PAAG uslubi qo‘llanildi. O‘tkir zaharlilik Litchfild va Uilkokson uslublari yordamida tekshirildi; analgetik
faollik barcha axloqiy talablar bo‘yicha og’irligi 18-20 gr bo‘lgan har ikki jinsdagi oq sichqonlarda standart
“issiq plastinka” va “sichqonchaning sirkali trishishi” testlari bo‘yicha aniqlandi .
158
Olingan natijalar.
NO zaharining o ‘tkir zaharligi (LD50) 0,86 ^g/kg ni tashkil etdi, uning og’riq
qoldiruvchi ta’sirini belgilovchi NT-1 va NT-2 neyrotoksinlari esa mos ravishda 0,48 va 0,56 ^g/kg ni
tashkil etdi . NO zaharining fraksiyalari (S-0 - S-7) olindi; ularning molekulyar massasi taxminan 6 kDa
bo‘lgan polipeptidlar S-4 - S-7 fraktsiyalarida mavjud ekanligi aniqlandi. Ushbu o ‘rganilayotgan fraksiyalar
sichqonlarga yuborilganda nojo‘ya ta’sirlarsiz (apatiya, tremor kabilar) eng yuqori og’riq qoldiruvchi ta’sir
S-6 va S-7 fraksiyalarida (mos ravishda LD50 = 2,05 va 10,3 ^g/kg) ekanligi namoyon bo‘ldi. Bu ikkala
og’riq modelda ham analgetik faollik latent vaqtini uzaytirish va og‘riq reaksiyasini to‘xtatish (nazoratdan
2-4 baravar yuqori) orqali namoyon bo‘ldi.
Shunday qilib, o ‘rganilayotgan fraksiyalar ikkinchi toksiklik sinfiga tegishli bo‘lishiga qaramay,
ularda og’riq qoldiruvchi ta’sirning mavjudligi amaliyotda bu fraksiyalardan analgetik asos sifatida
foydalanish imkonini beradi.
Xulosalar.
Markaziy Osiyo kobrasi zaharida standart og‘riq modellarida yuqori analgetik faollikka
ega bo‘lgan, quyi molekulyar polipeptid fraksiyalar (S-6 va S-7) aniqlandi. Bu fraksiyalarning LD50 darajasi
ularda neyrotoksinlar mavjud emasligini ko‘rsatadi. Farmakoterapevtik tadqiqotlardan so‘ng mazkur
polipeptidlar ayrim turdagi og’riqlarni davolashda dori vositalarining asosi sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |