qituvchilarning ta’lim-tarbiya texnologiyalari va pedagogic innovatsiyalar orqali kasbiy – madaniy munosabatlarni shakllantirish yo’llari.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi”,Prezidentning malakali kadrlar tayyorlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va mavzuga oid xukumat qarorlari va ilg’or tajribalar.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorlikni ta’minlovchi tadqiqot natijalari tarbiyaviy ishlar metodikasi fanlari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash, qo‘llanmalar, metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda samarali foydalanishga xizmat qiladi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 4ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, jami 40 sahifani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |