Scientific Journal Impact Factor (sjif 2022 016)
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
ahmad-lutfiy-qozonchining-o-gay-ona-asarida-hozirgi-va-o-tgan-asr-odamlarining-taqqoslanishi
ASOSIY QISIM
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 863 Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo‘yicha asistent bo‘lib ishga kirgan. A.L Qozonchining “O‘gay ona” romani hayot mashaqqatlariga sabirli, mehri quyosh nuri kabi issiq, zulmatda esa shamchiroq kabi nurli insonlar- onalar uchun dunyoga keldi. Har bir inson hayot yo‘lini olloh qalbiga solgan ajib hislar ortidan, kulib boqqan quyosh misoli. Porloq kelajak umidida tanlaydi. 19 yoshli Fotimaxonim ham “har yetimga qilingan yaxshilik Alloh huzurida Payg‘ambarimizga qilingan yaxshilik singari deb qabul qilinsa, yetimlarga zarar yetmaydi”nomli hayotdagi shioriga asoslangan holda o‘zining kelajak yo‘lini tanladi. Bu shiori asosida Fotima 2 nafar farzandi bo‘lgan Odillbekka turmushga chiqadi. Oqila qiz ota-onasi, qarindoshlarining qarshiligiga qaramasdan o‘z fikridan aytmaydi. Fotimaning qo’shnisi Ismoil uch yoshida onasidan yetim qoladi. Keyingi hayoti esa o’gay onasining zulmi ostida o’ta boshladi. Ayniqsa, singlisi Salima tug’ilganidan so’ng ikkisiga bo’lgan ayro munosabat Ismoilning dardiga dard qo’shadi. Hali murg’ak bolaning ushbu yoshida ko’rgan azoblariga hammamiz achinamiz. Shu o’rinda Fotima ona ham uning ko’nglini ozgina bo’lsada ko’tarish uchun qo’lidan kelgan yaxshiliklarni qiladi. Biroq bir bolaning azobli kechmishlari yoshgina qizning birdaniga ikki farzandning onasi bo’lishiga to’laqonli sabab bo’la olarmikan? Ha, bu haqiqatga yaqin sabab. Aslida, Fotimaning yetimlarga bu qadar rahmi kelishiga undagi diniy bilimlar , islomiy qarashlar taqozo etmaganmikin? Mana asarning mohiyati, yozuvchining bu asarni yozishdan maqsadi qayerda! Diniy bilimlar haqiqiy insonni tarbiyalovchi, unga to’g’ri yo’lni ko’rsatuvchi shamchiroqdir. Fotima deyarli barchaning qarshiligiga qaramay Odilbekka turmushga chiqadi va uning ikki yetim bolasini bag’riga oladi. Odilbekning, qolaversa o’quvchilarning ham “haqiqiy ona – inson, o’gay ona – uning soyasi” kabi qarashlarini o’zgartiradi. Uni chekishdan qaytaradi. Bu yo’ldan qaytishiga birgina so‘z sababchi bo‘ladi. Yuqorida aytilgan fikrning isboti uchun shu bir so’zning o’zigina kifoya qiladigan insonni qanday qilib Fotimaga munosib emas deyish mumkin. Ayoli ham unga munosib albatta. Fotima yetim bolalarining o‘z onalarini unutishlarini ham istamaydi, kechalari u ayol haqqiga duo qilar, erini ham bunga undar , kun kelib farzandlarini ham shunga o’rgatadi. Fotima o’zi ham bir qizlik bo’ladi, lekin hech qachon o‘z qizi va ikki yetimiga nisbatan ayro munosabatda bo’lmaydi, barchasini birdek ko’radi.Fotima asarda shunday buyuk ayol sifatida tasvirlanadiki, asarda bayon etilgan bir vaziyatda, menimcha, farzandning haqiqiy onasi ham bunday yo’l tutishi mushkul. Ikki yetim farzandning onasiga aylangan Fotima o’zi ham qiz farzandli bo’ladi, kunlarning birida bir necha oylik SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling