Sayohatlargacha jismoniy tayyorgarlik
Download 46.83 Kb.
|
vK2i4yIBc4NV8AIrcIQscOXEwgppai2V
Tabiatni muhofaza qilish
Tabiatni muhofaza qilish deganda, asosan ikki muhim tadbirni amalga oshirish to’g’ri keladi, ya’ni: 1. Sayohatchilar tartib-qoidalarni buzmasligi. 2. Boshqalar tomonidan qilingan nojo’ya harakatlarning oldini olish yoki uning salbiy oqibatlarini tugatish. Ularning qisqacha mazmunlarini quyidagilar bilan ifoda etish mumkin: 1. Sayohatlar jarayonida barcha qatnashchilar o’z joylarini tozalashlari, yong’inlarga yo’l qo’ymaslik, daraxtlarni kesish-sindirmaslik, suvlarni if-los qilmaslik, yashil o’tloqlar, nodir gullarni payxon (oyoq osti) qilmaslik lozim. Bu qoidalar tabiat muvozanatining (ekologiya) saqlanishi va yanada yaxshilanishiga sabab bo’ladi. 2. Ba’zi sayohatchilarning e’tiborsizligi yoki ataylab qilishi natija-larida qurigan o’tlar, shoxlar, daraxtlar yonib ketishi, atrof-muhitga, ay-niqsa hayvonot olamiga katta zarar keltirishi aniq. SHuningdek odamlarni-ng ekin maydonlari, uy hayvonlari va yashil o’tloqlarda ularga zarar kelti-rish hollari ham uchrashi mumkin, ya’ni mevalarni ruxsatsiz olish, tovuq, kurka, qo’zi-uloqlarni o’g’irlash, ot-eshaklarni ruxsatsiz minib boshqa joy-larga tashlab kelish kabilar. Bunday salbiy va noxush xususiyatlarga yo’l qo’ymaslik uchun eng avvalo sayohat rahbari va uning faol yordamchilari doi-mo, har qadamda hushyor bo’lib, kuzatuvchilik ishlarini olib borish lozim bo’-ladi. 3. Tabiatni muhofaza qilishning eng muhim yo’li shundaki, joylardagi odamlar bilan muloqotda bo’lish, ularning roziligi va ruxsati bilan quyidagi ijtimoiy mehnatni bajarish kerak: - daraxt ko’chatlarini ekish (bahor yoki kuzda), ularni sug’orish; - chorva mollari uchun xashak o’rish, to’plash, tashish; - qo’zi va uloqlarni (erta bahorda) yig’ish va ularni parvarishlash; - yig’im-terimda (meva, sabzavot, don, poliz va h.k) ko’maklashish; - yordamga muhtoj kishilar holidan xabar olish, imkoniyat darajasida amaliy yordam ko’rsatish yoki mutasaddi tashkilotlar, idoralarga xabar berish. Xulosa qilib aytganda sayohat jarayonlarida barcha maxsus tadbirlar qatorida o’lkani o’rganish, tabiatni muhofaza qilish, ijtimoiy foydali mehnatlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. SHu asosda o’quvchi-yosh-lar va mehnatkashlarning ma’naviy-ma’rifiy madaniyatini tarbiyalash, in-soniy fazilatlarni mustahkamlash imkoniyatlari mujassamlashadi. Download 46.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling