Sayohatlargacha jismoniy tayyorgarlik


Sayohatlarda birinchi tibbiy yordam berish usullari


Download 46.83 Kb.
bet6/6
Sana05.01.2022
Hajmi46.83 Kb.
#222659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
vK2i4yIBc4NV8AIrcIQscOXEwgppai2V

Sayohatlarda birinchi tibbiy yordam berish usullari
Sayohatlar jarayonida jarohatlanish yoki boshqa tasodiflar bo’lmasli-giga hech kim kafolat beraolmaydi. Qatnashchilarni tartib-qoidalar bilan qurollantirish, ularni doimiy ravishda nazorat qilib, kuzatib borish nati-jasida ko’ngilsiz hodisalarning kamroq bo’lishiga erishish mumkin. U yoki bu sabablar oqibatida quyidagi hodisalar bo’lishi mumkin, ya’ni:

1. Yiqilish, surinish, dumalab ketish sababi bilan etlarni shilini-shi, bo’g’inlarning cho’zilishi yoki qo’zg’alishi, suyaklarning chatnashi (yorilishi) yoki sinishi mumkin.

2. Tosh, shox va boshqa o’tkir uchli narsalarga urilish, yiqilish oqiba-tida mushaklarning yirtilishi (kesilishi), qon tomirlarining yorilishi (uzilishi) natijasida qonlar otilib chiqishi mumkin.

3. Ehtiyotsizlik sababli ovqat pishirish, choy qaynatish, gulxan yoqish yoki atroflarda olov yonishi (pojar) tufayli badan a’zolari kuyishi sodir bo’ladi.

4. Quyoshda yalong’och bo’lib ko’p yurish, yotish oqibatida nurlanish (quyosh urishi) vujudga keladi.

5. Daryo, katta ariq, kanal, ko’l, ko’lmaklarda cho’milib cho’kib yoki oqib ketish natijasida ko’p suv yutib hushdan ketish mumkin.

6. YOqimsiz, eski (achigan) ovqatlar, zamburuq, qo’ziqorin va yovvoyi me-valarni (olcha, jiyda, do’lana, olho’ri, yong’oq va h.k) iste’mol qilish natija-sida ko’ngil aynish, qusish, qorin og’rig’i va h.k. bo’ladi.

7. Surunkali (xronik) kasalliklarning (ich ketish, yo’talish, bosh og’ri-g’i, buyrak shamollashi va h.k) asoratlari qo’zg’alishi kabi illatlar ham sodir bo’lishi mumkin. YUqorida keltirilgan voqeliklar va yana boshqa hodisalar tibbiy bilimlarga yetarlicha ega bo’lmasligining oqibatidir, deyish ham mumkin. SHu sababdan bir kunlik, tunab kelish, ayniqsa ko’p kunlik sayohat-larda tibbiy hodimning (shifokor yoki feldsher, medsestra) bo’lishi shart. Ularga maxsus tayyorlangan sanitarlar (qatnashchilar hisobidan) va ma’lum darajada tibbiy malakaga ega bo’lgan bevosita yordam berishlari lozim bo’la-di. Tibbiy xodimlar sayohat sharoitlarini bilishlari zarur bo’lgan dori-darmonlar, texnik vositalar, moslamalarni olib yurishlari shartdir. SHun-day bo’lsada sayohat qatnashchilarining deyarlik barchasi birinchi tibbiy yor-dam ko’rsatish usullarini sayohatlar davomida (musobaqa-slyot) amalda yana si-nab ko’rishlari lozim. Zaruriyat bo’lganda esa amaliy yordam ko’rsatish kerak bo’ladi.

Ularni quyidagi usullar bilan amalga oshirishga to’g’ri keladi:


  1. Engil yaralarni artib-tozalab (spir yoki odekalon) bog’lash.

  2. Qon tomirlaridan otilib yoki to’xtovsiz oqib turgan joyning yuqo-ri qismini qisib (jugut yoki ro’mol bilan) bog’lash.

  3. Qo’l yoki oyoqlarning bo’g’ini chiqsa yoki suyaklar sinsa yog’ochlardan mos-lama (shina) yasab uni qo’shib bog’lash.

  4. YUrish holiga ega bo’lmaganlarni 2-3 kishi bo’lib qo’lda yoki tayoqlar-dan yasalgan zambillarda (nosilka) ko’tarib tegishli joyga olib borish.

  5. Kuyishning darajalariga qarab yog’ (vazelin) surtish va bog’lash.

  6. Suvda cho’kib yoki yiqilib hushsiz bo’lganlarga sun’iy nafas oldirish, og’ziga puflash. Ichidan suvni chiqarish uchun uning qorni bilan tizzaga yotqizib, belidan (orqasidan) bosish, og’zini ochib ro’mol-ni (qoshiq yoki b.q. buyum) tishlatish.

Bemor nafas olmasa uning og’zini zo’rlab bo’lsada ochish va ro’mol, do’ppi (shapochka) yoki biron buyumni tishlatib qo’yib tilini barmoqlar bilan tortish, chiqarish, ko’kragini (o’pka va yurak usti) sekin-sekin bosish lozim bo’ladi.

Og’ir ahvoldagi bemor yoki jarohatlanganlarni yaqin atrofdagi shifo-xonaga (medpunkt) yetkazish yoki u yerga borib telefon orqali tibbiy hodim-larni yordamga chaqirish kerak bo’ladi.

Hozirgi texnik taraqqiyot jarayonida qo’l telefonlaridan (sotka) sayo-hatlarda ham maqsadli foydalanish kerak.

Umuman olganda sayohatlarda jarohatlanish va ko’ngilsiz hodisalar so-dir bo’lmaslikka jiddiy e’tibor berish lozim. Buning eng asosiy chorasi qatnashchilarni avvaldan tayyorlash, tartibi buzuqroqlarni doimo ogohlan-tirish, ular ustidan qo’shimcha (o’rtoqlari, faollar hisobidan) nazorat o’rna-tish lozimdir.

Mazkur birinchi tibbiy yordam ko’rsatishni bo’lajak kasb-hunar egala-ri puxta egallashlari maqsadga muvofiqdir. CHunki bunday holatlar mehnat jarayonida yoki ko’cha-ko’yda sodir bo’lishi mumkin. Ularni ko’rganda insoniy fazilat sifatida tezda ko’maklashish har bir kishining vijdonan burchi bo’l-mog’i kerak.

Mazkur bobga umumiy xulosa qilinsa aytish lozimki, hozirgi texnik taraqqiyot, odamlarning mehnat va turmush yumushlari bilan o’ta bandligi sababli sihat-salomatlikni saqlash, jismonan barkamol bo’lish kabi ehtiyojiy faoliyatlarga e’tibor susaymoqda. O’quvchi-yoshlar va talabalarning kunda-lik jismoniy mashqlarni (o’yin, sport va h.k) bajarish miqdorlari susayib bormoqda. Sport to’garaklari, jamoalar (komanda) va sport maktablarida muntazam shug’ullanuvchilar soni 5-10 % dan oshmaydi. Yil davomida o’tka-zilmayotgan 10-15 ta sport musobaqalarida faol ishtirok etuvchilar ham 15-20 % ga yetib boradi. Xullas 65-75 % o’quvchi-yoshlar va talabalar jismoniy mashqlar (sport, o’yinlar va h.k) bilan muntazam shug’ullanib o’zlarining barkamolligini oshirishdan orqada qolmoqda. Bunday ko’rsatkichlar ziyoli-lar va mehnatkashlar o’rtasida ko’p bo’lsa-ko’pki, oz emas. Buning ustiga ommaviy piyoda yurish sayohatlarini tashkil qilish e’tibordan chetda qolib ketmoqda.



Sayohatlarning tarbiyaviy va sog’lomlashtirish xususiyatlarini keng targ’ibot qilish, o’quv dasturlari va ish rejalarida mazmun topgan sayohatlarni maqsadli tashkil qilish hamda o’tkazishni yo’lga qo’yish, ularning sifat darajasini doimiy ravishda nazorat ostiga olish lozim.

Bunda mutasaddi vazirliklar, jamoatchi sport uyushmalari (“YOshlik”, “Talaba” va h.k) va ayniqsa O’zbek turizm kompaniyasining quyi tarmoqlari-dagi (viloyat, shahar-tuman, o’quv yurti) mutasaddi xodimlarning mas’uliyat-larini oshirish lozim bo’ladi. Eng muhimi esa o’quv yurtlarida turizm bo’yi-cha klublar (seksiya yoki komanda) tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling