Sayohatlargacha jismoniy tayyorgarlik


Download 46.83 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi46.83 Kb.
#222659
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vK2i4yIBc4NV8AIrcIQscOXEwgppai2V


7-SEMINAR: OMMAVIY PIYODA YURISH SAYOHATLARI (2-soat)
REJA:

  1. Sayohatlarda o’lkani o’rganish, tabiatni muhofaza qilish va ijtimoiy foydali mehnat.

  2. Sayohatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

1. SAYOHATLARDA JISMONIY CHINIQISH YO’LLARI



SAYOHATLARGACHA JISMONIY TAYYORGARLIK
Ma’lumki piyoda yurish sayohati ishtirokchilari, ayniqsa turizm bilan shu-g’ullanuvchilarning jismonan sog’lom, baquvvat va chiniqishini talab etadi.

SHu sababdan sayohatlarga tayyorgarlik ko’rishda maxsus jismoniy tar-biya bilan shug’ullanish lozim bo’ladi. Buning uchun esa quyidagi talablarni bajarish shartdir:



  1. Tibbiy ko’rikdan o’tish, shifokorlarning roziligi va ruxsatini olish.

  2. Har kuni erta tongda jismoniy tarbiya mashqlarini (yurish, yugu-rish, 8-10 ta umumrivojlantiruvchi mashqlar) bajarish.

  3. Ob-havoning qulayligiga qarab yarim belgacha sovuq (iliqmiliq) suvda yuvinish va badanni qattiq ishqalab artish.

  4. Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va musobaqalarda faol shug’ullanish.

  5. Imkoniyat darajasida kunora (har kuni) kechki paytlarda 4-5 km. ma-sofalarni tez yurish va o’rtacha tezlikda yugurish bilan o’tkazish.

  6. Mashqlar (yugurish) oldidan tinch holda qon tomirlarining urishi-ni o’lchash. Mashqlar tugagach (ba’zan oraliqda ham) yana qon tomir-larning urishi darajasini o’lchab, har doim solishtirib borish. Keskin o’zgarish yuz bersa shifokorga uchrashish.

  7. Jismoniy rivojlanish darajasini (turnik yoki daraxtlarda qo’llarda tortilish, qo’llarga tayangan holda bukib yozish, gantel’ yoki toshlarni ko’tarish, tizzalarni bukib o’tirish va turish va h.k) va rivojlanishi o’lchash va ularning miqdorlarini asta-sekin oshirib bo-rish.

  8. Sekin va katta qadamlar tashlab yurayotganda chuqur nafas olish (qa-damlarni sanash) va sekin chiqarish (qadamlarni sanash). Bu holat-larni ham nazorat qilib borish va mqdorlarni oshirish.

Mazkur mashq-faol harakatlar o’quvchi-yoshlar, talabalar va mehnatkash-larning jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir etishiga hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas.

SHaroit va imkoniyat bor joylarda ertalab yoki kechki bo’sh paytlarda futbol, voleybol, basketbol, tennis, badmenton o’ynash va suv havzalarda (ariq, kanal) cho’milish tavsiya etiladi.

Xullas, piyoda yurish sayohatlariga tayyorgarlik jarayonlarida (umuman hamma vaqt) jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanish zarur bo’ladi. Bunga o’rgangan kishilar sayohatlarda uchraydigan har qanday qiyin-chiliklarni yenga oladi yoki ularga chiday biladi.


Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling