Section: philosophy
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
Download 394.58 Kb. Pdf ko'rish
|
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»
SCIENCECENTRUM.PL ISSUE 4(38) PART 2 ISBN 978-83-949403-3-1 167 shunday yozadi: “Halloj bir kecha - kunduzda to`rt yuz rakat namoz o`qirdi … zindonda esa bir kecha - kunduzda ming rakat namoz qilardi”. Husayn Mansuri Halloj vahshiylarcha o`ldirilgan bo’lishiga qaramay, o`z davrining mutasavvuflari tomonidan uning haqligi va uning “analhaq”lik da’vosi hamda uning oliy darajada ekanligi tan olingan, ammo ular shariat ahli oldida o`z fikridan qaytishgan. Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida keltirilgan ma’lumotga ko`ra, Shayx Abusayid Abulxayr Mansurning ulug` holda ekanligini hamda uning zamonida mag`ribdan mashriqqacha hech kim Mansurdek darajada emasligini ta’kidlab o`tgan. Shayx Abu Abdulloh Hafif uni “imomi rabboniy” degan. Chunonchi, Boyazid Bistomiy ham “Subhoniy, subhoniy, a’no shoniy” (“Sharafliman, maqtalganman, shon-u sharaf mengadir”) hamda “Po’stinim ichida xudodan o’zga narsa yo’q” degan so’zlarni aytganda, uning siymosida vahdat ul - vujudga erishgan juzni ko’rish mumkin. Al – Jullobiy aytganidek, Boyazid Bistomiy tasavvufning raisi a’zami va kiborlaridan edi. Boyazid Bistomiy muhabbat mayidan behud bo`lgan, Alloh ishqida o`zini unuta yozgan orifdir. “Nasoyim ul-muhabbat” asarida keltirilishicha, Boyazid Bistomiy namoz o`qisa, ko`ksining so`ngaklaridan “Alloh, Alloh !” degan ichki tovush baralla chiqqan. Demakki, Boyazid Bistomiy ham vahdatga erishgan va butun vujudi ila Alloh zikrini qilgan (Bu xuddi ishq o`tining chin jununi Qaysga o`xshaydi. Majnun ham Laylining ishqi o`tida toblana-toblana, oxiri “Men Layloman”, deb yuboradi, uning butun tanasidan Layli nomi chiqadi). Ishqda Boyazid Bistomiy mastona sukr darajasida bo`lsa, Mansur Halloj analhaqlik mojarosida, isyonkorona darajada bo`lgan. Shuningdek, Ibrohim Adham, Shayx Shibliy, Imomiddin Nasimiy, Jaloliddin Rumiy, Farididdin Attor kabi qator mutasavvuflar ham Mutlaq ruhga talpinish yo’lida maqom va holning turli yo’llarini bosib o’tgan chin oshiqlardir. Ular orasida Mansur Hallojning “Analhaq” lik ta’limotidan o’sib chiqqan mutafakkir mutasavvuflar ham bor. Vahdat ul- vujudga yetishtiruvchi xarita, bu yo’lda oshiqqa qo’yilgan talablar va qilish zarur bo’lgan amallar ko’rsatilgan mundarija Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidir. Tasavvufiy mavzuda yozilgan ushbu dostonning tag zamirida Allohga yetishish va o’zlikni anglash mohiyati yotadi. “Lison ut-tayr” majoziy xarakterda yozilgan dostondir. Dostonda qushlar safarga otlanadi va o’ziga yo’lboshchi qilib hudhudni tanlashadi, oliy maqsadlari Simurg’ni izlab topish va uning vasliga erishish. Dostonda keltirilgan qushlar ramziy ma’noda odamlardir, Simurg’ intilish orqali esa Allohga intilish ishorat qilingan. Qushlarga Hudhudning yo’lboshchi sifatida tasvirlanishi Sulaymon alayhissalom bilan bog’liq, ya’ni Sulaymon zamonida shohga barcha xabarlarni yetkazuvchi, Sulaymon alayhissalomning elchisi, aqlli va dono qush hisoblanadi. Ushbu dostonda ham Hudhud murshidi orif sifatida, boshqa qushlar esa murid sifatida tasvirlanadi. Yo’l safarida qushlar ko’p nola – fig’on qiladi, o’z holatidan noliydi va bu qushlarning har biriga Hudhud javob beradi hamda holatini ochib beruvchi hikoyat aytadi. Qushlardagi nuqsonlarni ochib berish orqali Alisher Navoiy insonlarda haq yo’lidan ozdiruvchi, maqsadga erishish yo’lida to’siq bo’luvchi kamchilik va illatlarni qattiq qoralab, ularni illatlar xoli bo’lishga hamda komil inson bo’lishga undaydi. Chunonchi, Alisher Navoiy To’tini xudparast, xudbin (o’zini yaxshi ko’ruvchi) inson, Tovusni o’z suratiga oshiq, o’ziga mahliyo inson, Bulbulni soxta oshiq, Qumrini o’zini bechorahol ko’rsatib, safardan qaytmoqchi bo’lgan inson sifatida, Kabutarni makr va hiylagar, tanbal va ishyoqmas kishi, Qarchig’ayni jahl va g’aflat aro tuban inson sifatida gavdalantiradi (hamda har bir qushda insonlarning bir illatini qoralaydi va ularga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling