Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet17/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

Meksikaning tub aholisi
...Atsteklar O’ziga xos sug’orish va melioratsiya sistemasiga asoslangan dehqonchilik xO’jaligini yaratganlar, loviya, tomat, batata (shirin kartoshka), kakao, tamaki va paxta ekkanlar. Yer O’g’itlangan yO’nilgan yog’och bilan ishlov berib ekilgan. Maxsus qamishdan sol yasab, ustiga tuproq tO’kib suzadigan orolchalarda dehqonchilik qilganlar. Paxta va agava tolasidan ip yigirib turli mato tO’qiganlar. Uy hayvonlaridan it va kurka saqlaganlar. Bug’u, quyon va yovvoyi qushlarni O’q-yoy, nayza, tuzoq bilan ov qilganlar, kO’l va daryolarda baliq tutganlar. Mis va toshdan bolta, nayza uchi va pichoqlar, naqsh berilgan charxsiz sopol idishlar, oltindan har xil bezaklar yasaganlar. Hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan bO’lsada, ammo mehnat taqsimoti bO’lmagan. Zarur buyumlar har bir oilada ishlab chiqarilgan.
Qudratli atsteklar davlatining poytaxti Tenochtitlan katta kO’lning O’rtasidagi orolda qurilgan va O’zining gO’zalligi, ulug’vorligi va hashamatliligi bilan ispan istilochilarini hayratda qoldirgan. Poytaxtni kO’l sohili bilan uchta 10 metr kengligdagi damba bog’lab turib, ikkita maxsus tarnov orqali suv O’tkazilgan. KO’l atrofida asosiy ekin dalalari joylashgan, qishloqlar ham dalalar bilan O’ralgan.
Atsteklarni uylari odatda qamishdan qurilib, devorlari loy bilan suvalgan, tomi somon bilan yopilgan. Boy tabaqalar uylarini xom g’ishtdan, tekis tomli, ichki va tashqi hovlili qilib qurganlar. Poytaxtdagi ba’zi uylar ustunlarga tiklangan. Piramida shaklida ibodatxona va jamoa inshootlari toshdan dabdabali qilib qurilgan, haykallar va O’yma naqshli toshlar bilan bezatilgan. Qishloq jamoasi (kalpulli) umumiy yerga ega bO’lgan va bu yerlarni ayrim oilalarga taqsim qilganlar.
Erkaklarning kiyimlari etakli belbog’ va plashdan iborat, ayollar yubka, yengsiz uzun kO’ylaklar kiyganlar. Poyabzal teridan tikilgan yoki agavadan tO’qilgan sandaldan iborat. Kiyimlari bezatilgan, bilaguzuk va buloqilar taqqanlar, badanni bO’yaganlar. Taomlari ham turli xilda, har xil zira aralashtirib, xushxO’r qilingan. Tosh yorg’ich bilan makkadan un torttirib taom pishirganlar. Atsteklar shokoladni kashf etganlar. Ammo ular «chokolatl» ni ichimlik sifatida iste’mol qilganlar.
Atstek va boshqa qabilalar mustamlaka arafasida sinfiy jamiyatga O’ta boshlagan. Butun hokimiyat va boylik zodagonlar va kohinlar qO’lida bO’lgan. Davlat boshida ikki hokim saylanib qO’yilgan, muhim masalalarni qabila kengashi xal qilgan. Zodagon va kohinlarga ajratilgan yerlarni jamoa a’zolari ekib, yig’ib terib bergan. Qulchilik odat tusiga kirib, qullar harbiylardan va qarzdor urug’doshlardan tO’ldirilgan. Ularni ijtimoiy qurilishlarda, zodagon va oqsoqollar xO’jaligida ishlatganlar. Qul savdosi keng avj olgan. Buysundirilgan qabilalar ham soliq tO’laganlar. Savdo-sotiq ancha rivojlangan. Kakao urug’i va tilla qum solingan naycha pul vazifasini bajargan. Ilk quldorlik tuzumiga mos keladigan atstek madaniyati shakllangan. Tolteklar mayya xalqidan yozuvni, yil hisobi va kalendarni, astronomiya va matematik bilimlarni qabul qilganlar. Din mustaqil ajralib chiqib, diniy masalalarni zodagon va kohinlar boshqarib turgan. Quyosh duosi va ayniqsa, qabilaning urush xudosiga bag’ishlangan murakkab ibodatlari ishlab chiqilgan. Katta marosimlarda hatto odam qurbon qilingan. Bundan tashqari turli totemistik va sehrgarlik tasavvurlar ham tarqalgan.
Rasmiy ma’lumotlarga kO’ra hozir Meksikada yashovchi aholi 70 mln. kishi, shulardan indeyslar taxminan 30 %ni tashkil qiladi, ya’ni 20 mln. gacha yetadi. Markaziy rayonlarda joylashgan, bir vaqtlar kudratli xalq hisoblangan atsteklar bir million 300 mingdan ortiq, janubroqda mayya 650 mingga yaqin, tog’ vodiylarida yuqori madaniyat yaratgan sapoteklar 450 mingga yetadi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling