Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja
MAVZU:№-22. ROSSIYA XALQLARI. MUQADDIMA
Download 0.66 Mb.
|
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA
MAVZU:№-22. ROSSIYA XALQLARI. MUQADDIMA
REJA: Rossiyaning geografik joylanishi, tabiat va aholisi. Rossiya xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi. Rossiya xalqlarining madaniyati. Rossiya dunyodagi yirik mamlakatlardan biri hisoblanadi. 2002 yilgi ma’lumotlarga asosan, hududi 17 mln. 75 ming kv.km. Aholisi 145 mln. ni tashkil etadi. Tug’ilish 9 ta, O’lim 16 ta . 2025 yilga borib 153 mln.ga kO’payishi nazarda tutilmoqda. O’rtacha uzoq yashash 59/72 dan iborat. Xududi: shimoldan-janubga qadar 4ming km. g’arbdan-sharqqa esa 10 ming km. tashkil etadi. Rossiya janubi-sharqdan Koreya bilan janubdan Xitoy, Mongoliya, Qozog’iston, Ozarbayjon va Gruziya bilan, janubi-g’arbdan esa Ukraina bilan G’arbdan esa Belorussiya, Latviya, Estoniya, Finlyandiya, Norvegiya, Kaliningrad viloyati esa Litva(227 km) va Polsha(432 km) bilan chegaradoshdir. Chegarasining umumiy uzunligi-20139 km. bir necha dengizlar bilan O’ralib turadi masalan, shimoldan Barens, Karsk, Laptevlar, Sharqiy Sibir va Chukotka; sharqdan Bering dengizi va Bering bO’g’ozi, Oxota va Yapon dengizlari, janubdan Qopa va Azov dengizlari, g’arbdan Fin bO’g’ozi va Boltiq dengizi. Rossiya shu bilan birga bir necha orollarga ham ega. Masalan, Shimoliy Muz okeanida, Frans-Iosif yeri (bu arxipelag 100 ta oroldan iborat) Yangi Yer, Voygach orollar tO’plami Shimoliy Yer, Yangi Sibir, Vrangel va boshqa orolllartinch okeanida esa Kuril (u Kamchatkadan Yaponiyaga qadar chO’zilgan). Rossiyani O’rganishda biz uchta regionga bO’lamiz ya’ni: Rossiyaning Yevropa qismi-Ural tog’laridan G’arbiy qismigacha; Sibir-Ural tog’laridan Tinch okenigacha Rossiyaning Uzoq Sharq qismi. Rossiyaning eng baland yeri-O’lik vulqon Elbrus hisoblanib 5642 metrni tashkil etadi, ya’ni Yevropani eng baland yeri deb ham hisoblanadi. Rossiyaning eng uzun daryolari tizimi Sibirda va Uzoq-Sharkdagi Ob-Irtish bO’lib, uzunligi 5410 km.ni tashkil etadi, Xitoyni g’arbidan to Shimoliy Muz okeangacha chO’zilgandir. Lekin daryolarni ichida eng uzunligi bilan ajralib turadigani Lena (4269) undan keyin Ob-Irtish, tO’rtinchi O’rinda Volga-3690 km. Rossiya aholisi 2001 yili ma’lumotda 145 mln. Aholi zichligi ham turlicha masalan, Yevropa qismida 1 kv. km 25 kishini tashkil etsa, shimoliy yerlarda 1 kv. km. ga 0,5 ni tashkil etadi. Etnik tarkibi, hozir Rossiyada 100 dan ortiq xalqlar yashab kelmoqda shulardan: ruslar 81 %, tatarlar 4 %, ukrainlar 3%, chuvashlar 1,2 %, boshqirdlar 0,9%, belorus, udmurt, kazak, moldovan va boshqalar 9,6 % tashkil etadi. Tillar ham kO’p. Davlat tili-rus tili. Bundan tashqari ukrain, belorus, armyan, tatar, O’zbeq gruzin, 100 dan ortiq. Diniy e’tiqod ham kO’p. Provaslav, musulmon, protestant (lyuboran, bantist, adventist, buddist, asosan tuva, buryat, qalmiqlar) iudeylar, 60 % esa ateistlar hisoblanadi. Poytaxti Moskva, 8800000 kishi, bundan tashqari tarixiy shaharlari Sankt-Peterburg (4436700 kishi), Novosibirsk (1469000 kishi), Nijniy Novgorod (1454000 kishi), Samara (1260000 kishi) va boshqa 1 mln.dan kam sonli shaharlardan Omsk, Chelyabinsk, Kazan, Peri, Ufa, Rostov na Donu, Volgograd. Davlat tuzumi-Federativ Respublika bO’lib, tarkibida 89 ta subyekt-49 viloyat, 21 ta Respublika (Adigeya, Oltoy, Boshqirdiston, Buryatiya, Dog’iston, Ingushetiya, Kabardin-Balkar, Qalmiq, Qorachoy-Cherkes, Kareliya, Komi, Mari El, Mordoviya, Saxa(Yakutiya), Shimoliy Osetiya, Tatariston, Tuva, Udmurtiya, Xakasiya, Checheniston, Chuvashiston), 1 ta avtonom viloyat(Yahudiy) 10 ta okrug, 6 ta O’lkadan iborat. Davlat boshlig’i-Prezident. 2001 yilda V.Putin prezident bO’lib saylangan. Rossiya xalqlarining etnogeneziga tO’xtaladigan bO’lsak, hozirgi Rossiya yerlariga slavyan qabilalari miloddan V asrdan g’apb tomondan kO’chib kelgan. Birinchi slavyan davlati IX asrda Novgorod markazi bO’lib tashkil topgan. Kiyev Rusi esa rus xalqining, millatning beshigi hisoblanib, IX-XI asrlarni O’z ichiga oladi. XII asrga kelib, ikkita yirik davlat Vladimir Suzdal knyazligi, va Novgorod respublikasi tashkil topadi. XIII asrga kelib (1240 yil-Neva jangi, 1242 yil-Muz ustidagi jang.) Shvedlar va nemislar hujumi, bir tomondan, sharqdan esa MO’g’ul-tatarlar bosqini. Rossiya xalqlari 25O yil davomida Oltin O’rda qO’li ostida bO’ldi. Faqat XIV asrga kelib Moskva Rusning diniy markaziga aylandi va uning atrofida mO’g’ullarga qarshi kurashish maqsadida kO’pgina knyazliklar birlasha boshladi(Kulikovo jangi-1380 yil). XV asrda Moskva knyazlarining mavqeyi kesin O’sdi. 1547 yil Ivan IV Grozniy tomonidan Moskva davlati hududini sezilarli darajada kengaytirish amalga oshirildi. XVI-XVII asrlar davomida Rossiyaning siyosiy ta’siri ortib bordi va natijada uning hududi Ural, G’arbiy Sibir, keyinchalik G’arbiy Yevropa tomon kengayib bordi. XVII asrning boshlaridan esa davlatni Romanovlar sulolasi (1613-1917 yillar) ning asoschisi Mixail Romanov boshqardi. XVII asr oxirida taxtga Petr I chiqdi. Uning davrida esa Rossiya shimoliy hudularini kengaytirdi, ya’ni Boltiq dengiziga chiqish imkoniyatiga ega bO’ldi. Yangi shahar Peterburgda tarkib topgan edi. 1721 yildan Rossiya imperiyasi tashkil topgan edi. Rossiya madaniyati ham O’ziga xosdir. XIII-XIX asrlar davomida juda katta esdalik inshootlar barpo etildi. Masalan, Sankt-Peterburg, Sobor, Pyotr I haykali, Ermitaj, Petrodvorets, Konskamera, Moskvada, Qizil maydon, Vasliy Blejenskiy Sobori, Tarixiy muzey, bir qancha gallereyalar rus xalqining qadimgi tarixlaridan dalolat beruvchi etnologik manbalar hisoblanadi. ADABIYOTLAR: 1. И. Жабборов «Жаhон халqлари этнографияси». Т.1985. Брук С.И. «Население мира» М. 1986. Народы мира. М. 1988. Этнография. М. 1982 TAYANCH IBORALAR: Velikorus. Natural xO’jalik. Uy-joy turlari. Staroobryad, duxobor. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: Rossiyaning geografik O’rnini bayon qiling. Rossiya xalqlarining shakllanishini izohlab bering. Rossiya xalqlari madaniyati. MAVZU: №23. SHIMOLIY YEVROPADAGI ROSSIYA XALQLARI. REJA: Shimoliy Yevropa qismidagi xalqlarning joylashishi va etnik tarkibi. Shimoliy Yevropa xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi. Shimoliy Yevropa xalqlarining madaniyati. Rossiyaning Shimoliy Yevropa yerlarida ruslardan tashqari, korel, vepsa, saam, komi-ziryan, komi-permyak, nenets kabi xalqlar ham yashab kelmoqda. Antropologik jihatdan bu xalqlar nenetslardan tashqari, barchasi yevropoid irqiga mansubdir (nenetslar sof yevropoid, loparlar esa aralash mongoloid va mongoloid irqlarining aralashmasidan hosil bO’lgan). Karellar (O’z nomi kar’yala) (140 ming) Kareliya avtonom respublika va Kalinin viloyatida yashaydilar Komi-ziryan va komi-permyak deb nomlangan xalqlar (10 ming) ikki hududda yashaganlari uchun shunday nomlandilar. YA’ni Komi-ziryanlar asosan Komi avtonom respublikasida yashashi komi-perla Komi-perlyak avtonom okrugida yashaydilar. Nenslar (29 ming) esa Yevropa va G’arbiy Sibir O’rmon tundra yerlarida istiqomat qiladilar. Shunga qaramay ular ham avtonom okrugga ega. Bularning etnogenezi va etnik tarixiga tO’xtaladigan bO’lsak, ularning tillari ham turli guruh va oilalariga mansubdir. Masalan, Karel, Fin, Vensi, Saom, Komi, Ural til oilasining Fin-ugor guruhiga kiradi: Nenslar esa shu til oilasining Samodiy guruhiga taaluqli. Rossiyaning Yevropa qismini shimoliga insonlarni joylashishi mezolit davriga (12-10 ming yil burun) amalga oshgandir. Janub tomondan yevropoid irqiga mansub qabilalar kirib kelgan, lekin hozirgacha fanda ularning kimligi noma’lum bO’lib kelmoqda. Sharqdan esa mongoloid irqiga mansub va ural til oilasida sO’zlashuvchi xalqlar kirib kelgan. Ulardan dastlabkisi loparlar bO’lib, Neolit davriga kelib ular butun Yevropa shimoliga yoyilib ketganlar. Keyinchalik esa loparlar shimoldagi Fin-ugor va nens qabilalari bilan assimilyatsiyalashib ketgan. Kolsk yarim oroliga loparlar mil.avv. I ming yilliklarda kelib joylashganlar. Bu davrda bu yerlarda eston, karel, vene va finlarni ajdodlari yashab kelgan edi. Karellarning shakllanishi esa asosan, Rossiya bilan Finlyandiya yerlarida amalga oshgan. Masalan, XIII asrda Shvetsiya Finlyandiyani egallaganda karellarning ma’lum qismi Finlyandiyada qolib, fin xalqlari tarkibiga kirib ketgan edi. Shu davrdan boshlab karellar Kolsk yarim oroli havzalariga siljiy boshladilar. XV asrga kelib esa ular Oq dengiz havzasiga joylashganlar, shunday qilib hozirgi Keremiya yerlarida O’troqlanish, u yerdagi venslar bilan aralashib ketganlar. Natijada yangi ikkita etnografik guruhlar tashkil topgan, ya’ni sof karel tilida sO’zlashadigan-livvik va lyudiklar. XVI asrga kelib karellar bir qismi ixtiyoriy jihatdan Tver, Novgorod va Vologda yerlariga kO’chib O’tganlar va ular yangi nom tver karellari deb aytiladigan bO’ldi. Komi-ziryan va Komi-permyaklarning kelib chiqishlari asosan Yuqori Kama havzasida eramizning I ming yilliklarda bir necha anan qabilalar yig’indilaridan tarkib topgan. I ming yillikning oxirlariga borib, ular shimolga ya’ni Vichegda yerlarni utib, lensilar tiliga yaqin qabilalar bilan birlashganlar. Shuning uchun ularni «Permi Vitegda» deb yuritganlar. Kama havzasida qolganlarini esa «Buyuk Perm» deb yuritilgan. XIV-XV asrga kelib, bu ikkala guruhga yerlari bilan birga Moskva knyazligi kirgan. Shu davrdan boshlab Komi xalqlari madaniyatiga rus madaniyatini singib borgan edi. XO’jalik va moddiy madaniyati, shimol xalqlari, loparlardan tashqari barchasi erta dehqonchilik bilan mashgul bO’lganlar. Bundan tashqari ular chorvachilik bilan ham shug’ullanganlar. Yana bir tomoni shuki, yerli aholi kO’l va daryo havzalarida yashaganligi uchun baliqchilik va ovchilik ham keng rivojlangan edi. Loparlarning xO’jalik juda turlidur ular butuchilik bilan shug’ullanibgina qolmay, baliqchilik va dengiz ovchiligi bilan ham mukammal mashg’ul bO’lganlar. Ularni nenslardan farqi olenlarni sO’rishib iste’mol qilganlar. Ular O’tmishda hayot kechirib kelganlar, faqat XIX asrga kelib mavsumiy kuchishlar amalga oshgan edi. Karel, lene, komi-ziryan va komi-permyaklarning moddiy madaniyati juda bir-biriga O’xshashdir. Yashash joylari qadimda yertO’la va unga O’xshash uylarda yashab kelganlar. Diniy e’tiqodlari: provaslav, lekin loparlar qadimiy O’zlarining e’tiqodini saqlab kelganlar. «Shamanizm» turli tosh, haykallarga sig’inib kelganlar. Hozirda komi, karel, adabiyot tili asosan fin tili saqlanib qolishgan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling