School libraries


Download 158 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi158 Kb.
#1002427
1   2   3   4   5
Bog'liq
Силлабус School library сиртки 2021-2022 лотин

Ta'lim strategiyasi
School libraries kursini o'qitish ta'limning kredit tizimi asosida ma'ruza, amaliy mashg'ulotlari, taqdimotlar, hamda mavzu bo'yicha vazifalar va mustaqil topshiriqlarni o'z ichiga oladi. Ma'ruza, amaliy ishlariga oid o'quv materiallarida ko'rsatilgan mavzular bo'yicha nazariy va amaliy ma'lumotlar beriladi, amaliy ishlarini bajarish va natijalarni hisoblash tartibi tushuntiriladi. Kurs bo'yicha qo'yilgan o'quv materiallari talabalar tomonidan mustaqil o'rganiladi, testlar, amaliy ishlari talabalar tomonidan individual tarzda bajariladi.
Talabalar quyidagi materiallardan foydalanish imkoniga egadirlar:

  • Elektron shakldagi ma'ruza matnlari;

  • Har bir mavzuga doir prezentatsiya slaydlari;

  • Amaliy mashg'ulotlariga doir uslubiy ko'rsatmalar;

  • Har bir dars mavzusi yuzasidan elektron shakldagi darsliklar va qo'llanmalar.

Nazariy mashg'ulotlar davomida, talabaga prezentasiya orqali mavzu yuzasidan kerakli bo'lgan materiallar etkazib beriladi. Talabalarga mavzuni yanada mustahkamlashlari uchun prezentasiyalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va boshqa o'quv-uslubiy mahsulotlardan foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar beriladi.
Amaliy mashg'ulotlarda har bir mavzu bo'yicha masalalarni echish uchun materiallar, prezentasiyalar, ko'rsatmalar talabalarga taqdim etiladi, shuningdek, mavzuni o'zlashtirish darajasini tekshirish maqsadida topshiriqlar beriladi. School libraries kursining har bir bo'limi bo'yicha talabalarga “School libraries”da keltirilgan amaliy mashg'ulotlarni mustaqil ishlash talab etiladi. Amaliy mashg'ulotlar to'g'ri ishlansa keyingi mavzuga o'tiladi.
Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarining barcha mavzularini to'la o'zlashtirgan talabalarga yakuniy nazoratda ishtirok etishga ruxsat etiladi. Talaba semestr oxirida universitetga kelib, yakuniy nazorat topshiradi.


Talabalarni baholash

Talabalarning bilimlarini baholash o'quv materiallarini o'zlashtirish va yakuniy nazorat (testlar, topshiriqlar va yozma ish) natijalaridan iborat.


" School libraries " kursi 100 ballik tizim bo'yicha baholanadi. Ulardan 50% joriy, oraliq nazorat, davomat va mustaqil talim natijalarini tashkil etadi. Qolgan 50% - yakuniy nazorat. Joriy va oraliq nazoratning umumiy natijasi 30 balldan kam bo'lgan talabalar yakuniy nazoratga ruxsat berilmaydi. Yakuniy nazorat bo'yicha 30 va undan ortiq ball olgan talabalar o'tgan kurs hisoblanadi.
Joriy oraliq va yakuniy nazorat ballari quyidagicha taqsimlanadi:



Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling