Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil 8-сон
Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_8-сон
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotnoma 2022 8-son 286-292
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot metodologiyasi
- Tahlil va natijalar
Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_8-сон
288 www.journal.namdu.uz ISSN: 2181-0427 Adabiyotlar Bugungi kunda yurtimizda M.Jo'rayeva, Sh. Abdinazimov va B.Jafarov kabi olimlar qo'lyozma ustida barakali ijod qilib kelmoqdalar. B.Jafarov o’zining filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyasida aytishicha, “Mazkur yodgorlik qadimgi turkiy qo ‘ lyozmalar ichida lotin yozuvida bitilgan yagona tematik lug ‘ atdir. Bugina emas, unda 47 ta eng qadimgi turkiy topishmoqlarning yozib qoldirilgan namunalari ham mazkur qo ‘ lyozmaning nafaqat lug’atshunoslik, balki xalq og ‘ zaki ijodi nazariyasi va amaliyotini yangi fakt va matnlar bilan boyitadi. Muhimi, ular nodir va hali hech bir manbada uchramagan topishmoqlardir. Ular turkiy topishmoqlarning yozma adabiyotda o ‘ z aksini topgan yirik guruhi ekanligi bilan ham juda katta ahamiyat kasb etadi.” [6.16] Topishmoqlarni mavzulari haqida o’rgangan olimlar bu B.Jafarov[6], A.Tietza[4] va M.Mollova [3] lardir.Ularning har birining fikrlari tadqiqotda o’xshash va farqli jihatlari ochib berildi. Tadqiqot metodologiyasi Ushbu maqolada XIII asr oxiri va XIV boshlarida lotin yozuvida yozilgan tematik lug’at hisoblangan turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi bo’lmish “Kodeks kumanikus” qo ‘ lyozmasidagi 47 ta qadimgi turkiy topishmoqlarning mavzu xususiyatlari tahlil qilinadi. Maqolada qiyosiy-tipologik usuldan foydalanildi. Tahlil va natijalar XIX asrning o ‘ rtalariga qadar turkiy topishmoqlar faqat og ‘ zaki ijod namunalari sifatida og ‘ izdan og'izga o ‘ tib kelgan, lekin yozma shaklda, to ‘ plam holatida uchramaydi, yoki ma’lum emas. Qo ‘ lyozmada 47 ta topishmoqning berilishi topishmoq janri turkiy xalqlar adabiyotida alohida o’ringa ega bo’lganini ko ‘ rsatadi. Shu bilan birgalikda ushbu topishmoqlar yozma shaklda bizga ma’lum bo’lgan ilk to’plamdir. Bu haqida Andreas Tietza o ‘ zining “Kuman topishmoqlari va turkiy folklor” asarida Turkiy xalqlar qadimgi topishmoqlarining ilk to ‘ plami [4.9] deya e’tirof etgan. Haqiqatdan ham barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o'zbek adabiyotida ham XIX-asrning ikkinchi yarmiga qadar biror bir topishmoqlar to ‘ plami bo’lgani ma’lum emas. Zubayda Husainovaning fikriga ko’ra, “Kodeks kumanikus”dagi bir nechta topishmoqlarni hisobga olmaganda, XIX asrning o’rtalariga qadar topishmoqlar yozma shaklda mavjud emas edi.[7.6] Shunday ekan qo ‘ lyozma barcha turkiy xalqlar adabiyoti uchun eng qadimgi yozma manbaadir. “Kodeks kumanikus”dagi topishmoqlar qo ‘ lyozmaning 60a va 60b sahifalarida berilgan bo ‘ lib, bu sahifalar o ‘ qilishi ancha murakkab, undagi yozuvlar xiralashgani sababli, ba’zi so ‘ zlarni o ‘ qishning imkoni yo ‘ q. Topishmoqlarning javoblari ol… so’zi bilan ko’rsatilgan va bu so ‘ z bir jumboqni boshqasidan ajratishga yordam beradi. Tadqiqotchi olimlar ushbu topishmoqlarni she’riy shakldagi to ‘ rt qatorli, ikki qatorli va oddiy bir qatorli topishmoqlarga ajratishgan. Topishmoqlarni mavzularga bo ‘ lib tadqiq qilgan tilshunoslardan biri Mollova Mefkure fikricha “… topishmoqlar havaskorning tasodifiy to ‘ plami emas, balki astrologik-astronomik jumboqlar to ‘ plamidir. [3.195] Ya’ni aslida topishmoq javoblari yulduz turkumlari va sayyoralar bilan bog ‘ liq degan yangi bir fikrni olg ‘ a surgan, hattoki javobi berilmagan topishmoqlarga ham o’z qarashlaridan kelib chiqib yechimlar taklif etgan. Boshqa bir turkolog Andreas Tietza fikricha, topishmoqlar tabiat, undagi insonlar va hayvonlar haqida. [4.10] Javoblari no’malum bo’lgan jumboqlarni hisobga olmaganda, barcha topishmoqlar haqiqatdan ham kundalik turmush |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling