Sayohatlargacha jismoniy tayyorgarlik


Sayohatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Download 46.83 Kb.
bet5/6
Sana05.01.2022
Hajmi46.83 Kb.
#222659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vK2i4yIBc4NV8AIrcIQscOXEwgppai2V


Sayohatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish


Tibbiy bilimlar va amaliy malakalarga ega bo’lish
XXI asr juda ko’p tarixiy voqeliklar bilan boshlandi. Bunda ijobiy ishlar bilan birgalikda salbiy jihatlar ham juda ko’p, ya’ni 2001 yil sen-tyabrda AQSHdagi portlatish, 2002 yil 16 fevralda Toshkentdagi yirik ido-ralarni yondirish, yevropa mamlakatlarining deyarlik barcha joylaridagi yon-dirish, avto-poyezd halokatlari, suv toshqinlari, Okeaniyadagi (Indoneziya va b.q) tabiiy ofatlar juda ko’p insonlarning qurbon bo’lishi hamda og’ir yara-dor bo’lishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa 2005 yil may oyida Andijondagi teror-chilik, hukumat idoralari va teatrlarni portilatib-yondirish qirg’inlikka olib keldi. Bunday noxush tabiiy ofatlar va sun’iy talofatlar (terorchilik) boshqa joylarda ham u yoki bu darajada yuz bermoqda. Uning oldini olish, hushyorlik qilish qanchalik yuqori darajada bo’lmasin makkor, yovuz kuchlar o’z maqsadlarini amalga oshirishni davom ettirmoqda. Bu holatlar yurtimiz aholisini hushyorlikka chiqarish, tahdid va yovuzliklarga qarshi kurashishni taqazo etmoqda. SHu bilan birgalikda o’quvchi-yoshlar, talaba yoshlarning va mehnatkashlarning barcha faoliyatlarda ishtirok etishini ta’minlash, ayniqsa birinchi tibbiy yordam ko’rsatish malakalarini ta’minlashga da’vat etadi.

Ma’lumki tibbiy punktlar tashkil etilmagan maktab, kollej, litsey, oliy dargoh va mehnat jamoasi yo’q hisobi. SHu sababdan shifokorlar be-morlarni tekshirish, davolash va aholini tibbiy bilimlar bilan qurollan-tirishda astoydil mehnat qilmoqda. 2006 “Xomiylar va shifokorlar” yili, deb atalishi bejiz emas. Buning negizida o’quvchi-yoshlar, talabalar va mehnat-kash ommaning birinchi tibbiy yordam ko’rsatishga doir nazariy bilim hamda amaliy malakalarini egallashlari ham nazarda tutilgan.

Umumta’lim maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida tibbiy bilim va tushunchalar haqida maxsus suhbatlar, ma’ruzalar,amaliy mashg’ulotlar, videotasvirlarni namoyish etish yo’lga qo’yilgan. Bunda asosan kasallikning oldini olish, o’z vaqtida davolanish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish kabi sohalarga e’tibor berilmoqda.


Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling