Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil 8-сон
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotnoma 2022 8-son 286-292
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
www.journal.namdu.uz
ISSN: 2181-0427 2 kulievadilshoda98@gmail.com Аннотация: В данной статье анализируются тематические особенности 47 древнейших письменных загадок Куманского кодекса, распространенного памятника тюркских народов, написанных в XIV веке. Головоломки делятся на 13 типов в зависимости от их тематики, и в основном они касаются природы. В следующей статье подробно описаны эти виды. Ключевые слова: Мефкуре Моллова, торговец; болезнь; хина; удочка, небо и звезды. Kirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi bosqichida ulug‘ alloma va mutafakkirlarimizning ko‘plab bebaho asarlarini, noyob yozma manbalarni saqlash, o‘rganish va kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Buning tasdig‘i o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10- fevraldagi PQ-126-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinishi bu sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qilmoqda. Darhaqiqat, ajdodlarimiz dahosi bilan yaratilgan qanchadan-qancha yozma manbalar, qo‘lyozmalar bugungi kunda arxiv fondlarida saqlanib kelinmoqda. Ushbu qo’lyozmalarni o‘rganish, kelajak avlodga yetkazish asosiy vazifalarimizdan biridir. Yuqoridagi qarorda prezidentimiz malakali kadrlar tayyorlash borasida yechilishi lozim bo'lgan masalaga alohida e’tibor berib, ma’naviy va ma’rifiy boyliklarimiz hisoblangan yozma manbalarni yoshlarimizga yetkazish uchun “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun zarur kvotalar doimiy ajratib borilishi haqida alohida takidlab o’tdi. Bundan tashqari, Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab qo‘lyozmalarni saqlash va tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim va restavratorlarning har yili xorijda amaliyot o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini ko‘rish bo’yicha alohida topshiriq berdi. Horij sahnasidagi qadimgi nodir qo’lyozmalardan biri bo’lgan “Kodeks kumanikus” qo’lyozmasi turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligidir. Uning asl nusxasi bugungi kunda Venetsiyadagi Marchana milliy kutubxonasida DXLIX (№549) katalog raqami bilan ro’yxatga olingan, u №1597 xona raqami bilan saqlanadi.[6.16] Shunday ekan, “ Kodeks kumanikus” qo’lyozmasini o’rganish, uning tarkibiy qismlarini tadqiq qilish bugungi dolzarb masalalardan biridir. Uning yozilgan manzili, yaratilgan sanasi va tuzuvchilari to’g’risida qarashlar va tadqiqotlar bugungi kungacha o’z yechimini topmay kelayotgan eng dolzarb muammolardandir.[6.25] Shunga qaramasdan, olimlarning turli fikr mulohazalari va qarashlari mavjuddir, ammo B. Jafarov tadqiqotlariga ko'ra, qo’lyozma 1326 yilda yozilgan.[6.40] Tadqiq etilayotgan obida lotincha-forscha-kumancha va kumancha-nemischa, kumancha- lotincha so’zlarni o’zida mujassam etgan lug'at hamda xristian monaxlari tomonidan kuman tiliga tarjima qilingan diniy madhiya va duolar, eng qadimgi turkiy topishmoqlardan tarkib topgan qo’lyozma sifatida yuzaga kelgan. [6.16] Birinchi kitob savdogarlar tomonidan savdo- sotiq ishlari uchun tuzilgan bo’lsa, ikkinchi kitob nemis missionerlari tomonidan mahalliy xalq orasida xristian dinini targ’ib qilish uchun tuzilgan.[6.43] |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling