Sementning maydalik darajasini aniqlash


Download 187.23 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi187.23 Kb.
#1395071
Bog'liq
4-tajriba ishloti

4-ish:SEMENTNING MAYDALIK DARAJASINI ANIQLASH


Umumiy tushunchalar. Sement sifatini baholashda uning maydalik
darajasi katta ahamiyatga ega. Sement klinkeri zavodda qanchalik mayda
tuyilsa uning mustahkamligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Asbob va uskunalar. 0,08 nomerli elak, elektron tarozi.

Ishlash tartibi. Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008
nomerli to‘r tutilgan elakda elab ko‘rib aniqlanadi. Quritish javonida
105-110°S haroratda 2 soat quritilgan sementdan 50 g tortib olinadida,
elakga solinadi, elakning qopqog‘i ѐpiladi va tagligi o‘rnatiladi, uni 5-7
minut davomida elab bo‘lgach elash to‘xtatiladi. Elakning qopqog‘i ochiladi,
tekshirib ko‘rish maqsadida bir varaq yaltiroq qoroz ustiga sement qo‘lda
elanadi (tekshirish uchun elash). Bir minut davomida elakdan 0,05 dan ko‘proq
sement o‘tsa, elab sinash tugallangan xisoblanadi. SHundan keyin elakdagi

sement qoldig‘i tarozida 0,01 g aniqlikda tortiladi.
Sement kukunining maydalanganlik darajasi 008 nomerli, to‘r
tutilgan elakdagi qoldiq kabi, namuna dastlabki massasining
protsentlarida xisoblab chiqariladi. O‘zgartirishlar kiritilgan GOST
10178-76 dagi talablarga muvofiq sement kukunining mayinlik darajasi
shunday bo‘lishi kerakki, 008 nomerli to‘r tutilgan elakdan namunaning
kamida 85% o‘tib ketishi, elakdagi qoldiq esa namunaning 15% idan
oshmasligi lozim. Agar laboratoriyada sement elaydigan maxsus asbob
bo‘lmasa, namunani shunday elakda qo‘lda elashga to‘g‘ri keladi.


Sement massasi-………
……….%

Sementning maydalik darajasi -

Download 187.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling