Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil 8-сон


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1533605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axborotnoma 2022 8-son 286-292

www.journal.namdu.uz
ISSN: 2181-0427
2
kulievadilshoda98@gmail.com
  
 
Аннотация: В данной статье анализируются тематические особенности 47 древнейших 
письменных загадок Куманского кодекса, распространенного памятника тюркских народов, 
написанных в XIV веке. Головоломки делятся на 13 типов в зависимости от их тематики, и в 
основном они касаются природы. В следующей статье подробно описаны эти виды. 
Ключевые слова: Мефкуре Моллова, торговец; болезнь; хина; удочка, небо и звезды. 
 
Kirish 
Yangi 
O‘zbekiston 
taraqqiyotining 
bugungi 
bosqichida 
ulug‘ 
alloma 
va 
mutafakkirlarimizning ko‘plab bebaho asarlarini, noyob yozma manbalarni saqlash, o‘rganish va 
kelajak avlodga bezavol yetkazish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Buning tasdig‘i o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10-
fevraldagi PQ-126-son “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini 
takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinishi bu 
sohadagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, ajdodlarimiz dahosi bilan yaratilgan qanchadan-qancha yozma manbalar
qo‘lyozmalar bugungi kunda arxiv fondlarida saqlanib kelinmoqda. Ushbu qo’lyozmalarni 
o‘rganish, kelajak avlodga yetkazish asosiy vazifalarimizdan biridir. Yuqoridagi qarorda 
prezidentimiz malakali kadrlar tayyorlash borasida yechilishi lozim bo'lgan masalaga alohida 
e’tibor berib, ma’naviy va ma’rifiy boyliklarimiz hisoblangan yozma manbalarni yoshlarimizga 
yetkazish uchun 
“Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi 
bo‘yicha bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun zarur kvotalar doimiy ajratib borilishi 
haqida alohida takidlab o’tdi. Bundan tashqari, Sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston xalqaro 
Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, 
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2022-yildan boshlab qo‘lyozmalarni saqlash va 
tadqiq etish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy xodim va restavratorlarning har yili xorijda amaliyot 
o‘tashi va stajirovkasini tashkil etish choralarini ko‘rish bo’yicha alohida topshiriq berdi.
Horij sahnasidagi qadimgi nodir qo’lyozmalardan biri bo’lgan “Kodeks kumanikus” 
qo’lyozmasi turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligidir. Uning asl nusxasi bugungi kunda 
Venetsiyadagi Marchana milliy kutubxonasida DXLIX (№549) katalog raqami bilan ro’yxatga 
olingan, u №1597 xona raqami bilan saqlanadi.[6.16] 
Shunday ekan, “
Kodeks kumanikus” qo’lyozmasini o’rganish, uning tarkibiy qismlarini 
tadqiq qilish bugungi dolzarb masalalardan biridir.
Uning yozilgan manzili, yaratilgan sanasi va tuzuvchilari to’g’risida qarashlar va 
tadqiqotlar 
bugungi 
kungacha 
o’z 
yechimini 
topmay 
kelayotgan 
eng 
dolzarb 
muammolardandir.[6.25] Shunga qaramasdan, olimlarning turli fikr mulohazalari va qarashlari 
mavjuddir, ammo B. Jafarov tadqiqotlariga ko'ra, qo’lyozma 1326 yilda yozilgan.[6.40]
Tadqiq etilayotgan obida lotincha-forscha-kumancha va kumancha-nemischa, kumancha-
lotincha so’zlarni o’zida mujassam etgan lug'at hamda xristian monaxlari tomonidan kuman 
tiliga tarjima qilingan diniy madhiya va duolar, eng qadimgi turkiy topishmoqlardan tarkib 
topgan qo’lyozma sifatida yuzaga kelgan. [6.16] Birinchi kitob savdogarlar tomonidan savdo-
sotiq ishlari uchun tuzilgan bo’lsa, ikkinchi kitob nemis missionerlari tomonidan mahalliy xalq 
orasida xristian dinini targ’ib qilish uchun tuzilgan.[6.43]



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling