Семинар 8 соат Мустақил таълим 76 соат mavzu:№ etnologiya faniga muqaddima reja


Download 0.66 Mb.
bet16/25
Sana01.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1690443
TuriСеминар
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
ETNOLOGIYA FANIDAN MAJMUA

Preriya (dasht) ovchi qabilalari
Uzoq davrlar Missisipi daryosi tarmoqlarining shimoli-sharqiy qismidagi O’ziga xos tabiatli bepayon dashti biyobon(preriya)da odam kam yashagan. Bu yerga XVIII asr boshlaridan Shimoliy Amerikanin Sharqiy qismida yashagan mustamlakachilar tomonidan siqib chiqarilgan indeys qabilalari Missipini g’arbiga kO’chib kelib, O’z navbatida mahalliy kO’p sonli yarim O’troq ovchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi aholini siqa boshlaydi. Mahalliy qabilalar asta-sekin preriyaga kO’cha boshlaydi. Ular turli til turkumiga oid, ayniqsa siu, algonkin, yuto-stek va atapask qabilalaridan iborat bO’lgan. Mazkur elatlar tillarining xilma-xilligiga qaramay, umumiy madaniy birlikka ega bO’lganlar.
Mustaqillik uchun kurashdan keyin boshlangan kapitalizmning gurkirab O’sishi natijasida kO’shimcha yerlarga muhtojlik paydo bO’ladi. 1803 yilda AQSH kongressi hatto indeyslarni Sharqiy rayonlardan g’arbga-Missisipi orqasiga kO’chirish rejasini tasdiqlagan edi. Bu reja 1816-1850 yillarda amalga oshirilib, Amerika tarixida «indeyslarni kO’chirish» davri deb atalgan. Aslida indeyslarni zO’rlik bilan qabila boshliqlarini sotib olib va mast qilib turli nayranglar bilan shartnoma tuzib «rasmiylashtirib» ona yerini tashlab g’arbiy dasht rayonlariga joylashishiga majbur qilganlar. Shartnoma tuzishga qarshi bO’lgan qabilalarga qarshi «adolat urushini» e’lon qilib, qurol kuchi bilan haydab chiqarganlar. Ayniqsa hozirgi Jorjiya, Merilend, Janubiy Karolina shtatlarining indeyslarini kO’chirish vahshiyona zO’rlik bilan amalga oshirgan. Krik, chokto, chikaso kabi qabilalarni «kO’z yoshi yO’li» deb atalgan kO’chishi Amerika tarixini eng fojiali sahifalaridan bO’lib, indeys xalqiga eng katta musibat keltirgan, yO’lda ochlik, sovuq va zO’rlikdan minglab kishilarni qirilib ketishiga sabab bO’lgan.
Preriya indeyslarining asosiy kasbi yovvoyi hO’kiz (bizon) larga ov qilishdan iborat, edi. Bizon gO’shti va yog’i taomga, terisi kiyim, poyabzal va chaylalarga ishlatilgan. Indeyslar dastlab piyoda, it yordamida, O’q-yoy va ba’zan nayza bilan jamoa bO’lib ov qilganlar. Shaxsiy ov qilish man qilingan, bu tartibni buzganlarni qattiq jazolagan. Yevropaliklar kelgandan keyin paydo bO’lgan yilqilar XVIII asr O’rtalaridan ovchilarning muhim yordamchisiga aylanadi. Mustamlakchilardan ajralib, yarim yovvoyi holatga tushgan yilqi(mustang)ni qayta qO’lga O’rgatib, ovda va yuk tashishda foydalanganlar. Terimchilik, mO’yna va qush ovlash, baliqchilik ham muhim soha hisoblangan.
Metallni bilmaganlar, O’q-yoy va nayza uchlari, bolta hamda boshqa qurollarni tosh, va suyak va shoxdan, uy-rO’zg’or buyumlarini teri va yog’ochdan yasaganlar.Hayvonlarni butun yoz bO’yi, ba’zan bO’ri yoki bizon terisi bilan niqoblanib, maxsus tur bilan yoki chuqur qazib ov qilganlar.
Uylari kO’chib yurishga moslashgan, konus shaklida yog’ochdan qurilib, bizon tersi bilan yopilgan va tO’shalgan. Uyning O’rtasida O’choq-gulxan yoqilgan. Har bir oila O’ziga ayrim chayla qurgan, qavmu qarindoshlarning chaylalari bir-biriga yaqin doirasimon O’rnatilib, O’rtada qabila kengashiga mO’ljallangan maxsus katta chayla qurilgan.
Dashtli ovchi indeyslarning ijtimoiy tuzumi matriarxatdan patriarxatga O’tish davriga tO’g’ri keladi. XIX asr oxirlarigacha kO’p qabilalarda matrilokal joylanish va nikoh tartiblari saqlanib kelgan. Yevropaliklar bilan aloqalarning kuchayishi, yilqichilikning paydo bO’lishi ijtimoiy munosabatlarning O’zgarishiga jiddiy ta’sir qila boshlaydi, ijtimoiy tabaqalanish rivojlanib ota urug’ hukmronligi kuchayadi. Ovchilikda muhim rol O’ynagan ot boylik belgisi bO’lib qoladi. Yuzlab otlarga ega bO’lgan jamoa a’zolari kambag’al otsiz urug’doshlarini eza boshlaydilar. Bosqinchilik bilan shug’ulanuvchi otryadlar paydo bO’ladi, oqibatda urush boylik orttirish manbaiga aylanadi. Harbiy ishga e’tibor kuchayib, qabila boshlig’i qilib mashhur lashkarboshlarini saylash odat bO’lgan.
Ma’naviy madaniyatda ham ancha O’zgarishlar rO’y beradi. Kiyimlarga, uylarni bekitadigan terilarga, uy-rO’zg’or buyumlariga naqsh berish juda rivojlangan. Har yili O’tadigan muhim voqealarni tasvirlovchi piktografik rasmlar bilan solnomalar yozilib borilgan, O’ziga xos kalendarga ega bO’lganlar. Tabiat kuchlarini iloxiylashtiruvchi arvohlar orasida ham tabaqalanish natijasida eng muhim va ikkinchi darajali avliyolar paydo bO’ladilar. Eng katta marosimlar quyosh ibodati bilan bog’liq, undan keyingi pog’onada turgan yer, suv, olov, havo kabi tabiat kuchlariga hatto bizon, it va boshqa hayvonlarning ruhlariga sig’inganlar. Diniy marosimlarni O’tkazishda duogO’ylik va tabiblik bilan shug’ullanuvchi shamanlar ajralib turadi. Boy folklor motivlari ham diniy rivoyatlar bilan sug’orilgan. Tasviriy san’at rivojlangan. Chaylalarga yopiladigan terilarda, zamsh kiyimlarda va boshqa buyumlarda kishi va hayvon obrazlari realistik ravishda tsvirlangan.
Dashtli indeyslarning yerlarini tortib olish XIX asrda kuchaydi. Kapitalizm kengayib rivojlanishi natijasida boylikka O’ch mustamlakachilar «yovvoyi g’apb» deb hisoblangan dasht rayonlarini bosib olib, mahalliy aholini yerlaridan haydab, kO’pchiligini qirib tashlagan. 1830 yildan kO’plab kela boshlagan «oq tanli» ovchilar miltiq bilan ommaviy ravishda bizonlarni qirib (oxirgi yovvoyi bizon 1881 yili O’ldirilgan), indeyslarni asosiy hayot manbaidan mahrum etib, tabiiy O’limga hukm qilganlar. Ularning barcha qarshiliklari ayovsiz bostirilgan. Tirik qolgan indeyslar noqulay unumsiz yerlarga haydalib, rezervatsiyalarga joylashtirilgan.
ADABIYOTLAR:

  1. И. Жабборов «жаhон халqлари этнографияси». Т.1985.

  2. Брук С.И. «Население мира» М. 1986.

  3. Народы мира. М. 1988.

TAYANCH IBORALAR:



  1. Kordilyer madaniyati

  2. Xoxokam va mogolyon madaniyati

  3. Anagazi madaniyati

4. Xuande-fuka
5. Irokezlar.


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:

  1. Shimoliy Amerikada yashaydigan indeyslarni aniqlang.

  2. Arktika ovchilari va baliqchilari haqida sO‘zlab bering.

  3. Shimoli-g‘arbiy sohil indeyslari haqida ma’lumot bering.

  4. O‘rmon ovchi qabilalari.

  5. Kaliforniya indeyslari.

  6. Sharqiy va janubiy-sharqiy dehqon va ovchilari.

MAVZU:№-21 MARKAZIY VA JANUBIY


AMERIKA XALQLARI
REJA:
Markaziy va Janubiy Amerika xalqlarining geografik joylashishi va etnik tartibi.
Markaziy va Janubiy Amerika xalqlarining etnogenezi va etnik tarixi.
Markaziy va Janubiy Amerika xalqlarining madaniyati.
Amerika qit’asining AQSH bilan Meksika chegarasida janubiy qismini odatda Lotin Amerikasi deb ataydilar. Ba’zan etnografik jihatdan Meksika, Markaziy Amerika va Vest-Indiya maxsus rayon qilib ajratilgan va unga Mezoamerika (O’rta yoki Markaziy Amerika) deb nom berilgan. Bu yerda 30 ta mustaqil davlat va bir necha hozirgacha mustamlaka holatdagi mamlakatlar mavjud. Lota Amerikasi 20,1 mln. kv.km. maydonni egallagan va 1980 yillarga kelib aholi soni 360 million kishiga ega edi.
Lotin Amerikasi davlatlarini uchdan ikki qismida ispan tili rasmiy til deb qabul qilingan. Braziliya (region aholisining qolgan uchdan bir qismi) da portugal tili tarqalgan. Faqat 3% aholi yashaydigan kichkina davlatlarda fransuz (Gaiti), (Gayana, Trenidad, Barbados, Yamayka, Bagam va boshqa orollarda) va golland (Surinam) tillari hukmron. Mamlakatlar tillari va tarixiy takdiri bilan umumiylikka ega bO’lsada O’zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, etnogeografik madaniyati va xO’jalik hususiyatlari bilan farq qiladilar. Masalan, Argentina, Braziliya, Meksika va Venesuella ancha taraqqiy qilgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Aksincha eng kam rivojlangan Gaiti iqtisodiy kO’rsatkichlariga qaraganda yuqorida qayd qilingan mamlakatlarga nisbitan O’nlab, balki yuz xissa orqada qolgan. Yeki eng katta territoriyaga ega bO’lgan Braziliya Salvodorga nisbatan 400 xissa kO’p maydonni egallaydi, qO’shni Gayana aholisiga nisbatan 150 xissa kO’proq aholiga ega.
Lotin Amerikasi aholisining etnik qiyofasi ham turlicha. Uzoq yillar davomida mahalliy tub aholi bilan kelgindi yevropaliklar va millionlab qul qilib keltirilgan afrikaliklar avlodlarining aralashmasidan paydo bO’lgan, hozirgi mamlakatlar aholisining O’ziga xos milliy madaniyati, mehnat va xalq ijodi an’analarini shakllantirgan. Regionning rang-barang tabiati, ularning xO’jalik tiplari madaniyat xususiyatlarig zO’r ta’sir O’tkazgan. Nihoyatda zO’r tabiiy boyliklarga ega bO’lgan mazkur regionni «jahonning hazinasi» deb ham ataganlar. kuchli qO’shinga ega bO’lgan va qisqa muddat ichida qO’shni qabilalarni bO’ysundirib, soliq tO’lashga majbur qilgan.
Indeys qabilalari birinchi bO’lib jahonga kartoshka, tomat, maka, kanioka, paxta, kungaboqar, kakao va boshqa mshim ekinlarin ekib tanilgan. Ular dastlab kauchuk shirasidan foydalanish, kurare zaharini ishlab chiqarish va meditsinada foydalanishni O’rgatganlar, gamakni kashf qilib jahonga yoyganlar.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling