Section: philosophy
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
Download 394.58 Kb. Pdf ko'rish
|
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL ISSUE 5(39) PART 2 ISBN 978-83-949403-3-1 168 ibrat sifatida bittadan hikoyat keltiradi). Bu illatlar komillikka to’siq bo’luvchi insoniy nuqsonlardir, ularni bartaraf etmaguncha o’zlikni anglab, vahdat ul-vujudga erishib bo`lmaydi, demoqchi bo’ladi Alisher Navoiy. Uning keltirgan har bir hikoyati Fano vodiysi tomon qo’yilgan bir qadamdir, ya’ni bitta illatni tuzatish bu Haqqa tomon bir qadam yaqinlashishdir. Simurg’ vasliga yetishish yo’lida safarga chiqqan son-sanoqsiz qushlardan faqat o’ttiztasigina oliy maqsadiga yetishadi, o’zligini anglaydi va illatlardan xalos bo’lib, poklanib, Simurg’ (Alloh) vasliga yetadi. Tasavvufiy til bilan aytganda, bu o’ttiz qush (“Si-murg`”) Mutlaq ruh bilan vahdat ul-vujud hosil qiladi. Vahdat ul-vujud falsafasining eng buyuk namoyondasi Ibn Arabiydir. U Allohdan boshqa borliqni qabul qilmagan. Ibn Arabiyning fikricha, olam ham, jami maxluqotlar ham Alloh sifotlarining tajallisidan iborat bo`lib, uning borligi Allohning borligi bilan qoimdur, ya’nikim barqaror va muqimdur. Nikolson va Massignon singari tadqiqotchilar Boyazid Bistomiy, Junayd Bag`dodiy, Abdulqodir Giloniy va Mansur Halloj kabi mutasavvuflarni vahdat ul-vujudga erishgan va shu ta`limot vakili sifatida tilga olib o`tsa ham, bu mutasavvuflarning Ibn Arabiy kabi vahdat ul- vujud e’tiqodida bo`lmaganliklarini isbotlab berishgan. Chunonchi, Ibn Arabiy G`arb va hind falsafasini o`rganib, ba’zi mavzularda ulardan foydalangan holda vahdat ul-vujud falsafasiga asos solgan. Ibn Arabiydan keyin vahdat ul-vujud falsafasi, u yaratgan ta’limot ko`pchilik tomonidan tan olindi va bu falsafa kengroq yoyilgan. Ibn Arabiyning fikricha, inson bilan Alloh orasidagi munosabat yaqin bo`lish (qurb) munosabatidir. Alloh insonni o`z surati uzra yaratgan. Nafsini bilgan kishi Allohni biladi … Yaratilishning sababi muhabbatdir. Maqsadi esa Allohning yashirin kamol darajalarining martabalarda yuzaga chiqib, ilm va vujud jihatdan ham tugallangan bo`lishidir. Ya’ni Alloh o`zini bilish va sevish uchun olamda tajalliy va zuhur etgan. Ibn Arabiyning bu boradagi qarashlari mutlaqo haq edi va bu keyingi davr mutasavvuflarining asosiy g`oyasiga aylanib boravergan. Demakki, tasavvuf adabiyotidagi vahdat ul-vujud falsafasiga Ibn Arabiy tomonidan asos solingan va biz bilgan mashhur Boyazid Bistomiy, Junayd Bag`dodiy va Mansur Halloj kabi mutasavvuflardan ham uning martabasi va darajasi baland turgan. Vahdat ul-vujud ta’limotiga ko`ra, inson ruhan poklansa, mudom zikr ila mashg`ul bo`lsa, qalban poklikka erishsa, nafsini mag`lub qila olsa, maqom va hol darajalarida birma-bir toblanib boraversa, u vahdat ul-vujudga albat yetgay. Bu shunday bir holdirki, unga erishmoqlik insondan o`lmasdan burun o`lishni (“mutu qabla an tamutu”) talab qiladi, inson nafsini batamom o`ldiradi va Kulga borib qo`shiladi. Bu juzning azaliy va sharafli murodidur. Download 394.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling