Sayidboyeva shoxsanam maxmudjon qizining


Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi


Download 165.52 Kb.
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi165.52 Kb.
#1471691
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
INNOVATSION TARBIYA TEXNOLOGIYALARINING TARBIYALANUVCHILARNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

1. Ta’lim tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishda o’qituvchi innovatsion faoliyatning dolzarbligi.
Tarbiya tushunchasi o’sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va ma‘suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma‘noda tarbiya deb tarbiyachi o’zi hoxlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruiyatiga ma‘lum maqsadga ko’ra tizimli ta‘sir ko’rsatishga aytiladi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta‘sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, goyaviy, axloqiy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi.Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar.Bolaning yoshi ulg’aygani sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo’lishga ko’nika boradilar.
Pedagogika shaxsning kamolga etishini murakkab ziddiyatli jarayon deb biladi.Shaxsning kamolga etishida nasl – irsiyat, ijtimoiy muhit ham maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta‘lim – tarbiya va nihoyat o’zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega R.Maxmudov Koshifiyning ahloqiy g’oyalariga insonni kamolga etkazish maqsadida uni tarkib toptirish uchun zarur bo’lgan xislatlarni unga bo’lib turkumlashtiradi.
1.Komil inson yetuk ahloqlilik haqidagi fikrlarni an‘anaga ko’ra buyuk donishmandlar, sarkardalar, shohlar tilidan bayon etadi va ularni adolatli,dono,oqil va kamtar inson sifatida ta‘riflab, o’zining komil inson haqidagi konsepsiyasini ilgari suradi.
2.Koshifiy faqat podsholarnigina emas, har bir oddiy insonda ham eng oliyjanob xislatlar tarkib topishini istaydi.
3.U o’zining ijtimoiy ahloqiy idealini yuzaga chiqarishda asosiy vosita deb ilm ma‘rifat va ahloqiy tarbiyani tushunadi.
4.Koshifiy odobli insonni ahloqli deb tushunadi.Inson faqat odobli, sahovatli, to’g’ri, halol, pok bo’lgandagina haqiqiy inson bo’lishi mumkin.Insonparvarlik va halollikni eng yuksak insoniy fazilatlardan deb biladi.
Eramizdan oldingi oltinchi asrdan milodiy beshinchi asrgacha o`tgan davrda Yunonistondagi quldorlik davlatlari va Rim imperiyasida bir qadar demokratik tartiblar, respublika boshqaruvi o`rnatilgan. Bu yorda o`ziga xos ta‘lim – tarbiya tizimlari va pedagogik ta‘limotlar yaratilgan. Yunonistonlik olimlar – Demokrit (460-370), Suqrot (469-339), Aflotun (427-347), Arastu (383-322); Shuningdek, mashhur Rim pedagogi Kvintilian (42-118)lar o`z asarlarida ta‘lim – tarbiya, o`qituvchi axloqiga doir pedagogik nazariyalar yaratganlar.

Download 165.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling