Section: philosophy


Download 394.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.12.2022
Hajmi394.58 Kb.
#1056828
  1   2   3


«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» 
SCIENCECENTRUM.PL 
ISSUE 5(39) PART 2 
ISBN 978-83-949403-3-1 
 
166
SECTION: PHILOSOPHY
Bahronova Dilnora Alisher qizi 
BuxDU filologiya fakulteti talabasi 
(Buhara, Uzbekistan) 
TASAVVUFDA VAHDAT UL – VUJUD FALSAFASI 
Annotatsiya. Ushbu tezisda tasavvuf adabiyotidagi vahdat ul-vudut ta’limoti 
xususida so`z yuritilgan. Vahdat ul-vujudga erishgan, Mutlaq ruh bilan birlik hosil qilgan 
mutasavvuflar va ularning tasavvufdagi darajasi haqida ma’lumot berilgan (Ibn Arabiy, 
Boyazid Bistomiy va Mansur Halloj). Shuningdek, bu ta’limotga oid qarashlar va g`oyalar 
keltirilib, vahdat ul-vujud haqida dasturilamal bo`lgan “Lison ut-tayr” dostoni qisqacha 
sharhlangan hamda undagi vahdat falsafasiga oid qarashlar mazmuni izohlangan. 
Kalit so’z: Vahdat ul - vujud, kull, juz, Mutlaq ruh, “Analhaq”, Ibn Arabiy, Boyazid 
Bistomiy, Junayd Bag`dodiy, Mansur Halloj, “Lison ut-tayr”, hudhud, Simurg` 
Oshiqning qalbiga tushgan ilohiy ishq uni turli musibatlarga giriftor qiladi, u bu bedavo 
dard qiynoqlaridan, ya’ni hajr o’tidan oh – nola qiladi, yaqosin chok qilib, olamni kuydirar 
darajada afg’on chekadi. U ma’shuq hajrida qancha azob tortsa ham, bu azoblar uning uchun 
rohatdek go’yo. Oshiq mana shu hajr o’tida bir – bir qovuriladi va shu jarayonda u maqom va 
holning darajalarini bosib o’tadi, nafs otin zabun qiladi, oxiri ko’zlagan maqsadiga erishadi. 
Uning ko’zlagan maqsadi – ma’shuqaning visoliga erishish va u bilan birlik hosil qilish. Bu 
birlashish tasavvufda vahdat ul – vujud deb ataladi. Ya’nikim oshiq va ma’shuqning birlashishi, 
kull (Mutlaq ruh) va juz (inson ruhi)ning birlik hosil qilishidir. Mana shunday asl maqsadiga 
erishgan oshiqlar timsoli Mansur Hallojdir. Uning “Analhaq”lik da’vosi ham vahdat ul- vujudga 
erishganligining yorqin isbotidir. Uning fikricha, Mutlaq ruhga yetishish va vahdat hosil qilish 
uchun ishq olovida yonish, parvonadek o’zni o’tga urish kerak.
Inson vujudi mohiyatni yashirgan devor kabidir, agar oshiq shu devorni olib tashlasa, 
fano vodiysiga erishadi. Mohiyatni anglamoq uchun moddiyat va foniylik qobig’ini yorib 
chiqmoq kerak. Husayn Mansuri Halloj ana shu qobiqni yorib chiqa oldi, fano vodiysiga yetdi 
va baralla “Analhaq” (“Men Haqman, Alloh mendadir”) dedi. Ammo bu so’zlar shariat ahli 
tomonidan kufr sanalib, mohiyatni anglamagan johillar Mansur Hallojni ayanchli tarzda 
o’ldirishdi. Hatto u vafot etganidan keyin ham qishda kuli sovurilgan daryo toshdi, chunki ishq 
dardini va Mansurdagi oshiqlik darajasini uning o’zidan boshqa hech kim ko’tarolmas edi. Bu 
toshgan daryoni Mansurning “o’zi” iziga qaytardi (Zunnun Mansurning qatl oldi qilgan 
bashoratiga binoan, uning kulidan bir hovuch olib qo’ygan edi. Zunnun “Yo Mansur” deb shu 
kulni daryoga tashlaganda, daryo orqasiga qaytib, xalq omon qoladi). Bundan ko’rinadiki, o’z 
taqdirini oldin ko’ra olgan va o’z qismatini bashorat qilgan, o’lmasdan burun o’lgan (“Mutu qabla 
an tamutu”) Mansur Halloj chin ma’noda “Analhaq” edi. Mansur Halloj ham shunday ulug` 
rutbada bo`lishiga qaramay, bir kecha – kunduzda to`rt yuz namoz o`qir edi. Bu haqda Attor 



Download 394.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling