Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet24/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

ADABIYOTLAR:

  1. И.Жабборов «Жаhон халqлари этнографияси». Т.1985.

  2. Брук С.И. «Население мира» М. 1986.

  3. Народы мира. М. 1988.

  4. Этнография. М. 1982

TAYANCH IBORALARI:

  1. Saomlar.

  2. Kama, Vitegda.

  3. Pechara.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Karellarni kelib chiqishi haqida.

  2. Loparlar madaniyati haqida.

  3. Komi xalqlarining moddiy madaniyati.

MAVZU:№ 24. ROSSIYANING POVOLJYA VA URAL XALQLARI


REJA:
Povoljya va Ural xalqlarining etnik tarkibi, tili va irqi.


Povoljya va Ural xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Povoljya va Ural xalqlarining xO’jalik va moddiy madaniyati.
Povoljya va Ural xalqlarining diniy e’tiqodlari.

Rossiyaning Yevropa qismidagi noslavyan xalqlaridan O’rta Povoljyeda va Kama bO’yida joylashgan udmurdlar, mariylar, mordvalar, chuvashlar, tatar va boshqirdlar O’ziga xos tarixiy etnografik rayonni tashkil qiladilar. Tarixiy-etnrafik jihatdan bu xalqlarga Kama bO’yida va Yevropaning shimolida yashovchi mazkur komi-permyak va komiziryanlar yaqin turadi.


Antropologik jihatdan bu xalqlar katta yevropoid irqining turli tiplariga oiddir. Ammo kO’pchiligi yevropoid irqi bilan qisman mongoloid belgilarini O’zida mujassamlashtirgan tiplardir. Til jihatdan butun Volga-Kama xalqlari ikki gruppaga bO’lingan: udmurt, mariy va mordvalar finno-ugor til gruppasiga, chuvash, tatar va boshqirdlar oltoy oilasining turk gruppasiga kiradi.
Vyatka-Kama sohillarida qadimiy davrlardan joylashgan qabilalarning avlodlari hisoblangan udmurtlar (eski nomi votyaklar) hozir 714 ming kishidan ortiq. Ular asosan Udmurtistonda, qisman qO’shni Mariy, Tatariston va Boshqirdiston, Perm, Sverdlovsk va Kirov oblastlarida yashaydilar.
Eramizning I ming yilligi oxirlarida va II ming yilligi boshlarida qadimiy udmurtlarning etnik tuzulishiga Volga-Kama bulg’orlari ma’lum ravishda ta’sir qilgan. 1236 yildan keyin ular mO’g’ul-tatar istilosiga uchraydi va XVI asr O’rtalariga kelib shimoliy qismi Rossiyaga, janubiy yerlari Qozon xonligiga O’tadi. 1558 yili Udmurt eli butunlay Rus davlatiga qO’shilib, O’sha davrdan udmurt xalqi shakllana boshlaydi.
Ilgari cheremislar deb atalgan mariy xalqi (hozir 622 ming kishi) bizning eramizning boshlarida dastlab O’rta Volganing sO’l sohillarida, Vetluga va Vyatka daryolarining oralig’ida yashagan qabilalardan kelib chiqqan. Ular asta-sekin sharqiy rayonlarga siljib hozirgi territoriyani egallab olganlar. Keyingi etnik jarayonda mariylar uch gruppaga bO’linadi. Volganing baland qirg’oqlarida joylashgan tog’lik mariylar, chap qirg’oqdagi tekis O’tloqlarda O’rnashgan yaylov mariylari va sharq tomonidagi qO’shni O’lkalarda (Boshqirdiston, Tatariston va Udmurdistonda, Kirov, Gorkiy, Perm va Sverdlovsk oblastlarida) joylashgan mariylar. Ruslar bilan yaqin aloqa XII asr oxirlaridan boshlanib XVI asrda O’rta VolgabO’yi Rossiyaga qO’shilgandan keyin kuchayib ketgan. XVII-XVIII asrlarda mariylar zO’rlik bilan sharqqa kO’chirilgan va millati shakllangan.
Mordva xalqi (1,2 mln. ga yaqin) nisbatan mayda gruppalarga bO’linib juda keng territoriyada (Mordva ASSR dan Uzoq Sharqqacha) ga joylashgan. Ular O’zining Avtonom Respublikasidan tashqari Kuybishev, Penza, Orenburg, Gorkiy, Ulyanovsk oblastlarida, Volga bO’yi respublikalarida, qisman O’rta Osiyo, Sibir va Uzoq Sharqda yashaydilar. Mordva qabilalari asli Oka, Sura va O’rta Volga daryolari oralig’ida joylashgan. Ular XII asrdan ruslar Bilan yaqin munosabat O’rnatganlar. Mordva xalqi esa eramizning boshlarida ikkita yirik qabila ittifoqi hisoblangan g’arbdagi moksha va sharqdagi erzya etnik gruppalari birikmasidan tashkil topgan va feodalizm davriga kelib etnik jarayon tugallanib xalq shakllangan. Ular shu kungacha O’zlarining an’anaviy madaniyatida ba’zi xususiyatlarni saqlab kelganlar.
VolgabO’yidagi turkiy xalqlarining etnogenezi ancha murakkab. O’rta VolgabO’yi va ayniqsa uning janubiy rayonlari uzoq davr ichida bir necha marta fin tillaridagi qabilalar bilan kelgindi hind-yevropa tilidagi skiflar, alanlar va boshqa qabilalar, keyinchalik turkiy elatlar bilan aralashib ketgan. Dastlab turkiy qabilalar eramizning III-IV asrlarida kela boshlagan va Sharqiy Yevropaga gunnlarning istilosi bilan bog’liqbO’lgan. Volga bO’yi va Ural etaklarida joylashgan turklar mahalliy fino-ugor xalqlarining madaniyati qabul qilgan va ular bilan aralashib ketgan. Eng katta turkiy oqimlar bO’lgan Turk xoqonligi V-VII asrlarda Volga-Ural rayoniga bostirib kirgan, ulardan keyin VII-VIII asrlarda Shimoliy Kavkazdan kelgan bulg’orlar bostirib kirganlar. Ular Volganing chap va qisman O’ng qirg’oqlarini Kama bO’ylarigacha territoriyani egallab mahalliy turk va finno-ugor qabilalari bilan aralashib X asrda Volga Bulg’oriyasi nomli ilk feodal davlotini yaratganlar.
Atrofdagi qO’shni elatlarga siyosiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan zO’r ta’sir O’tkazgan Volga Bulg’oriyasi XIII asrda tatar mO’g’ullari tomonidan tor-mor qilinadi. Quvg’inga uchragan bulg’orlarning ancha qismi Volga bO’ylab shimolga qO’chishga majbur bO’ladilar. Ular tog’lik, mariylar va boshqa mahalliy qabilalar bilan aralashib chuvash (O’z nomi chavash) xalqiga asos soladilar. Chuvash etnonimi ham bulg’orlarning qabilaviy ittifoqlaridan biri bO’lgan suvarlar yoki suvazlar nomi bilan bog’liqdir. XV asrning ikkinchi choragida chuvash yerlari Qozon xonligiga qO’shilgan. Chuvash xalqining etnik shakllanishi jarayoni O’lkaning 1551 yili Rus davlatiga qO’shilganidan keyin kuchayadi. Chuvash millati yuzaga keladi.
VolgabO’yi (Qozon) tatarlarining kelib chiqishida ham bulg’orlar va mahalliy mariy, mordva, udmurdlarining ajdodlari muhim rol O’ynagan. XV asrda Oltin O’rda yemirilib Qozon xonligi paydo bO’lgandan keyin uning etnik turkumida qipchoqlar hukmronlik qila boshlaydi va oqibatda bulg’or tilini kipchoq tili siqib chiqarib tatar etnosiga asos solinadi. Aslida «tatar» sO’zi dastlab VI-IX asrlarda paydo bO’lib, baykalning sharqiyda joylashgan mug’ullarning eng katta qabilalaridan birining nomi bilan bog’liqChingizxon va uning merosxO’rlari davridagi bosqinchilik yurishlar vaqtida tatar nomi bilan Qora dengiz sohillari va Kaspiy dashtlaridagi elat va qabilalarni ataganlar, bu nom keyin butun Oltin O’rdaga tarqalgan. Hozir tatarlar MDH mamlakatlarida eng yirik millatlardan biri bO’lib, son jihatdan (6,3 mln. dan ziyod) oltinchi O’rinni egallaydi. Ular Tataristonning asosiy aholisi (47,7 %i) hisoblansa-da, kO’pchilik (taxminan tO’rtdan uch) qismi O’z avtonom respublikasidan tashqaridan yashaydi. Tatarlar ayniqsa Boshqirdistonda, Chelyabinsk, Perm, Sverdlovsk, Orenburg va Astraxan oblastlarida, Janubiy Sibir va Uzoq sharqda, Qozog’iston va O’rta Osiyoda kO’plab joylashgan.
Hozirgacha bir oz farq qiladigan tatar gruppalari XV-XVI asrlarda tashkil topgan tatar xonliklari (Qozon, Astraxan, Sibir va h.k.) davrida shakllangan edi. Shu asosda O’rta VolgabO’yi va UralbO’yi qozon tatarlari va misharlari, pastki VolgabO’yida astraxan tatarlari, Sibirda krsim va boshqa tatarlar etnografik gruppa sifatida O’zaro bir oz farq qiladi. Etnografik jihatdan extimol qadimiy finno-ugor qabilalaridan biri hisoblangan mesheralarni turklashtirish natijasida yuzaga kelganmisharlar yoki zurlik bilan xristian diniga utkazilgan krzon tatarlarinitng bir qismi kryashenlar va ugoyboklar (nugoy tatarlari) diqatga sazovor.
Boshqalarning kelib chiqishi masalasi xali ham tO’liq hal bO’lmagan. Ba’zi olimlarning ta’rificha boshqird xalqining etnogenezida asosiy rolni IV asrlardan boshlangan «buyuk kO’chish» davrida kelgan turli turkiy qabilalar O’ynagan. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha boshqirdlarning shakllanishida asosiy komponenti mahalliy finno-ugor qabilalari tashkil etgan. Ularning antropologik, urug’-qabilaviy tuzulishi va madaniyati ham boshqird etnik tarixining murakkabligidan dalolat beradi.
Shubhasiz, boshqird xalqinig shakllanishida tub mahalliy eroniy tillardagi sarmatlar va har xil finno-ugor qabilalari bilan bir qatorda Ural etaklarida eramizning I ming yilliklarda kelgan kO’chmanchi turklar muhim O’rinni egallaydi. Ularning etnogenezida bir oz qiyinroq paydo bO’lgan ug’uz-pachanak qabilalari, volga-kama bulg’orlari, qipchoqlar (XI-XIII asrlar) va yarim mO’g’ul qabilalari (XIII-XIV asrlar) ishtirok qilgan. Oltin O’rda yemirilgandan keyin boshqirdlar Qozon, NO’g’oy, Sibir xonliklarining hukmronligiga O’tadi. 1552-1557 yillarda boshqirdlar Rossiya bilan qO’shilgandan sO’ng birikib xalq sifatida shakllana boshlaydi. Hozir 1,4 mln. ga yaqin boshqirdlar asosan O’zining avtonom respublikasida, qisman, qO’shni Chelyabinsk, Perm, Kurgan, Orenburg, Sverdlovsk, Kuybishev va Saratov oblastlarida yashaydilar.
Volga-Kama bO’yidagi xalqlarning qadimiy davrlardan asosiy mashg’uloti dehqonchilik va chorvachilik bilan birga qO’shimcha ovchilik va baliqchilikdan iborat bO’lgan. Ular O’tgan asrda uch paykalli almashlab ekish sistemasiga O’tganlar. Dehqonchilik qurollaridan eng muhimi bir necha xildagi omoch va og’ir yog’och plug (sabon) bO’lgan. XVII asrlargacha boshqirdlar kO’chmanchi va yarim kO’chmanchi darzida turmush kechirib asosan chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Yaylovlarning kamayishi bilan O’troq xolatga O’tib dehqonchilik bilan shug’ullana boshlaganlar. Qadimiy kasblardan asalarichilik ham saqlangan. Keyinchalik O’rmon sanoat paydo bO’lgan.
Sovet davrida Volga-Kama xalqlari iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan har tomonlama rivojlangan. Ayniqsa neft ishlab chiqarish bilan bog’liq og’ir sanoat, tog’ koni, mashinosozlik, metall ishlab chiqarish, qog’oz-sellyuloza va boshqa turli yengil sanoat tarmoqlari paydo bO’ldi, bu sanoatni rivojlantirish bilan milliy ishchi sinfi yetishib chikdi. Qishloq xO’jaligi ham mexanizatsiya, agrotexnika, malakali kadrlar va zur tashkilotchilik tufayli ravnaq topdi.
Ularning moddiy madaniyatida O’rmon xO’jaligining ta’siri juda sezilarli. Uy-joy qurilishidan to pO’zg’op buyumlarigacha O’rmon mahsulotlari ishlatilgan. Volga-Kama bO’yi xalqlarining uylari ruslarnikiga O’xshash yog’ochdan, O’rmonni kesib xodalardan ustma-ust terib qurilgan. Ammo faqat uyni jixozlashda O’ziga xos xususiyat kashf etgan. Yarim kO’chmanchi boshqirdlar qora uy ham tiklaganlar. Qolgan barcha etnoslarning uylari deyarli bir tipda yog’ochdan qurilib oinali va polli, shipsiz, tuynukli va O’rtada O’chog’i bO’lgan. Uy planirovkasi oila a’zolarining soni va boiligiga qarab bir-ikki xonali va xO’jalik hujrasi bilan qO’shib qurilgan. Tatar va boshqirdlarda yog’och supa bO’lgan.
Milliy kiyimlari nihoyatda boy va rang-barang bO’lib, har bir etnosni ajratuvchi asosiy belgisi hisoblangan. Zig’irpoya, kanderpoya va jundan tikilgan turli kiyimlar va ajoyib kashta bilan bezatilgan. Lekin Volga bO’yi fin xalqlarining kiyim-kechaklari ancha ajralib turadi va uzoq O’tmishga xos xususiyatlarini saqlab qolgandir.
Jiddiy qaraganda Volga bO’yi xalqlarining moddiy madaniyatida bir tomondan shimoliy va g’arbiy etnoslarning ta’siri, ikkinchi tomondan, sharqiy xalqlar, jumladan O’rta Osiyoliklarning ta’siri seziladi. Ayniqsa udmurt, mariy, mordva va shimoliy chuvashlar ruslarning ta’sirida umumiy moddiy madaniyat belgilari ega bO’lsa tatar, janubiy chuvash va boshqirdlar qO’shni Osiyoliklarga yaqin umumiy belgilarga ega bO’lganlar. Volga bO’yi xalqlarining Rossiyaga qO’shilish natijasida ularning hayotida ilg’or rus madaniyatining ta’siri ancha kuchayib borgan.
VolgabO’yining pastki qismida joylashgan qalmiqlar asli MO’g’ulistonning Jungariya O’yratlaridan kelib chiqqan. Ular XVI-XVII asrlarda Volga quyi oqimiga kO’chib kelib inqilobgacha kO’chmanchi bO’lib yashaganlar. Hozir ular O’z respublikasidan tashqari qisman Astraxan, Volgagrad va Rostov oblastlarida, Stavropol O’lkasida ham yashaydilar. Boy folklor, xalq musikasi, O’yini va amaliy san’ati, ayniqsa kashtachilik, yog’och uymakorligi, badiy tikuvchilik ancha rivojlangan.
Region aholisi diniy jihatdan ikki guruhga bO’lingan: musulmonlar va xristianlar. Islom dini tatar va boshqirdlar orasida tarqalgan; xristian dini Volga bulg’oriyasining davlat dini hisoblangan va Volga bO’yi Rossiyaga qO’shilgandan sO’ng keng tarqalgan. Ammo mahalliy qadimiy dinlarga sig’inishni davom ettirganlar, shamanizm va sehrgarlik tasavvurlari saqlangan.

ADABIYOTLAR:



  1. И. Жабборов «Жаhон халqлари этнографияси». Т.1985.

  2. Брук С.И. «Население мира» М. 1986

  3. 3.Народы мира. М. 1988.

  4. Этнография. М. 1982

TAYANCH IBORALAR:

  1. Votyax.

  2. Cheremis.

  3. Kavash.

MAZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:





  1. Vyatka-kama sohillarida yashagan qadimiy qabilalar.

  2. VolgabO’yidagi turkiy xalqlar etnogenezi.

  3. VolgabO’yining pastki qismida joylashgan xalqlar haqida.

MAVZU: № 25. ROSSIYANING SIBIR VA UZOQ SHARQ XALQLARI.


REJA:
Sibir xalqlarining etnik tarkibi, aholisi va joylanishi.


Sibir xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Sibir xalqlarining xO’jalik va madaniyati.

Sibirning bepayon dashtlari, tayga va O’rmonlarida qadimdan 30 dan oshiq turli elat va etnografik gruppalar yashaydi. Ular fanda xO’jalik madaniy xususiyatlariga qarab bir necha tarixiy etnografik oblastlarga bO’lingan:


Janubiy Sibirning O’rmon dasht qismi;
G’arbiy Sibirning Tayga va Tundra bO’yi zonasi;
Oltoy-Sayan qismi;
O’rta Sibir;
Amur-Primorye O’lkasi va Shimoli-sharqiy chekka qismi.
Son jihatdan nisbatan kam hisoblangan mahalliy (umumiy aholisi hozir 25 mln.dan ortiq bO’lsa, mahalliy tub elatlar taxminan 1 mln. dan kO’proq) juda katta territoriyaga joylashgan. Masalan, 328 mingdan ortiq aholiga ega bO’lgan yoqutlarning Avtonom Respublikasining hozirgi territoriyasi Fransiya territoriyasiga nisbatan olti xissa katta, yoki Buryat Avtonom Respublikasi tub aholi soni 353 ming kishidan iborat bO’lib egallagan territoriyasi Buyuk Britaniyaga bir yarim baravar keladi. Ular O’zlarining milliy avtonomiyasiga ega bO’lib, hozir Sibir va Uzoq Sharqda uchta Avtonom Respublika, uchta avtonom oblast va tO’qqizta avtonom okrug mavjud.
XO’jalik-madaniy xarakteristikasi nuqtai nazardan Sibirni ikkiga bO’lib turgan Yenisey daryosining janubida dehqonchilik va chorvachilik xO’jaligi O’rta va Quyi Ob daryosi bO’ylarida ovchilik, eng shimoliy qismida Tundra bug’uchiligi, Yenisey va Lena daryolari O’rtaligida tayga bug’uchiligi va ovchilik xO’jaligi ajralib turadi. Sayan-Oltoy tayga tog’liklarida barcha mazkur xO’jaliklarni mujassamlashtirgan O’ziga xos etnografik dunyoni kO’rish mumkin. Amur-Primorye rayonida ham maxsus etnografik xususiyatlarga ega bO’lgan baliqchilik va ovchilik xO’jalik tipini uchratamiz. Chutko-Kamchatka rayonida esa «paleoosiyo» madaniyati bilan bog’liqmaxsus ovchilik va bug’uchilik tipi diqqatga sazovor.
Shuni alohida qayd qilish lozimki, Sibir qadimdan ruslarni O’ziga jalb qilib kelgan. Bu yerga XVI asrdan boshlab yangi yerlarni ochuvchi ruslar tomonidan yO’l ochib berilgan edi. Bir asr O’tmay sibirga kelgan ruslarning soni 150 mingdan oshib ketgan va mahalliy tub aholi soniga yaqinlashgan. Hozirgi davrda Sibirda yashovchi 25 millionli aholining deyarli 90 %i yoki O’ndan tO’qqiz qismi ruslar (22 mln.), ukrainlar (1 mln.) va beloruslar (200 ming). Ular bu gO’zal O’lkaning barcha boyliklarini barcha xalqlar manfaatlari uchun O’zlashtirib, asrlar davomida ezilib, ibtidoiy jamiyat darajasida yashab tub aholini chinakam taraqqiyot yO’liga olib chiqdilar. Albatta, bu davrda rO’y bergan ajoyib iqtisodiy, cotsial va madaniy O’zgarishlar kO’p millatli Sibir aholisining an’anaviy turmush tarzini mutlaqo yuqotib yubormadi. Aksincha, uni milliy madaniyatlarini yana ham ravnaq toptirdi va boyitdi.
Ushbu bO’limda etnografik jihatdan uziga xos xususiyatlariga ega bO’lgan bir mln.li tub aholi vakillari mahalliy etnoslarning ta’rifi beriladi. Lingvistik jihatdan Sibir xalqlari bir necha til oisi va turkumlariga ega. Birinchi O’rinda eng kO’p sonli Oltoy til oilasiga kiradigan elat va xalqlar turadi. Ularni uch turkumga bO’lish mumkin: turkiy, mO’g’ul va tungus-manjur tillari. Eng katta turkiy til turkumiga oltoy-sayan xalqlari (oltoyliklar, tuvaliklar, xakaslar, shurlar, chulimlar, tufalar yoki qoragaslar), G’arbiy Sibir tatarlari (barabin, ishim va tobolliklar), Shimoliy Sibirdagi yoqutlar va dO’lganlar kiradi. MO’g’ul til turkumiga faqat buryatlar kiradi. Tungus-manjur tillarida evvenk (tungus) lar va ularga yaqin even (lamut)lar, Quyi Amurda va Ussuriy O’lkasida yashovchi nanay (gold)lar ulchilar, O’rO’chi va udegeylar, Saxalindagi O’rO’kilar gapiradi. G’arbiy Sibirda yashovchi xanti-mansilar, samodiy xalqlari (nenets, enets va selkuplar) ural til oilasiga oid kam sonli elatlardir.
Eng qadimgi Osiyo xalqlariga (odatda «paleoosiyo» deb ataydilar) yuqorida tilga olingan turkumlarga kirmaydigan shimoliy-sharqiy Sibirda yashovchi itelmenlar, chukchalar, koryaklar, kalima yukagirlari kiradi. Paleoosiyo til turkumiga Amur quyi oqimida va Saxalinda joylashgan nivxa (gilyak) anlarni ham kiritadilar. O’rta Yeniseyda yashovchi ketlarni bir vaqtlar juda keng tarqalgan mustaqil Yenisey til oilasiga oid deyish mumkin. Qisman Chukotka va Vrangel orolida yashovchi eskimos va aleutlar O’ziga xos til oilasini tashkil qiladi.
Antropolog jihatdan Sibir xalqlari asosan mongoloid irqiga oid. Ammo Yeniseyning g’arbida yashovchi aholida yevropoid irqining ta’siri sezilarli.
Sibir xalqlarining kelib chiqishi va shakllanish tarixi eng qadimgi yuqori paleolitga borib taqaladi. Neolit davri (eramizdan avvalgi IV-II ming yilliklar) ga kelib ibtidoiy ovchi va baliqchi elatlar Amur, Yenisey, Lena va Ob kabi yirik daryo vohalarini, Kamchatka va Chukotkani ichkari sohillarini ham egallab olganlar. O’sha davrdan hozirgacha yetib kelgan til turkumlari paydo bO’lgan. Bugun sharqiy Sibirni Yeniseydan Oxota dengizigacha egallab olgan «paleoosiyoliklar» bir necha mustaqil etnolingvistik birikmalardan iborat edi. Ular O’z navbatida turli tilda gapiradigan mayda turkumlarga bO’lingan. Amur vohasining ancha qismini gilyaklar, Oxot dengizi va qisman Chukotkani koryak va chukchalarning ajdodlari, Kamchatka va Bering qirg’oqlarini eskimoslar, Ob va Yeniseyning yuqori oqimini ketlarga qardosh qabilalar, yuqori Lena va Baykal bO’ylarini yukagirlar egallagan edi. Ural ortida, ya’ni Ob daryosining pastki va O’rta oqimlarida eramizdan avvalgi V-III ming yilliklarda ural til oilasiga oid ugor xalqlari (xanti-mansi) ham samodiylar joylashgan. Mazkur elatlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Janubiy Sibir dashtlarida neolit davrida turli ovchi qabilalari daydib yurganlar. Eramizdan avvalgi III ming yilliklar bu yerda g’arbdan kelgan yevropoid tipidagi chorvachilik bilan shug’ullanuvchi elatlar paydo bO’ladi. Keyingi ming yilikda Janubiy Sibirni andronov madaniyati tipidagi O’troq davlatchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi bronza elatlari egallaydi. Eramiz boshlarida bu yerga oltoy til oilasiga oid turkiy va tungus qabilalari bosib kiradi. Ehtimol ular Sayan-Oltoy va Baykal bO’ylaridan kelgan. Baykal atroflarida mO’g’ul tilidagi buryatlarni ham ajdodlari yashagan.
Eramizning VI-X asrlarida qadimgi turkiy elatlar Ob va Yeniseyning yuqori qismidagi Baykal kO’li atrofida juda keng territoriyani egallab olganlar. O’sha davrda evenklarning tungus ajdodlari Sharqiy Kavkazorti, Amur vohasi va O’rta Sibirga tarqalgan. MO’g’ul istilosidan keyin bu yerdagi turkiy elatlarning bir qismi Lena daryosining O’rta oqimiga kO’chib mahalliy «paleoosiyo»liklar bilan aralashib yoqut xalqiga asos solgan. Mazkur murakkab etnik jarayon keyingi asrlarda ham qisman davom etib kelgan. Uning mohiyatini tO’liqroq tasavvur qilish uchun ayrim yirik xalqlarning etnogenezi va etnik tarixi ustida qisqacha tO’xtab O’tish zarur.
Sibirning nisbatan eng kO’p sonli xalqlaridan yoqutlar (325 ming) qadimiy etnoslardan biri hisoblanadi. Ular O’zlarini «Saxa» deb ataydilar va Yoqutistonning tub aholisi bO’lib, Lena daryosining O’rta oqimida, janubiy Odan va Vilyuyada, qisman Olekmaning quyi oqimi va Shimolning chekka rayonlarida joylashgan. Ayrim guruh yoqutlar Krasnoyarsk O’lkasining shimolida, Magadan, Saxalin va Amur oblastlarida ham yashaydilar.
Yoqut etnosi asli eramizning II ming yilligining birinchi yarmida Lena daryosining O’rta okimi xavzasida Baykal sohillaridan kelgan turkiy kabillarning mahalliy paleoosiyo va tungus tillaridagi elatlarni O’ziga singdirib yuborishi natijasida paydo bO’lgan. Eng oxirgi elatlarning kO’chib kelishi XIV-XV asrlarda rO’y bergan. XVII asrlarda yokutlarning katta gruppalari Lena, Yana, Indigirka va boshqa yirik daryolarning vodiylariga yoyilib maxaliiy qabilalar bilan aralashib ketganlar. Yokutlarning etnik konsolidatsiyasi XVII asrlarning 20-30 yillaridan, ya’ni O’lkani Rossiyaga kushilish davridan keyin tugalaniladi va millat bO’lib shakllanadilar.
Ikkinchi yirik xalqlaridan buryatlar (353 ming kishi) XVII asrda turli mO’g’ul qabilalari (bulag’atlar, exiritlar, xorinlilar va xO’ndO’rlar)dan tashkil topgan, ularga keyin boshqa mO’g’ul qabilalari va qisman evenklar qO’shilgan. Inqilobdan ilgari buryatlar ikki qismga bO’lingan: g’arbiy O’troq chorvadorlar va dehqonlar (pravoslav dinida) hamda sharqiy (Zabaykalye) kO’chmanchi chorvador qismi (lamaizm dinida). Faqat XX asr boshida urug’ qabilachilik munosabatlari tugatilib, butun buryat xalqi O’troq xolatga O’tgan hamda Buryatiya Avtonom Respublikasi tashkil topgan, undan tashqari Irkutsk va Chita oblastlari maxsus avtonom okruglarga ega.
O’tmishda uryanhayliklar, soyotlar yoki sayanlilar deb nom qozongan hozirgi tuvaliklar (166 ming kishi) ning kelib chiqishi asli VII-VIII asrlardagi O’rxun-yenisey yozuvlarini yaratgan turkiy qabilalar bilan bevosita bog’liqbO’lgan. Ularning etnogenezida samodiy qabilalari ham qisman ishtirok qilgan. Yoki ilgari notO’g’ri O’yrO’tlar deb atalgan oltoy xalqi (60 ming) ham qadimiy samodiy, ket, ugor va turk qabilalarining uzoq davr davomida aralashib ketishi natijasida, janubiy oltoyliklar esa Sayan-Oltoy qadimiy turklari (VI-VIII asrlar) bilan kO’chib kelgan mO’g’ul qabilalari (XIII va XVI-XVIII asrlar) bilan arlashishi oqibatida paydo bO’lgan edi. Hozir oltoyliklar Yuqori Ob daryosi havzasidagi va Oltoy tog’i oralig’idagi vodiylarda yashaydilar va O’zining avtonom oblastiga ega. Boshqa shimoliy xalqlarning ham etnogenezi va etnik tarixi shunday murakkab.
Sibirning tabiy-geografik sharoitiga moslashgan xolda qadimdan bir necha xO’jalik-madaniy tiplar paydo bO’lgan. Oltoy-Sayandagi buryatlar, G’arbiy Sibir va Lenaning O’rta oqimida joylashgan yoqutlar chorvachilik va dehqonchilik xO’jaligini yaratganlar. Buryatlar kO’chma chorvachilikka ega bO’lib, ot, qO’y, va tuya boqanlar. Baykal bO’yi buryatlari yarim kO’chma chorvachilikni O’troq dehqonchilik xO’jaligi bilan birga olib borganlar. XIX asrlardan boshlab ruslarning ta’siri ostida dehqonchilik xO’jaligi ancha rivojlangan. Oltoyning toyli va tayga rayonlarida yashovchi aholi ovchilik bilan shug’ullanganlar. Yoqutlar yaqin davrgacha yarim kO’chmanchi chorvachilik (qoramol va yilqichilik) bilan bir qatorda baliqchilik va ovchilik (gO’sht va qimmatbaho teri mahsulotlari yetkazish) xO’jaligiga ega bO’lganlar, shimoliy yoqutlar esa qisman bug’u ham saqlaganlar.
Katta-kichik daryo vohalarida va tamoqlarida, dengiz sohillarida joylashgan nanay, ulchi, nivxi, koryak, itelmen, xanti-mansi va janubiy selkuplar O’troq baliqchi xO’jalik tipi vakillaridir. Ularning butun hayoti va tirikchiligi baliqchilik va qisman ovchilik bilan bog’liqbO’lgan.
Sharqiy Sibirda yashovchi evenk, even, dO’lg’an, tufalar, O’rmon nenetslari, selkup va udegeylar ovchilik, bug’uchilik xO’jalik bilan shug’ullanganlar. Ularning asosiy kasbi ovchilik bilan bug’uchilik bO’lsa-da, qO’shimcha baliqchilik bilan ham shug’ullanganlar. KO’chmanchilik bilan turmush kechirgan mazkur elatlar bug’ulardan yuk tashish va transport sifatida foydalanganlar, yengil qayiq, chana va changi ham transport sifatida ishlatilgan.
Nenets, chukcha va koryaklar tundra bug’uchilik xO’jaligiga ega bO’lganlar. Ular qishda Tayga chekkalariga, yozda dengiz sohillariga, kuzda yana Tayga tomon yil bO’yi bug’ilari bilan kO’chib yurganlar. Tundra bug’uchilari ikki, tO’rt yoki besh bug’u qO’shilgan yengil chana(narta)larda kO’chmanchilik qilib hayot kechirganlar.
Sharqiy-shimoliy Sibirda, asosan Chukotka sohillarida yashovchi eskimoslar, O’troq chukcha va koryaklar dengiz hayvonlariga ov qiluvchi arktikaliklar xO’jalik tipini tashkil qiladilar. Ular yil bO’yi morj va tyulenlarga sanchqi bilan ov qilganlar. Yoz paytlarida yengil teri bilan O’ralgan yog’och qayiqlarda, qishda it qO’shilgan chanalarda ovga chiqqannlar.
Sibir xalqlarining moddiy madaniyati ularning xO’jalik faoliyatiga moslashgan. Chorvachilik bilan mashg’ul aholi kO’chma va O’troq tipdagi uylarda yashaganlar. Buryat va oltoylar konus shaklidagi kigiz yopilgan O’tov uylarda, yoqutlar daraxt qobig’i yopilgan O’tovsimon «yarasa» nomli uylarda yashaganlar. O’troq aholi yog’och uylar ham qurganlar. Baliqchilik bilan shug’ullanuvchi elatlar O’tmishda yer tO’lalarda, keyin xitoycha franza tipidagi tO’g’ri burchakli yog’och uylarda istiqomat qilgan. KO’chmanchi ovchi va bug’uchi nenets va evenklarda kO’chirishga qulay bO’lgan teri yoki daraxt qobig’i bilan berkitilgan konus kapa shaklidagi chayla («chum») tiklangan. Eskimos va chukchilarda yertO’la shaklidagi muzdan tiklangan uylar mavjud. Hozirgi davrda barcha Sibir xalqlari zamonaviy uylarga ega. KO’chma xO’jalik bilan shug’ullanuvchi aholi ancha qulay issiq va yorug’ palatkalar bilan kO’chib yuradilar.
Chovachilik va dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholining an’anaviy kiyimlari teri va matodan turli xilda tikilgan chopon va pO’stinlar, kO’ylak vav ishtonlar, etik va qalpoqlardan iborat bO’lgan. O’troq baliqchilar baliq terisidan, bug’uchilar va ovchilar bug’u va boshqa hayvonlarning terisidan kiyim ham poyabzallar tikkanlar. Erkak va ayollarning kiyimlari uncha farq qilmagan. Arktika ovchilarida teridan ikki qavat qilib boshdan-oyoq yaxlit tikilgan kiyim bO’lgan.
Ularning ijtimoiy tuzumda hatto ona urug’i davriga oid sarqitlar, (matrilokal nikoh qoldiqlari, avonkulat, ya’ni ona tomonidagi tog’aning maxsus roli, fratriy tashkiloti va boshqa ibtidoiy, ijtimoiy va oilaviy turmush odatlari) saqlanib kelgan. Shimoliy xalqlarda tog’-tayga va oltoy-sayandagi elatlarda patriarxal urug’chilik munosabatlari hukmronlik qilib kelgan. Xanti-mansi, selkup, evenk, nivxi kabi elatlarda urug’-jamoa tuzumi yemirilib sinfiy jamiyatga O’tish jarayoni boshlangan. Buryat, otloy va yoqutlarda esa ilk patriarxal feodal munosabatlari O’rnatilgan edi.
Sibir xalqlarining kO’pchiligi yozuvsiz nihoyatda qoloq madaniyatga ega bO’lganlar. Ularning manaviy hayotida urug’ va oila arvohlariga, tabiat kuchlariga sig’inish kabi ibtidoiy dinlar hukmronlik qilib kelgan. G’arbiy Sibir tatarlari dastlab shomanizm kabi ibtidoiy dinlarga itoat qilganlar, faqat XVI asrda islom diniga O’tganlar. Buryat va qisman oltoy xalqlarida buddizm dini keng tarqalgan.
Butun Sibir xalqlarida eng keng tarqalgan diniy e’tiqod shamanizm edi. Shamaniylik dinining asosiy xususiyati shundan iboratki, shomon zikrga tushib O’zini asabiylashtirib jazavasi tutgan holda xomiysi va yordamchisi hisoblangan arvohlar bilan bevosita munosabat qilish qobiliyatiga ega emish. U arvohlarni ishga solib kasallarni davolash, ochlik va turli musibatlarni tugatish bola tug’ilish, ovda va kasb-hunarda muvoffaqiyat keltirish yoki dushmanlarni mag’lubiyatga hukm qilish kabi ishlarni «amalga oshirgan». Itelmen qabilalarida hamma shamanlik qila bilgan. Chukchalarda, masalan, professional shamanlardan tashqari, har bir oila boshlig’i shamanlik marosimini oila bayramlarida O’tkaza bilgan. Yukagir, xanti-mansi, evenk va buryatlarda shomonlik maxsus mutaxasislik hisoblangan va merosiy kasbga aylangan. Buryatlarda buddizm ta’sirida shomonizm nihoyatda murakkablashib ketgan.
Sibir xalqlarida boshqa ibtidoiy diniy tasavvurlardan oilaviy-urug’ ajdodlariga, ayiq va boshqa hayvonlarga sig’inish odatlari uzoq davr saqlangan. Masalan nivxa xalqida ayiqqa sig’inish urug’ ibodati darajasiga kO’tarilgan. Nenetslarda shomoniylik asosiy diniy e’tiqod hisoblansa-da, ammo homiylik vazifasini bajaruvchi oilaviy arvohlarning tasviri yasalib oila boshlig’ida saqlangan. Ular hatto ovchilik va baliqchilik homiylari-«syadey»larga qurbonliklar keltirganlar.
Chor hokimiyati O’z hukmronligini tO’liq O’rnatish va mahalliy aholining butunlay buysundirish maqsadida XVIII asrdan boshlab missionerlik faoliyatini kuchaytirgan edi. Sibirning xristianlashtirish ancha qiyinchilikda asosan zO’rlik bilan amalga oshirilgan. O’lkaning kO’pchilik aholisi XIX asr oxirlariga kelib pravoslav diniga utkazilgan bO’lsa-da, asli mahalliy diniy tasavvurlar yO’qolmagan, aksincha tub aholining dunyoqarashi va xatti-harakatiga zO’r ta’sir qilib kelgan.
Nihoyatda uzoq Shimolning chekka O’lkalaridagi xalqlarning, bepayon Tayga va Tundrada daydib yurgan elatlarni yangi hayotga jalb qilish ancha murakkab masala edi. Bu yerda Rossiyaga nisbatan 7-8 yil keyin amalga oshirildi. Uzoq Shimolda milliy (keyin avtonom) okruglar faqat 1929-1931 yillarda paydo bO’lgan. O’sha davrlarda oddiy ishlab chiqarish birliklari (ppo) paydo bO’lgan. 30 yillardan boshlab, ular kolxozga aylantirilgan, 60 yillardan boshlab barcha kasb-hunar artellari ommaviy ravishda sovxozga O’ta boshladi. Hozir Shimoliy rayonlardagi tub aholining 70 %i qishlokda yashaydi.
Ammo urbanizatsiya jarayoni Sibirda ancha kuchaygan. 1970 yili butun shimoliy nenetslarning 68 %i shaharlarda joylashgan, xantilarning 66,5 %i, chukchalardan 62,6 %i shaharliklar. Shimoliy xalqlarning shaharga migratsiyasi ularning turmush sharoiti va madaniyati, mehnat xarakteri, bilim darajasi, ijtimoiy-madaniy saviyasi O’zgarganligi, yangi ehtiyojlar paydo bO’lganligining oqibatidir.
Sibir xalqlarining hozirgi madaniy darajasi ularning ta’lim saviyasi bilan bog’liq. Masalan, Shimoliy xalqarning 1926 yilda 90 % i savodsiz bO’lgan bO’lsa, hozir kO’pchilik aholi O’rta va tO’liqsiz O’rta bilimga ega. Hozirgi davrda ularni yana ham yuqori ta’lim-tarbiya darajasiga kO’tarish uchun tO’liq davlat ta’minotiga O’tgan maktab-internatlar, maxsus O’quv yurtlari va boshqa sharoitlar yaratilgan. Hullas, XX asr boshlarida Sibir xalqlari va etnik gruppalar chinakkam taraqqiyot yO’liga O’tdilar. Ular patriarxal qoloqlikdan taraqqyot qurulishiga tortildilar. Asrlar davomida ezilib kelgan xalq va elatlar tarixan qisqa muddat ichida iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan nihoyatda katta-katta yutuqlarni qO’lga kiritib, mazmunan, shaklan milliy madaniyat yaratdilar. Ajoyib xalq san’ati sohalari-uymakorlik, ayniqsa suyak, shox va yog’ochdan haykalchalar hamda har xil badiiy buyumlar yasash, badiiy tikuvchilik, maxsus O’yinlar va ashullalar yana ham ravnaq topdi. Hozirgi davrda Sibir eng rivojlangan yirik sanoat, ilm-fan va madaniyat markazlaridan biriga aylandi.

MAVZU: №-26. BOLTIQBO’YI XALQLARI


REJA:
Boltiq bO’yi xalqlarining geografik joylanishi, va etnik tarkibi.
Boltiq bO’yi xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Boltiq bO’yi xalqlarining madaniyati.
Rossiyaning Yevropa qismida slavyanlardan tashqari O’ziga xos moddiy va ma’naviy madaniyat yaratgan turli xalq va elatlar yashaydi. Ular asosan chekka territoriyalarda joylashgan: Boltiq bO’yi, shimoliy oblastlarning bir qismi, O’rta Povoljye, Prikamye va janubi-g’arbiy rayonlarda. KO’pchilik xalqlar sharqiy slavyanlar bilan qO’shni bO’lganligi tufayli ularga O’zaro ta’sir qilib turganlar va kO’p tomondan umumiy belgilarga egadilar. Antropologik jihatdan noslavyan xalqlari asosan katta yevropoid irqining turli tiplariga oid. Ammo Volga bO’yi xalqlari-mariylar, udmurtlar, chuvashlar, tatar va ayniqsa boshqirdlar orasida, qisman shimoldagi loparlarda mongoloid belgilari seziladi.
Til jihatdan noslavyan xalqlar bir necha turkumga bO’linadi. Eng kO’pi finno-ugor turkumiga tegishli fin tilida gapiradigan estonlar, karellar, livlar, venslar, saamlar, udmurtlar, mordvarlar, komi-ziryan va komi-permyaklar. Litva, latish xalqlarining tillari hind-devropa til oilasining maxsus letto-litva shohobchasiga, moldovanlar esa roman turkumiga tegishli. Bu yerda turkiy tilda gapiradigan xalqlar chuvashlar, tatarlar, boshqirdlar, gagauz va karaimlar yashaydi. Qalmiqlar esa oltoy til oilasining mO’g’ul shahobchasiga kiradi.
Mazkur xalq va elatlarning etnogenezi va etnik tarixi ham turlicha. Shuning uchun tarixiy madaniy jihatdan ular bir necha oblastlarga bO’linib O’rganiladi. Shularning ichida tarixiy, etnik va madaniy jihatdan ancha umumiy belgilarga ega bO’lgan Boltiq bO’yi xalqlari ajralib turadi.
BoltiqbO’yida asosan uchta xalq yashaydi: litvaliklar (O’z nomi «listuvyan»), latishlar («latviyeshi») va estonlar (O’z nomi «eyestlased»). Litvaliklar O’z respublikasidan tashqari qO’shni Latviya, Belorusiya va Rossiyaning shimol-g’arbiy qismida, chet ellarda AQSH, Kanada, Urug’vay, Argentina, Avstraliya va Polshada (jami 320 minga yaqin emigrant) yashaydi. Latishlar ham qisman qO’shni rayonlarda (Estoniya, Litva, Rossiya va Belorusiyada) joylashgan. 60 minga yaqin latishlar AQSH, Kanada va Avstraliyada yashaydi. Estonlar esa asosan O’z respublikasida va ozgina qismi tashqarida (Sankt-Peterburg, Pskov va Omsk oblastlari, Latviya, Ukraina va Abxaziyada) joylashgan.
Boltiq bO’yiga odam eng qadimiy davrlardan kelib joylashgan. Bronza davridayoq (eramizdan avvalgi 2 ming yilliklar) hozirgi Latviya territoriyasiga janubdan qadimgi ajdodlari-letgollar, sellar, zemgallar va kursheylar kelib tarixiy jihatdan hali aniqlanmagan mahalliy elatlar bilan aralashib ketgan. Latish xalqining shakllanishi XII-XIII asr boshlaridagi nemis salbchilari istilosi tufayli tO’xtab qolgan va faqat XVI asr boshlariga yetib tugallangan. XIX asrning O’rtalarida Latish burjua millati shakllanadi. Qadimiy etnik gruppalardan latgallar bir oz madaniy-maishiy xususiyatlarini saqlab qolganlar. Latishlar bilan tO’liq aralashib ketgan mayda etnik gruppa-livlar kundalik maishiy hayotida ba’zan eski tilidan foydalanadilar.
Litva xalqining qadimiy ajdodlari ham Nyamunas va Daugava daryolari havzasiga eramizdan avvalgi 2 ming yillikning boshlarida kirib kelgan turli baltika qabilalaridan iborat bO’lgan. Asli litva etnosi IX-XII asrlarda shakllana boshlagan va uning shakllanishi va mazkur qabilalardan tashqari litva yoki aukshtayt elati, jmud yoki jemayte, skalva, nadrava, qisman yatvyaglar, kursheylar va zemgallar ishtirok etgan. Etnik konsolidatsiyaning paydo bO’lishiga XIII asrning birinchi yarmida tuzilgan Litva davlati va Tevton ordeni olib borilgan kO’p asrlik kurash muhim rol O’ynagan edi. 1795 va 1815 yillar Litva tuprog’ining asosiy qismi Rossiyaga qO’shilgan. Litva burjua millati ham latishlar singari XIX asr O’rtalarida shakllangan.
Latviyaning shimolida qadimiy davrlardan eston xalqining ajdodlaridan rus solnomalarida tilga olingan chud nomli fin tilida gapiradigan qabilalar yashagan. Ular hozirgi Estoniya territoriyasida eramizdan avvalgi 3 ming yillikda paydo bO’lganlar; keyinroq baltika, skandinav qabilalari, I ming yillik oxirlaridan sharqiy slavyan elementlari kelib aralashib ketgan eston xalqining negizini tashkil qilgan.
Eston xalqining etnik jarayonida ishtirok qilgan setu yoki setikez nomli etnografik gruppa hozirgacha ajralib turadi. XIII asrlardagi nemis istilochilariga qarshi ozodlik kurashi milliy jipslashish jarayonini kuchaytirgan. 1710 yilgi Shimoliy urushdan keyin Estoniya Rossiyaga qO’shib olingan va O’sha davrdan eston burjua millati shakllana boshlagan.
Boltiq bO’yi xalqlari maishiy turmushi, moddiy va ma’naviy madaniyatining shakllanishida bir tomondan sharqiy slavyan xalqlarining, ikkinchi tomondan g’arbdagi qO’shnilari-nemis, shved kabi german xalqlarining ta’siri O’tgan. Ayniqsa sharqiy slavyan xalqlari bilan uzoq davrlar davomida boltiq bO’yi xalqlari yaqin munosabatda bO’lganligi tufayli O’zaro madaniy ta’sirlari kuchli bO’lgan. XIII asrda Litva buyuk knyazligining paydo bO’lishi va unga sharqiy slavyan yerlarining bir qismi O’tishi natijasida hatto uch asr davomida rus tilini davlat tiliga aylantirgan edi. Keyin Litvaning Polshaga qO’shilishi natijasida bu yerda polyaklarning ta’siri kuchayadi va katolik dini tarqaladi.
Eng qadimiy davrlardan BoltiqbO’yi aholisi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan. Baltika sohillarida va orollarida baliqchilik muhim soha hisoblangan. Sanoat asosan krepostnoy huquq ta’qiqlangandan sO’ng rivojlana boshlagan. Burjua respubliklar davrida BoltiqbO’yi G’arbiy Yevropa imperialistik davlatlarining agrar mahsulot bazasiga aylangan. Hozirgi davrda Estoniya, Litva va Latviya yuksak rivojlangan sanoat va qishloq xO’jaligiga ega bO’lgan eng ilg’or industrial-agrar respublikalardan hisoblanadi.
Sanoatning gurkirab O’sishi shahar aholisining kO’payshiga olib keldi. BoltiqbO’yi shaharlarining kO’pchiligi kO’p asrlik tarixga ega. Feodalizm davrida, ayniqsa Latviya va Estoniyada, shaharlarda asosan nemislar yashagan va ularning qO’lida hunarmandchilik ham savdo markazlashgan. Kapitalizm paydo bO’lishi bilan shaharlar mahalliy tub aholi hisobiga O’sa boshlaydi. Hozir shahar aholisi Qishloq aholisiga nisbatan ancha kO’p.
Qishloqlari qO’shni slavyanlarnikiga O’xshash zich uylar yoki xutor (qO’rg’on) tipidagi xovlilar turkumidan iborat. QO’rg’onlar ayniqsa Estoniya va Latviyada nemislarni ta’sirida zO’rlik bilan tarqoq qurilgan, chunki tarqoq dehqonlarni buysundirish qulay bO’lgan. Uylari asosan yog’ochdan ikki xonalik va daxlizlik qilib qurilgan. Estoniya va shimoliy Latviyada O’ziga xos somon tomli va pechkali baland yog’och uylar-bostirma keng tarqalgan. Uning hususiyati uyga qO’shilgan maxsus somon quritadigan va xO’jalik xonalari kompleksining mavjudligidir. Kapitalistik munosabatlarning paydo bO’lishi bilan boy oilalar shahar tipidagi g’ishtli uylar qura boshlagan.
BoltiqbO’yi xalqlarining an’anaviy milliy kiyimlari feodalizm davrda paydo bO’lgan. Ular faqat uyda tO’qilgan matodan tikilgan. Erkaklar kiyimining shakllanishida qO’shni nemislarning shahar madaniyati zO’r ta’sir O’tkazgan. Rang-barang xilma-xil ayol kiyimlari ayniqsa chiroyli bO’lgan. Ayollarning milliy kiyimlari asosan turli yubka, kofta, rO’mol, etakcha va bezaklardan iborat. Butun BoltiqbO’yi aholisida bir necha xildagi an’anaviy kompleks kiyimlar mavjud bO’lgan. Keyingi davrida fabrika mahsulotlari kO’payib milliy kiyimlar kamaygan.
Burjua respublikalari davrida nemis baronlari va Polsha pomeshchiklari tomonidan O’rnatilgan milliy va sinfiy zulmning oyufligiga qaramay Boltiq bO’yi xalqlari O’zlarining qadimiy madaniyatini sekin bO’lsada rivojlantirib kelgan. Milliy intellegensiyani O’tgan asrdagi O’z madaniyatini qayta tiklash yO’lidagi kurashi zoye ketmadi. O’sha davrda milliy folklorning moddiy-madaniy namunalarini O’rganish ancha kuchaygan va noyob yodgorliklar tadqiq qilingan edi. Ammo hukmron sinflarning madaniyatida provensial nemis an’analari, polyak shlyaxtalari va katolik ruhoniylari urf-odatlarining ta’siri kuchli bO’lgan.
Butun xalqning ma’naviy madaniyatiga xristian dinining ham ta’siri O’tgan. Boltiq bO’yi aholisi uchta diniy yunalishga itoat qilgan. Katoliklar ilgari Polshada uzoq vaqt hukmronlik qilgan rayonlarda, Litva va Sharqiy Latviyadagi latgallarda tarqalgan. Lyuteranlik XVI asrdan boshlab nemis ruhoniylari tomonidan estonlar va g’arbiy latishlar orasida zO’rlik bilan O’rnatilgan. Rus oblastlariga yaqin joylashgan aholi provaslav diniga O’tgan.
Keng xalq ommasi milliy madaniy an’analarining kO’p tomonlarini saqlab, rivojlantirib kelgan. Ayniqsa hozirgacha yetib kelgan amaliy san’at namunalari diqqatga sazovor. Bugungi kunda milliy amaliy san’at va xalq xunarmandchiligini professional kasb bilan chatishib ketgan. Masalan, yog’och haykaltaroshligi, qahrabo mahsulotlari ishlab chiqarish, badiiy tO’qmachilik va kashtachilik, teri va sopol buyumlari ishlab chiqarish kabi amaliy xalq ijodi rivojlandi. O’tgan asrda tashkil bO’lgan ashula bayramlari, an’anaviy tusga kirgan xor san’ati hozirgi vaqtda eng ommaviy va keng tarqalgan xalq ijodi namunalariga aylandi.

MAVZU: №27. KAVKAZ XALQLARI


REJA:
Kavkaz xalqlarining geografik joylashishi va etnik tarkibi, soni.
Kavkaz xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Kavkaz xalqlarining madaniyati.

O’ziga xos etnik jihatdan nihoyatda murakkab tarixiy etnografik oblastni tashkil qiluvchi Kavkazda qadimdan turli etnoslar yashadi. Ularning madaniy taraqqiyotida Yaqin Sharqdagi buyuk madaniyat markazlarining joylanishi, bu yerda qadimiy davrlardan turli elatlarning kO’chib yurishi, qisman turib qolishi hamda Kavkazning Yevropa va Osiyo oralig’ida darvoza vazifasini bajarishi muhim rolni O’ynagan. Hozir nisbatan kichik territoriyada katta-kichik turli tillarda sO’zlashuvchi 50 dan ortiq xalqlar, Zta respublika, 11 ta avtonom respublika va oblastlarda joylashgan. Faqat Dogistonda 30 ga yaqin xalq yashaydi.


Kavkaz xalqlari lingvistik jihatdan asosan uch til turkumiga-Kavkaz yoki iberokavkaz, hindevropa (eroniy) va oltoy (turkiy) tillarga oid. Shulardan eng kO’pi Kavkaz tillari bO’lib, unga gruzinlar, adigeylar, cherkezlar, chechenlar, kabardinlar, ingushlar, dog’istonlik ozorlar, darg’inlar, lezginlar, laklar, tabasaran va boshqa elatlar kiradi. Turkiy tillarda ozarbayjonlar, nO’g’aylar, kumliklar, bolqar va qorachoylar sO’zlashadi. Osetin, kurd, talish va totlar eroniy til turkumiga kiradi. Armanlar esa hind-yevropa til oilasiga oid O’ziga xos mustaqil tilga ega. Kavkazda oz sonli greklar, assiriylar va boshqa mayda millatlar ham yashaydi.
Antropologik jihatdan kavkazliklar asosan katta yevropoid irqiga kiradi. Faqat nO’g’aylar mongoloid belgilariga ega. Hozirgi antopologik tiplar eng qadimgi davrlar bronza va ilk temir davrlarida shakllanib bO’lgan edi. O’sha vaqtdayoq Kavkazda metalldan ajoyib buyumlar yasagan O’troq aholi yashagan. Ular juda zO’r san’atga ega bO’lgan, yozuvni bilgan, yuksak madaniyat yaratgan. Qadimgi Kavkaz tillarida gapirgan aholi hozirgi Kavkaz xalqlarining dastlabki ajdodlari ekanligi juda boy arxeologik, etnografik va tarixiy materiallar asosida tasdiqlangan.
Qadimgi qabilalar negizida hozirgi 3,6 mln.ga yaqin gruzin xalqi (O’z nomi kartveli) shakllangan. Asli gruzinlar uchta yirik qarindosh etnik gruppalar-kart, megrel-chvan va svanlar asosida shakllangan xalqdir. Ularning eng dastlabki etnik tuzilishida qadimgi Urartu davlatida yashagan xalqlar muhim rol O’ynagan. Eramizdan avvalgi I ming yillikning boshlarida bu yerda yirik qabilaviy birikmalar paydo bO’lgan. VI asrda Fapbiy Gruziyada Kolxida davlati, III asrga kelib sharqiy qismida Iberiya davlati tashkil topgan. Eramizning IV-VI asrlarga kelib bir necha mayda feodal hukmdorlar paydo bO’lgan. Faqat XI asrda ular markazlashgan monarxiyani yaratgan va gruzin xalqi shakllana boshlagan. Shimoliy Gruziyada yashovchi svanlar, xevsurlar, pshavlar, tushinlar va musulmon diniga O’tgan adjarlar ztnik jihatdan hozirgacha ajralib turadilar. 1801-1804 yillari Gruziyaning Rossiyaga qO’shilishi natijasida gruzin xalqining etnik jihatdan birlashish jarayoni kuchaygan edi. O’tgan asrga kelib kapitalistik munosabatlarning ta’siri ostida gruzin millati paydo bO’lgan.
Qadimgi kavkaz tillarida gapiradigan elatlarning (abazcha, apsil, adiga) keyingi ayrim etnoslar bilan aralashishi natijasida abxaz-adigey, chechen, ingush va turli dog’iston tillari paydo bO’lgan edi. Shimoliy Kavkaz dashtlarida qadimiy davrlardan eroniy tillarda gapiradigan skif, sarmat, alanlar yashagan; ular bilan VI asrlarda kelgan kO’chmanchi turkiy gunnlar, bulg’orlar, xazarlar va keyinrog’ paydo bO’lgan qipchoqlar mahalliy aholi bilan aralashib turli etnoslarning shakllanishiga sabab bO’lgan. O’sha davrlarda qipchoqlar bilan Dog’iston tog’ etaklari va tekisliklarida yashovchi aholi aralashmasidan turkiy tilda gapiradigan kumiklar, tog’liklarga siqib chiqarilgash alanlar bilan tub aholi kO’shilishidan asetinlar paydo bO’lgan edi. Mug’ul istilosi davriga kelib, asosan qipchoqlar va mahalliy elatlarning yaqinlashishidan tashkil topgan tili va madaniyati yaqin bO’lgan bolqar va qorachoy xalqari shakllanib yetishgan.
Kavkaz xalqlari etnogenezida ozarbayjon (ozariy)larning kelib chiqishi ancha murakkab. Hozir MDH mamlakatlarida (asosan Ozarbayjon Respublikasida - 8.1 mln, qO’shni Gruziya, Armaniston va Dog’istonda) 9 mln.ga yaqin ozarbayjon bO’lsa, Shimoliy Eronda ham ozarbayjonlar yashaydi. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yilliklarda hozirgi Ozarbayjonning janubiy rayonlari qadimgi eroniy tillarda gapiradigan aholiga ega bO’lgan Midiya davlatiga kirgan. Shimoliy qismi esa qadimgi kavkaz tillarida gapiruvchi turli qabilalardan iborat Albaniya davlati qaromog’ida bO’lgan. O’sha davrlarda bosib kirgan eroniy va turkiy tillardagi kimmeriylar, skiflar gunnlar, bulg’orlar, xazarlar, O’g’O’zlar, pachanaklar mahalliy qabilalar bilan aralashib ketganlar. Midiya inqirozga uchragandan keyin uning harobalarida Atropaten davlati paydo bO’ladi. Ehtimol ozarbayjon etnonimi ham mazkur davlati nomidan kelib chiqan. III-IV asrlarda Atropopten va Albaniya sosoniylar Eroniga kO’shiladi. Keyingi asrlarda bu yerga turkiy qabilalar kela boshlaydi. XI-XIII asrlarda yangi turkiy tO’lqin, ayniqsa, saljuqiy turklar Ozarbayjonni bosib oladi. O’sha davrdan boshlab turkiylashtirish jarayoni ancha kuchayadi va oqibatda mO’g’ullar istilosidan keyin turk tili hukmronlik qilib, ozarbayjon xalqining shakllanishi asosan tugaydi. Ba’zi olimlarning fikricha ozarbayjon xalq mO’g’ul istilosi arafasida shakllangan degan fikrlar bor. 1813 yil va 1828 yillardagi shartnomalarga binoan Shimoliy Ozarbayjon Rossiyaga qO’shiladi va O’sha davrdan millat sifatida shakllana boshlaydi.
Eng fojiali tarixga ega bO’lgan arman xalqining etnogenezi aslida hozirgi territoriyadan tashqarida boshlangan. O’zlarini «hay» deb ataydigan hin-devropa til oilasining maxsus gruppasiga oid bu etnosning asosiy ajdodlari hisoblangan armin yoki armen nomli qabilalar eramizdan avvalgi II ming yilikda Kichik Osiyoga Bolqon yarim orolidan kO’chib kelgan. Ular Kichik Osiyoning shimoliy sharqida eng qadimiy davlatlardan hisoblangan Armatana (eramizdan avvalgi XVI-XV asrlar) va Xayasa (XIV-XSH arslar) aholisi bilan bog’liq bO’lgan. Armanlar sharq tomonga kO’chishi bilan Van kO’lining g’arbida joylashgan hayn yoki xayas qabilalari, qadimgi xald xalqlari, eroniy tildagi skif va kimmeriylar bilan aralashib ketgan. Eramizdan avvalgi XIII asrlarda armanlarning ajdodlari Shupria nomli assiriya provinsiyasiga kirib keyin (VIII asrda) bu territoriya Urartuga qO’shiladi. Urartu davlati davrida shakllana boshlagan armanlar istilochi arablar, saljuqiylar, keyin mO’g’ullar, eron va turklar tomonidan qattiq kuvg’inga uchrab O’z vatanini tashlab ketishga majbur bO’lganlar. Ayniqsa, 1915-1916 yillarda turklar tomonidan 1,5 mln. armanlar qirilgan, 600 mingdan kO’pi zO’rlik bilan Mesopatamiya dashtlariga kO’chirilgan, keyin tirik qolganlari butun dunyoga tarqalib ketgan. Quvg’inga uchragan 300 ming arman Zakavkazyega kelib O’rnashgan.
Hozirda MDH xududida 4,1 mln. dan ortiq arman yashaydi. Ular asosan Armanistonda, qO’shni Ozarbayjon, Gruziya va Shimoliy Kavkaz va boshqa rayonlarda joylashgan. Armanlar 60 dan ortiq chet el mamlakatlariga tarqalib ketgan, ayniqsa AQSH, Fransiya, Yaqin va O’rta Sharqda hamda Avstraliyada kO’proq. Chet eldagi armanlarning soni 1,5 mln. ga yaqin. 1920 yildan boshlab armanlarning chet ellardan repatriatsiya qilish (ya’ni O’z yurtiga qaytarish) boshlangan edi. Hozirgacha armanlar etnografik xususiyatlariga qarab ikki gruppaga bO’linadi: Armanistonda joylashgani Sharqiy armanlar chet mamlakatlardagilar g’arbiy armanlar.
Dog’iston ham qadimiy kavkaz tilida gapiradigan tub aholiga ega, etnik jihatdan eng kO’p millatli rayonga kiradi. Bu yerda yaqin davrlargacha 30 ga yaqin turli xalqar yashagan. Uncha katta bO’lmagan territoriyada bunday kO’p sonli elatlarning paydo bO’lishining asosiy sababi geografik jihatdan ajralgan holda baland tog’lar orasida joylashganligi uning O’z turmush tarzi, tili va madaniyatini saqlashga olib kelganidir.
O’rta asrlar davomida Dog’istonning eng yirik xalqlari ilk feodal davlatlarini yaratganlar, ammo umum etnoterritoriyaga ega bO’lgan birlikni tashkil qila olmagan. Masalan, O’sha davrlarda paydo bO’lgan Avar xonligidan tashqari bir necha «mustaqil» (asli Avar xonligiga bO’ysungan) jamoalar mavjud bO’lib, etnik jihatdan O’ziga xos «hamqishloq» gruppalarini tashkil qilganlar. Ular umumiy etnik ongga ega bO’lmagan.
Dog’istonda kapitalistik munosabatlarning kirib borishi xalqlar orasida biqqikka bir oz barham berdi, etnoslar orasida munosabatlar jonlandi.
O’ziga xos mustaqil tarixiy-etnografik oblastni tashkil qilgan Kavkaz xalqlari O’z mashg’uloti, xO’jalik faoliyati, maishiy turmush, moddiy va ma’naviy hayotining rang-barangligi bilan ham boshqalardan ajralib turadi.
Kavkazda eng qadimiy davrlardan boshlab yuksak madaniyat paydo bO’lgan. Bu yerda dehqonchilik eramizdan avvalgi 3 ming yillikda boshlanib sun’iy sug’orishga II ming yillikda O’tilgan. Dastlab u Zakavkazyeda, keyin shimoliy Kavkazda tarqalgan, suli bug’doy, arpa, keyinchalik sholi va makka ekilgan. Ekinlar rayonlarga qarab farq qilgan. Masalan, abxaz-adigay xalqlari suli, shimoliy Kavkaz va Sharqiy Gruziyada bug’doy, Janubiy Ozarbayjonda sholi kO’proq ekilgan. Bog’dorchilik va uzumchilik ham qadimiy davrlarda paydo bO’lgan. Dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik ham O’sa boshlagan. Chorvachilik ayniqsa baland tog’ yaylovlarini egalagandan keyin keng tarqalgan. Dehqonchilik texnikasi ancha sodda bO’lgan, asosan temir tishli yog’och omoch, molla va O’roqdan iborat. Ba’zi tog’liklar sun’iy ravishda savat bilan tuproq tashib ekin ekkanlar. Gruziya va Ozarbayjonda pillachilik va asalarichilik ham ma’lum bO’lgan.
Xunarmandchilik va savdo Kavkazda eng qadimiy davrlarda taraqqiy etgan. Zargarlik va qurol-aslaha yasash, gilam tO’qish, qulolchilik, metall buyumlar va kiyim kechak ishlab chiqarish.tO’qimachilik va O’ymakorlik kabi hunarmandchilik keng tarqalgan. Dog’istondagi Kubachi kishlog’i zargarlik bilan, Bolqar qishlog’i qulolchilik bilan, Ozarbayjondagi Log’ich qishlog’i misgarlik bilan, Armanlar tosh O’ymakorligi bilan mashg’ur bO’lganlar. Mahalliy ustalarning zO’r mahorat bilan yaratgan ajoyib mahsulotlari O’zining nozik san’ati bilan dong chiqargan va O’z ona yurtidan uzoqdagi mamlakatlarda tanilgan.
O’tgan asr O’rtalarida Kavkaz Rossiyaga kO’shilgandan keyin u umumiy bozorga tortilib ancha O’zgarishlar rO’y berdi. Dehqonchilik va chorvachilik kapitalistik munosabatlar girdobiga O’tib, savdo kuchayadi. Arzon fabrika mahsulotlarining kO’payishi natijasida hunarmandchilik konkurensiyaga bardosh bera olmay inqirozga uchraydi.
XX asr boshlaridan Kavkazda ekonomika va xO’jalikni barcha sohalarida tub O’zgarishlar rO’y berdi. Neft va neft mahsulotlari ishlab chikdrish, tog’ ruda, mashinosozlik, uskunasozlik, ximiya kurilish materiallarini ishlab chiqarish va yengil sanoat sohalari gurkirab O’sa boshladi, yangi elektr stansiyalari, zamonaviy yO’llar va suv inshootlari paydo bO’ldi.
Qishloq xO’jaligi taraqqiyoti tufayli qishloq xO’jaligi ham zO’r agrotexnika asosida qayta kurildi. Tabiiy sharoitning dehqonchilikka qulayligi Kavkazda qishloq xO’jaligi mahsulotlarini assortimentini kengaytirdi, subtropik ekinlar va choy parvarish qlina boshladi. Uzumchilik va mevali bog’lar, yana ham ravnaq topdi. Sug’orish va yangi yerlarni O’zlashtirishga katta e’tibor berilmokda. Chorvachilik va pillachilik ham O’sib yangi pog’onaga kO’tarildi.
Odatda Kavkaz xalqarining madaniyati uchta O’ziga xos rayonga bO’lib tarkaladi. Masalan, Shimoliy Kavkaz xalqlari (adigeylar, asetinlar, bolkarlar va krra chayliklar) umumiy madaniy birligi bilan bir oz ajralib turadi. Dog’iston xalqlari chechen-ingushiya O’ziga xos madaniy rayonni tashkil qiladi. Kavkaz ortida Ozarbayjon, Armaniston, Sharqiy va G’arbiy Gruziya maxsus madaniy rayonlar sifatida ajratilgan.
XIX asr oxirlarida Kavkaz aholisi asosan qishloqda yashagan. Ularning qarorgohi tabiiy sharoitga qarab har xil bO’lgan. Tog’lik rayonlarda uylar ancha zich, asosan bir yoki ikki qavatli zinapoyaga O’xshash bir-birini O’stiga, somon aralash loydan yoki toshdan qurilgan, tomi tekis qilib yopilgan. Gruziyaning g’arbida va Abxaziyada yog’ingarchilik kO’p rayonlarda baland devorli yog’ochdan qurilgan uylar mavjud. Armanistonda va qO’shni Gruziya va Ozarbayjonning ancha qismida toshdan qurilgan yog’och gumbaz tomli uylar ham uchraydi. Adigey va qisman Dog’iston xalqlarida chetan devorli tomi ikki yoki tO’rt nishabli uylar keng tarqalgan. Shimoliy Kavkazda somon yoki chetan uylar ham tiklangan. Barcha uylarda O’rtada O’choq O’rnatilgan va tomda tuynuk qO’yilgan. Sharqiy Ozarbayjonda somonli loydan qurilgan bir qavatli tekis tomli, oyna-eshigi ichkariga qaragan uylar keng tarqalgan.
Endi ilgariday turli-tuman uylar O’rniga tosh va g’ishtdan tiklangan hashamatli binolar, obodonlashgan qishloqlar paydo bO’lgan. Umumiy Kavkaz xalqlaridagi qurilish tendensiyasi bir necha xonali, oldi ayvonli ikki qavatli chiroyli bezatilgan uylar tiklashdan iborat. Elektrlashtirilgan, vodoprovod O’tkazilgan zamonaviy qishloqlar jamoat inshootlari, klub va magazin, apteka va va oshxonalar bezab turibdi. Faqat g’arbiy Gruziya va Abxaziyada an’anaviy ustunga O’rnatilgan uylar saqlangan. Hamma yerda meva va dekorativ daraxtlar, chiroyli gullar O’tqazilgan.
Shimoliy Kavkazda paydo bO’lgan erkakcha kiyimi xanjar taqilgan, kamarli va ^ppon, tik yokali kO’ylak, uzun shim, yumshoq teri etik va qolpoq regnonga tarqalgan. Ayollarda tO’g’ri bichim nozik belga mO’ljallangan yengli kO’ylaq O’zz^n ishton, turli bosh kiyim va rO’mollar, rang-barang va boy, ayniqsa kumushdan yasalgan turli bezaklar O’ziga xussiyatga ega. Armanlar juda yarkrroq rangli kiyim kiyishni yaxshi kO’rganlar. Og’zini rO’mol bilan berkitish odat bO’lgan. Albatta boy tabaqalarni kiyimlari qimmatbaho matodan tikilgan va rang-barang bezatilgan, tilla-kumushli kamar, xanjar yoki qilich osilgan cherkeska, ayollarniki ham turli kashta va tilla zardan yasalgan qimmatbaho toshli bezaklar taqiltan sarpolar bilan oddiy fuqarodan ajralib turgan.
Kavkaz orti xalqlarining kiyimlari shimoliy Kavkaz xalqlarnikidan farq qilgan. Ularda, ayniqsa arman va ozarbayjonlarda Old Osiyo xalqlarining kiyimlariga O’xshash belgilari ancha kuchli. Bu yerda ham cherkaska milliy kiyimga aylangan.
Ijtimoiy va oilaviy turmushda inqilobgacha patriarxal odatlar kuchli bO’lgan. urug’chilik davriga oid ibtidoiy mehmondO’stlik, qO’shnichilik, xun olish, ayollarni kamsitish, qalin kabi odatlar chuqur ildiz otgan. Oilaviy munosabatlarni qadimiy qonun-qoida tusiga kirgan odatlar bilan bir qatorda din ham boshqarib turgan.
Kavkazda asosan ikki din-xristianlik va islom hukmroilik qilgan. Xristian dini bu yerga eramizning birichi asrlarida Vizantiyadan tarqala boshlagan. Uni dastlab armanlar va gruzinlar qabul qilgan. Islom dini esa VIII asrlarda arab istilosi davridan boshlab kirib keladi va saljuqiylarning bosib kirishi bilan mustahkamlanadi. U Ozarbayjon, Dog’iston va Abxaz xalqlari orasida keng tarqalgan. Ozarbayjon asosan shia mashabiga, qolganlari esa sunna mashabiga O’tganlar. Ammo Kavkazliklarning hayotida ibtidoiy din e’tiqodlari O’tgan va temirga, tabiat kuchlariga va O’simlik dunyosiga sig’inish kuchli bO’lgan.
Kavkaz xalqlarining folklori ham rang-barang va juda boy. Asrlar mobaynida ijod qilib kelingan epik rivoyatlar, qahromonlik doston va ertaklari, ashula va masallari uzoq tarixiy voqealarni, maishiy turmush madaniyatini turli tomonlarini har xil syujet va janrlar orqali jonli tasvirlaydi. Gruzinlarning Amirani haqidagi qahromonlik eposi, shahzoda Abesalom va chO’pon qiz Eteri orasidagi tragedik muhabbat dostoni, armanlarning «Sosun bahodirlari» yoki «David Sosunskiy» nomli ozodlik uchun kurashni kuylovchi eposi sevimli folklor asarlaridir. Xalq orzularini ifodalovchi ashulla va raqslar hozirgacha kishini maftun qiladi.
XX asr boshlarida Kavkaz xalqlarining moddiy, ma’naviy va maishiy turmushida tub O’zgarishlar rO’y berdi. Barcha xalq va elatlar iqtisodiy jihatdan zO’r taraqqyot yO’liga O’tib, zamonaviy sanoat, ilg’or agro-texnikaga asoslangan yirik qishloq xO’jaligiga va ajoyib madaniy yutuqlarga ega bO’ldilar. Yangi farovon hayot milliy madaniyatlardan yana ravnaq topishiga olib keldi. zamonaviy shahar va qishloqlar, yangi tipdagi keng, oyna eshikli, yorug’ kO’p xonali uylar, ajoyib jihozlangan xonalar, ayvonli hovlilar yuksak madaniyatning ta’siridan dalolat beradi. Milliy kiyim asosan qariyalarda va havaskor tO’garaklarda saqlangan, bayram, maraka va tO’y marosimlarda kiyiladi. KO’pchilik aholi zamonaviy shahar kiyimlariga O’tgan. Ammo milliy an’anaviy belgilar kO’pincha qadimiy badiiy hunarmandchilikda, qurilishda, xavaskorlik tO’garaklarida va xalq ijodida kelmoqda.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Ozarbayjonlarning etnogenezi haqida nimalarni bilasiz?

  2. Arman xalqlarining madaniyati haqida gapiring.

  3. Gruzinlarning moddiy madaniyatini sO’zlab bering.

  4. Dog’istonliklarning ma’naviy madaniyatini aytib O’ting.




Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling