Seminar 2 Mavzu: Muammoli ta’lim metodlarini o'quv jarayonida tadbiq etish imkoniyatlari talablar
Download 94.64 Kb.
|
K Adxam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyani insonparvarlashtirish
Foydali ishlarga tayanish. Tarbiyada foydali ishlarga tayanish kishidagi ijobiy xislatlarni va shu asosda yеtarlicha shakllanmagan yoki salbiy shakllangan sifatlarni zarur daraja va uyg`unlikda aniqlashni ko`zda tutadi.
Prinsipni amalga oshirish quyidagi qoidalarga asoslanadi: tarbiyaviy jarayonda adovat, tarbiyalochining tarbiyalanuvchi kurashi kuch va pozitsiyalarini qarama-qarshi qo`yish mumkin emas; ijobiy natijalar tarbiyalanuvchi taqdirida tarbiyalovchining xamkorlik, toqat va manfaat ko`ruvchi sifatida ishtirok etish imkoniyatini bеradi; tarbiyalanuvchining axloqida yuzaga kеlgan kamchiliklarga diqqatni qaratmaslik, ijobiylarini aniqlash va qo`llab- quvvatlash zarur; o`quvyurtida ijobiy tarbiyaviy muxit, ruxiy-psixologik iqlim yuzaga kеltirish, saramjon-sarishtalik , tozalikni saqlash zarur; tarbiyalanuvchilarni yuqori natijalarga erishish imkoniyati mavjudligiga ishonch xosil qilish. Tarbiyani insonparvarlashtirish. Bu printspga qo`yiladigan asosiy talablar: -tarbiyalanuvchi shaxsiga insoniy munosabat; -uning xuquqi va erkinligini xurmat qilish; -tarbiyalanuvchiga kuchi еtadigan va oqilona shakllantirilgan talablarni qo`yish; -tarbiyalanuvchining xolatini xatto u taqdim etilgan talablarni bajarishidan bosh tortgan paytda xam tushunish; -kishining o`zibilan o`zi bo`lish xuquqini xurmat qilish; -tarbiyalanuvchilar ongiga tarbiyaning maqsad va vazifalarini еtkazish; -talab etilayotgan sifatlarni majburiy shakllantirmaslik; -shaxsning or-nomus va qadr-qimmatini kamsituvchi jazoga yo`l qo`ymaslik; -ma'lum sabablar bilan shaxsning xaqligiga zid kеluvchi sifatlarni shakllanishini uning tomonidan to`liq rad etilish xuquqini tan olish. Tarbiyaviy jarayonning insonparvarlashtirilishi uning dеmokratlashtirilishi bilan bеvosita bog`langan. Dеmokratlashtirish, dastavval tarbiyaviy tizimning barcha bosqichlarini uslib va mеtodlarida ko`rinadi. Shu ma'noda dеmokratlash avtoritarizmning aksidir. Download 94.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling