Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet20/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

Inklar davlati
Janubiy Amerikadagi And tog’larining hozirgi Kolumbiya, Ekvador, Boliviya, Peru, Shimoliy Chilida, ya’ni katta territoriyada kechua til oilasiga oid turli elatlar va qabilalardan tashkil topgan yuksak madaniyatli Ink davlati bO’lgan. Bu yerda I ming yillikda kechua va aymara tillaridagi kO’plab mayda qabilalar yashaygan. Rivoyatlarga qaraganda, XIII asrlarga kelib shu qabilalardan Kusko vohasida joylashgan Inklar kuchayib 1438 yildan qabilalar ittifoqiga bosh bO’ladi va oliy kasta deb taniladi. Boshqa barcha elatlar unga bO’ysunub soliq tO’lab turganlar.
Ink davlatida aholi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Asli And tog’larida dehqonchilik xO’jalik miloddan avvvalgi III ming yillikda paydo bO’lgan. Inklar miloddan avvalgi VI asrda shakllangan chanapata madaniyatini merosxO’rlaridir. Ular markazlashgan sug’orish sistemasini yaratganlar, asosan makka, kartoshkaning kO’p turlarini yetkazib, Yevropaga birinchi shu yerdan olib borilgan. Dalalar tosh bilan bekitilgan kanallar orqali sug’orilgan, suv omborlari tO’ldirilgan. Yerga jez uchli maxsus tayoq (taklya) va tosh yoki bronza uchli motiga bilan ishlov berilgan, hosil jez O’roq bilan O’rilgan. Umuman 40 yaqin ekin turlarini bilganlar.
Andlik indeyslar Amerika qit’asiga mansub chovachilikni bilgan yagona elatlardan hisoblangan. Kechua va aymara xalqlari lama va alpaka nomli hayvonlarni qO’lga O’rgatib, yuk tashishda foydalanganlar, gO’shti, yog’, terisi, juni va suyagidan xO’jalikda keng foydalanganlar. Lamaning yovvoyi turini uch yilda bir marta mol qO’ralarga haydab, junini olib, keyin erkinlikka chiqarib yuborganlar. GO’shtga dengiz chO’chqasi va O’rdaklarni ovlaganlar. Uy hayvonlaridan faqat itni saqlaganlar.
Ink davlatida hunarmanchilik rivojlangan. Ular metallni ruda konlaridan kazib olganlar. Mis, kumush, oltin, simob va boshqa rangli metallarni, hatto jezni ham ishlab chiqarganlar, turli qurol (O’roq, bolta, pichoq), bezaklar va diniy buyumlar yasaganlar. Charxsiz naqsh berilgan ajoyib sopol idishlar va haykalchalar ishlaganlar, paxta va jundan chiroyli, nozik matolar tO’qiganlar. Hech qanday qorishmasiz yirik kesilgan tosh bloklardan dabdabali ibodatxona va qasrlar tiklaganlar. Oddiy kishilarning uylari toshdan yoki xom g’ishtdan kurilib, qamish yoki somon bilan yopilgan, oynasiz va chipta eshikli kichkina xonalardan iborat bO’lgan.
Inklarda g’ildirakli transport bO’lmasa ham yO’llarga katta e’tibor berilgan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan dengiz sohili va etaklarida qurilgan tog’ yO’llar, tunnel va kO’priklar hozirgacha kishini hayratda qoldiradi. Ular yengil sol kemalarda uzoq masofalarga sayyohat qilganlar. Pulni bilmaganlar, ammo natural savdo-sotiq rivojlangan. Hokimlar eng mohir ustalarni poytaxtga tO’plaganlar. BO’ysundirilgan qishloqdan yosh qizlarni zO’rlab keltirganlar va 4 yil davomida tO’qimachilik va boshqa kasblarga O’rgatganlar, keyin ular 30 yoshgacha erga tegmasdan ink zadoganlariga xizmat qilganlar.
Asosiy ijtimoiy birlik qishloq jamoasi (aylyu) hisoblangan. Yer bosh hokimning mulki hisoblansa ham, har yili jamoa a’zolari(oilalar)ga taqsim qilib berilgan. Oliy hokimga («Inka dalasi») va kohinlarga («Quyosh dalasi») maxsus yerlar ajratib berilgan, uni jamoa a’zolari ishlab hosilini yig’ib berganlar.
Davlat tuzumi O’ziga xos despotizmga asoslangan quldorlik, imperiya hisoblangan. Inklar yuqori tabaqa deb tanilib, mehnatdan ozod bO’lib boshqa qabilalar hisobiga yashaganlar. Soliqdan kechua qabilasi ham ozod bO’lgan, boshqa qabilalar inklarga qaram bO’lib soliq tO’laganlar, qul yetkazib berganlar. Ammo urug’chilik munosabatlari (fratriylik) saqlangan. Inklar hatto kiyim va bezaklari bilan ajralib, hukmron kastaga aylangan, hokimlar va kohinlar ham ulardan saylangan. Oliy Inka (Sana Inka) quyosh O’g’li hisoblangan, unga boshqalar itoat qilganlar. Ink davlatida politeistik (kO’p xudolik) dinlar keng tarqalgan. Quyoshga ibodat qilish eng muhim hisoblangan, shuning uchun Sana Inka ham xudo darajasiga kO’tarilgan. Ona yerga, tabiatga sig’inganlar. Makka va Kartoshka xudolari bO’lgan, ajdodlar arvohlariga ham sig’inganlar. Katta bayramlarda yoki ofat kelsa asirlardan yoki buysundirilgan qabilalarning bolalaridan qurbonlik qilganlar. Kohinlar diniy marosimlardan tashqari astronomik kuzatishlarni ham boshqarib turganlar. Inklarda 2 xil yil hisobi-Quyosh (366 kun) va oy (354 kun) kalendari bO’lgan. Tarix va genealogiya ilmi bilan shug’ullanuvchi maxsus donishmand (amuta) lar bO’lgan. Tabiblikdan tashqari xirrurgiya tajribasiga ega bO’lganlar, trepanatsiya qilishni bilganlar. Iyeroglif yozuvi bilan birga O’ziga xos rangli iplardan tizilgan tugma yozuv ham bO’lgan. Ammo noyob yozuv namunalarini ispan istilochilari butunlay yO’q qilganlar.
Ispanlar Pisarro boshchiligida inklar davlatini 1531-1533 yillarda talaganlar. Lekin mag’rur inklar qO’zg’olon kO’tarib qattiq qarshilik kO’rsatkanlar. Faqat 1572 yilda qO’zgolon bostirilib, butun mamlakatni istilochilar egallagan. Hozirgacha kechua va aymara xalqlari O’z madaniyatlarini va tilini saqlab qolganlar. Ular bir necha mamlakatlarga bO’lingan. Masalan, kechua xalqlari 5 davlatda yashaydi, ayniqsa ular Peru, Ekvador va Chilida kO’proq.
Chilining janubiy rayonlarida bir necha gruppalarga bO’lingan araukan qabilalari yashaydi. Ular ham inklar singari dehqonchilik qilib kartoshka, mais, loviya, suli ekkanlar, chorvachilik va termachilikni bilganlar, qisman ovchilik bilan ham shug’ullaganlar. Kiyimlari gazlamani ikkiga buklab, O’rtasini bosh sig’adigan qilib kesib, plash (pancho) shaklida, uning tagida teridan shim kiyganlar.Hap xil chig’anoq va metalldan yasalgan bezaklar taqqanlar. Aroukanlar qamishdan tO’qilib, loy bilan suvalgan konus shaklidagi somon yoki qamish tomli uylarda yashaganlar. Ijtimoiy tuzumi matriarxatdan ota urug’iga O’tish davriga tO’g’ri keladi. Ular inklarning qattiq ta’sirida bO’lib, ink madaniyatini kO’p tomonlarini, jumladan, metall ishlab chiqarishni, tugma yozuvni qabul qilib olganlar. Chili davlati aroukanlarini 1883 yilda katta kuch bilan O’ziga buysundirgan. SO’nggi davrlargacha ular ba’zi jamoatchilik munosabatlarini saqlab kelganlar. Hozir kO’pchilik aroukanlar rezervatsiyalarga joylashtirilgan.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling