Sayidboyeva shoxsanam maxmudjon qizining


Download 165.52 Kb.
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi165.52 Kb.
#1471691
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TARBIYALANUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVASIYALAR VAZIRLIGI

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI


ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

MAXSUS SIRTQI BO‘LIMI


5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (maxsus sirtqi)


4-KURS 427 - GURUH TALABASI


SAYIDBOYEVA SHOXSANAM MAXMUDJON QIZINING


INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TARBIYALANUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI
mavzusidagi




Qayddan o‘tkazildi ________
Maxsus sirtqi bo‘limi boshlig’i:
_______prof. L.Qurbonova
№_______ «____»____ 2023- yil




Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga tavsiya etildi

Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva


Ilmiy rahbar: _______ N.Meliboyeva



Andijon – 2023
MAVZU: INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TARBIYALANUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI


REJA:
I.KIRISH
II.ASOSIY QISM
1.Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi.
2. Innovatsion faoliyat va pedagogik texnologiyaning aspektlarining zamonaviy o`quv-tarbiya jarayonidagi o`rni.
3.Boshlang’ich ta’limda tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish va loyihalashning o’ziga xosligi.
III. XULOSA
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma’nan etuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.1 Yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, shaxsiy ishiga maqsadli yondoshuv hamda reja va amal birligi hissini uyg‘otish zarur.
O`zbekiston Respublikasini Prezidentining «2022–2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” da yetti ustivor yonalishda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish tinchliksevar xalqimizning asosiy maqsadidir.
Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi. Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Shu tufayli tarbiya so’zi ko’p vaqtlarda ta‘lim, ma‘lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi.Tarbiya ta‘lim va ma‘lumot natijalarini o’zida aks ettiradi. Respublikamizning 1-Prezidenti Islom Karimov shunday yozadi: «Islohotlarimizning muhim tamoyillaridan biri-aholining kam ta'minlangan tabaqasi, ya'ni qariyalar, nogironlar, bolalarni muhofaza qilish, ularni puxta himoyalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta'minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir».2
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakteri, qiziqishi va qobiliyati,aqliy qobiliyati rivojlanganligi darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi.Shu o’rinda shaxs tarbiyasida tarbiya texnologiyalarining ahamiayti o’rinli hisoblanadi.

Download 165.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling