Sayidova M. G’ etika va estetika seminar mashg’ulotlari uchun uslubiy qo’llanma


Download 0.79 Mb.
bet1/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#201322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
etika va estetika


O’zbekiston Respublikasi

Navoiy kon – metallurgiya kombinati

Navoiy davlat konchilik instituti

Kimyo – metallurgiya fakulteti

Ijtimoiy fanlar” kafedrasi



Sayidova M. G’
ETIKA  va  ESTETIKA
seminar mashg’ulotlari uchun

uslubiy qo’llanma.

Navoiy 2010.


Sayidova M. G’



_______________________________________
ETIKA  va  ESTETIKA

_______________________________________

seminar mashg’ulotlari uchun

uslubiy qo’llanma.

НАВОИЙ  -  2008



Taqrizchi:
t. f. n. Ro’zieva R. H
Ilmiy muharrir:

t. f. n. Hayitova O. S

Uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat konchilik instituti imliy – uslubiy kengashida (27 iyun 2010 yil 6 -  sonli bayonnoma) muhokama qilinib chop etishga tavsiya etilgan.



Kirish.

Yuksak taraqqiy etgan buyuk kelajak komil ma`naviyatdan boshlanadi. Respublikamiz taraqqiyotida xalqning salohiyati va umuminsoniy qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta`lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

Etika va estetika (axloqshunoslik va nafosatshunoslik) fanlari ko’p tarmoqli, keng qamrovli, teran mazmunli, xilma - xil oqimlarga boy va uzoq tarixga ega. Bularni o’rganish va o’rgatishga juda ko’p vaqt kerak, oliy o’quv yurtlarida esa oz soat vaqt ajratilgan. Ana shu nuqtai - nazardan qaraganda ham ushbu fan bo’yicha hozirgi kunda uslubiy adabiyotlarga ehtiyoj juda katta. Ayniqsa, vatanimiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshqa maxsus falsafiy fanlar qatori axloqshunoslik va nafosatshunoslik faniga ham e`tibor ortdi.

Uslubiy ko’rsatmada Etika va estetika fanlarining o’ziga xos xususiyatlari, uni o’zlashtirishning pedagogik jihatlari, o’qitishning samarali, zamonaviy uslublarini qo’llanilgan.

Uslubiy ko’rsatmada qo’shimcha adabiyotlar, yangi pedagogik texnologiya usullari, talabalar asosiy e`tiborlarini qaratishlari lozim bo’lgan mavzuga oid materiallar, umuman, mavzuni mustaqil ishlash uchun kerakli ma`lumotlar bayon qilinganligi talabaning seminar mashg’ulotiga mustaqil tayyorlash jarayonini osonlashtiradi.

Ushbu uslubiy ko’rsatma talabalarni mustaqil ishlashga o’rgatish bilan birga keng qamrovli fikr yuritish va seminar mashg’ulotini bajarish jarayonida kerakli axloqiy va estetik ko’nikmalarni hosil qilishda yaqindan yordam beradi. Uslubiy ko’rsatma seminar mashg’uloti, ularni bajarish, baholash jarayoniga aniqlik kiritadi va samarali natijalar beradi degan umiddamiz.




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling