Scientific Bulletin of Namsu-научный вестник Намгу-namdu ilmiy axborotnomasi–2022-yil 8-сон


Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_8-сон


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana17.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1533605
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axborotnoma 2022 8-son 286-292

Scientific Bulletin of NamSU-Научный вестник НамГУ-NamDU ilmiy axborotnomasi–2022-yil_8-сон 
288 
www.journal.namdu.uz
ISSN: 2181-0427
 
Adabiyotlar 
Bugungi kunda yurtimizda M.Jo'rayeva, Sh. Abdinazimov va B.Jafarov kabi olimlar 
qo'lyozma ustida barakali ijod qilib kelmoqdalar. B.Jafarov o’zining filologiya fanlari bo’yicha 
falsafa doktori dissertatsiyasida aytishicha, “Mazkur yodgorlik qadimgi turkiy qo

lyozmalar 
ichida lotin yozuvida bitilgan yagona tematik lug

atdir. Bugina emas, unda 47 ta eng qadimgi 
turkiy topishmoqlarning yozib qoldirilgan namunalari ham mazkur qo

lyozmaning nafaqat 
lug’atshunoslik, balki xalq og

zaki ijodi nazariyasi va amaliyotini yangi fakt va matnlar bilan 
boyitadi. Muhimi, ular nodir va hali hech bir manbada uchramagan topishmoqlardir. Ular turkiy 
topishmoqlarning yozma adabiyotda o

z aksini topgan yirik guruhi ekanligi bilan ham juda katta 
ahamiyat kasb etadi.” [6.16] Topishmoqlarni mavzulari haqida o’rgangan olimlar bu B.Jafarov[6], 
A.Tietza[4] va M.Mollova [3] lardir.Ularning har birining fikrlari tadqiqotda o’xshash va farqli 
jihatlari ochib berildi.
Tadqiqot metodologiyasi 
Ushbu maqolada XIII asr oxiri va XIV boshlarida lotin yozuvida yozilgan tematik lug’at 
hisoblangan turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi bo’lmish “Kodeks kumanikus” 
qo

lyozmasidagi 47 ta qadimgi turkiy topishmoqlarning mavzu xususiyatlari tahlil qilinadi.
Maqolada qiyosiy-tipologik usuldan foydalanildi. 
Tahlil va natijalar 
XIX asrning o

rtalariga qadar turkiy topishmoqlar faqat og

zaki ijod namunalari sifatida 
og

izdan og'izga o

tib kelgan, lekin yozma shaklda, to

plam holatida uchramaydi, yoki ma’lum 
emas. Qo

lyozmada 47 ta topishmoqning berilishi topishmoq janri turkiy xalqlar adabiyotida 
alohida o’ringa ega bo’lganini ko

rsatadi. Shu bilan birgalikda ushbu topishmoqlar yozma 
shaklda bizga ma’lum bo’lgan ilk to’plamdir. Bu haqida Andreas Tietza o

zining “Kuman 
topishmoqlari va turkiy folklor” asarida Turkiy xalqlar qadimgi topishmoqlarining ilk to

plami 
[4.9] deya e’tirof etgan. Haqiqatdan ham barcha turkiy xalqlar, shu jumladan, o'zbek adabiyotida 
ham XIX-asrning ikkinchi yarmiga qadar biror bir topishmoqlar to

plami bo’lgani ma’lum emas. 
Zubayda Husainovaning fikriga ko’ra, “Kodeks kumanikus”dagi bir nechta topishmoqlarni 
hisobga olmaganda, XIX asrning o’rtalariga qadar topishmoqlar yozma shaklda mavjud emas 
edi.[7.6] Shunday ekan qo

lyozma barcha turkiy xalqlar adabiyoti uchun eng qadimgi yozma 
manbaadir. 
“Kodeks kumanikus”dagi topishmoqlar qo

lyozmaning 60a va 60b sahifalarida berilgan 
bo

lib, bu sahifalar o

qilishi ancha murakkab, undagi yozuvlar xiralashgani sababli, ba’zi 
so

zlarni o

qishning imkoni yo

q. Topishmoqlarning
javoblari ol… so’zi bilan ko’rsatilgan va bu 
so

z bir jumboqni boshqasidan ajratishga yordam beradi. Tadqiqotchi olimlar ushbu 
topishmoqlarni she’riy shakldagi to

rt qatorli, ikki qatorli va oddiy bir qatorli topishmoqlarga 
ajratishgan. 
Topishmoqlarni mavzularga bo

lib tadqiq qilgan tilshunoslardan biri Mollova Mefkure 
fikricha “… topishmoqlar havaskorning tasodifiy to

plami emas, balki astrologik-astronomik 
jumboqlar to

plamidir. [3.195] Ya’ni aslida topishmoq javoblari yulduz turkumlari va sayyoralar 
bilan bog

liq degan yangi bir fikrni olg

a surgan, hattoki javobi berilmagan topishmoqlarga ham 
o’z qarashlaridan kelib chiqib yechimlar taklif etgan. Boshqa bir turkolog Andreas Tietza fikricha, 
topishmoqlar tabiat, undagi insonlar va hayvonlar haqida. [4.10] Javoblari no’malum bo’lgan 
jumboqlarni hisobga olmaganda, barcha topishmoqlar haqiqatdan ham kundalik turmush 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling