Saylovlar — demokratik huquqiy davlatning muhim belgisi


Download 0.55 Mb.
Sana15.04.2020
Hajmi0.55 Mb.
#99440
Bog'liq
12 -mavzu.407 O'tamurotova F


Saylovlar- fuqarolik, demokratik jamiyatining muhim omili.

Saylovlar — demokratik huquqiy davlatning muhim belgisi

Saylov huquqi — davlat boshligʻi, vakillik organlari va boshqa ni saylash tartibini belgilab beruvchi huquqiy normalar yigʻindisi Konstitutsiyaviy huquq tarkibiga kiradi. Saylov huquqi, odatda, konstitutsiya va saylov to'g'risidagi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Ularda nomzodlar koʻrsatish tartibi, vakillik normalari, ovoz berish natijalarini aniqlash tartibi va boshqa belgilab beriladi.


Prezidentimizning 2018-yil 4-oktyabrdagi “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori milliy saylov tizimiga Saylov jarayonini boshqarishda axborot tizimi va saylovchilarning yagona elektron roʻyxatini joriy qilishning huquqiy asoslarini yaratishda muhim omil boʻlmoqda.

Uning afzalligi shundaki, tizim “bir saylovchi – bir ovoz” tamoyilini taʼminlash, bir saylovchining bir necha roʻyxatga kiritilishiga yoʻl qoʻymaslik, saylov okruglari va uchastkalari boʻyicha saylovchilar normalarini belgilash uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Saylov kodeksi saylovlarimizning oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik kabi demokratik tartib-tamoyillar asosida oʻtishida muhim omil boʻlishi barobarida, saylovchi va saylanuvchilar uchun keng imkoniyatlar va qulayliklar yaratib beradi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi bugungi kunda yetakchi siyosiy kuch sifatida saylovlarga kirib bormoqda. Oʻtgan muddat davomida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2019-yilning birinchi yarim yilligida respublika boʻyicha boshlangʻich partiya tashkilotlari soni 11 ming 810 tadan 12 ming 616 taga yetdi. Partiya aʼzolarining soni 740 ming taga yetdi va sakkiz oyda 126 mingdan ortiq yangi aʼzolar qabul qilindi.

Oʻtgan vaqt davomida fraksiya aʼzolarining tashabbusi bilan 12 ta qonun loyihasi 236 nazorat-tahlil tadbirlari, 184 deputatlik soʻrovi, 41 eshituv, 3 ta hukumat soati, 4 ta parlament eshituvi tashkil etildi.

Bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini oʻz ichiga olgan partiya saylovoldi dasturi loyihasini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazish asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan partiya saylovoldi dastur loyihasida belgilangan asosiy vazifalar mazmuni, olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni saylovchilarga yetkazib berish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

Partiyaviy tadbirlar tashkil etish maqsadida viloyatimizning har bir hududida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari, jamoat tashkilotlari vakillarini oʻz ichiga olgan targʻibot-tashviqot guruhlari tuzildi.

Aslida demokratik saylovlarni ochiq va oshkora oʻtkazishning muhim omili xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining ishtiroki hisoblanadi. Shu bois saylovlarning xalqaro kuzatuvi butun dunyoda tan olinib, demokratik jarayonlarni, umumeʼtirof etilgan inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga rioya etilishini taʼminlashning muhim vazifalaridan biriga aylangan.

Muhimi, boʻlajak saylovlar shaffof va doʻstona raqobatda oʻtkazilishi xalqimiz oʻz xohish-irodasini erkin bildirishining kafolati va saylov jarayonining demokratik tamoyill
Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling